So’nggi yangiliklar

22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  0 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  4 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  17 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  18 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  2 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  2 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  7 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  3 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  8 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  13

JCH-2022. Avstraliya qiziqarli kechgan o'yinda Tunisni minimal hisobda mag'lub etgan holda, guruhda vaqtinchalik ikkinchi o'ringa chiqib oldi Yangiliklar

JCH-2022. Avstraliya qiziqarli kechgan o'yinda Tunisni minimal hisobda mag'lub etgan holda, guruhda vaqtinchalik ikkinchi o'ringa chiqib oldi

Jahon chempionati "D" guruhi 2-turidan o'rin olgan Tunis – Avstraliya o'yini bo'lib o'tdi.

JCH-2022

"D" guruhi. 2-tur

Tunis – Avstraliya 0:1

Gol: Dyuk (23)

15.00, «Al Janub» stadioni

Tunis: Damen, Dreger, Merya, Bronn, Talbi, Abdi, Sxiri, Laiduni, Sliti, Msakni, Jebali

Avstraliya: Rayan, Karachich, Suttar, Roulz, Bexich, Muy, Irvayn, Makgri, Lekki, Dyuk, Gudvin


Tunisia

World Cup Grp. D . 2-tur

26/11/2022, 14:00

1
:
0
Tugadi

Australia

Mitchell Duke - 23'

Stadion: Al Janoub Stadium, 41823 tomoshabin

Bosh hakam: Daniel Siebert

45'
90'
26'  Aissa Laidouni
46'  Mohamed Draeger (Ferjani Sassi)
64'  Ali Abdi
67'  Aissa Laidouni (Wahbi Khazri)
73'  Issam Jebali (Taha Yassine Khenissi)
73'  Dylan Bronn (Wajdi Kechrida)
90'  Ferjani Sassi
23'  Mitchell Duke
64'  Mitchell Duke (Jamie Maclaren)
64'  Riley McGree (Ajdin Hrustic)
75'  Fran Karacic (Milos Degenek)
85'  Craig Goodwin (Awer Mabil)
85'  Matthew Leckie (Keanu Baccus)


O'YIN YAKUNLANDI!


90+5. Agar so'nggi daqiqalarda gol bo'lmasa, o'yindan keyin "D" guruhi jadvali shunday ko'rinishda bo'ladi.



90+3. Sassi hakam tomonidan sariq kartochka olmoqda. U qo'li bilan to'pni qaytarib qolgandi.

90+2. Tunis hisobni tenglashtirish uchun katta kuch bilan hujum qilmoqda.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

85. Avstraliyada o'zgarishlar: Maydonga Mabil va Bakkus tushdi, ular Gudvin va Lekini almashtirishdi.



80. Hammasi joyida Leki maydonda, hozirgina u texnik xatoga yo'l qo'ygan holda, to'pni yo'qotdi.

78. Leki jarohat olgan ko'rinadi, shifokorlar unga yordam ko'rsatishmoqda.

75. Avstraliyada esa Degenek ko'rinish bermoqda, u Karachichni almashtirdi.

73. Tunisda ikki o'zgarish: Xenissi va Kechrida mos ravishda Jebali va Bronnni almashtirdi.

72. Msaknidan javob zarbasi! Darvozabon to'pni qaytarishga erishdi.

71. Juda ham xavfli vaziyat! Avstraliya ikkinchi golga juda yaqin keldi. Leki qanotdan uzatilgan to'pga zarba berishi uchun bir necha santimetr etmadi. Pas muallifi Maklaren edi.

67. Nihoyat! Xazrini ko'ramiz, u Ladunini almashtirdi.

64. Ali Abdi raqibini ushlab qolgani uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi".

64. Avstraliyada ikki o'zgarish: Maklaren hozircha yagona gol muallifi bo'lib turgan Dyukning o'rniga tushdi, Xrustich esa Makgrini almashtirdi.

 


58. Avstraliyaliklar ham biroz raqib darvoza tomon yurishni boshlashdi. Tunis esa biroz tin olmoqda.

52. Tunis o'yinchilari jarima maydonchasi ichida to'p raqibning qo'liga tekkanini ko'rsatishmoqda, hakam esa ular bilan hamfikr emas. Afrikaliklar o'yinni ancha kuchaytirishmoqda.

49. Tunisliklar ikkinchi taymni yaxshiroq boshlashdi, jamoa hujumlar uyushtirmoqda.

46. Ikkinchi taym boshlandi!


- Ikkinchi taym oldidan Tunisda o'zgarish. Sassi faol harakat qilgan Dregerni almashtirdi.


TANAFFUS


45+4. Qiziq vaziyat! Muxlislardan kimdir o'zi bilan hushtak olib kelgan ko'rinadi. Bazan u hakam chalgandek eshitilmoqda.

45+3. Msakni qanday ajoyib vaziyatni qo'ldan boy bermoqda... Qanotdan uzatilgan to'pni Yussef oyog'i bilan noto'g'ri qo'lladi.

46. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 5 daqiqa qo'shib berildi.

44. Yana Dyuk raqib darvozasiga xavf soldi! U jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni raqib darvozasiga yo'lladi, ammo Damen o'z o'rnida.

41. Juda xavfli vaziyat. Darvozabon bilan yakka qolgan Dreger raqib darvozasi tomon kuchli zarba berdi, ammo to'p yo'liga qahramonlarcha avstraliyaliklar o'yinchisi Suttar peshvoz chiqdi.

38. Jiddiy vaziyat! Avstraliya terma jamoasi o'yinchisi Gudvin o'zi bilmagan holda havodagi kurash sog'ida butsasi bilan Dregerning boshiga tegib ketdi. SHifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatishdi.

37. Zarbalar bo'yicha statistika – 1:4. Avstraliyaliklar foydasiga. Tunis hozircha raqib qarshisida hech narsa qila olmayapti.

31. Dyuk o'ziga ishlatilgan navbatdagi qo'pollikdan so'ng Tunis zaxira o'rindig'idagi o'yinchi bilan kelisholmay qoldi. Respekt, ikkalasi ham bir-biriga qo'l tashlagan holda kelishib ketishdi, ajoyib!

30. Hozircha Tunis "kengurular"ga tezda javob qaytara olmayapti, umuman hozircha afrikaliklar juda bo'sh harakat qilishmoqda.

26. O'yindagi ilk sariq kartochka Laiduniga ko'rsatildi, u raqibiga nisbatan juda qo'pol harakat qildi.

23. GOOOOOLLLL! Mitchel Dyuk jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni boshi bilan Tunis darvozasiga aniq yo'llamoqda!



21. Asli Germaniyada tug'ilgan Tunis terma jamoasi o'yinchisi Dreger uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, to'p esa darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

19. Tunisning ilk xavfli hujumi. SHimoliy afrikaliklarning tezkor hujumidan so'ng Msakni yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi, ammo avstraliyaliklar bu vaziyatni qiyinchilik bilan bartaraf etishdi.

18. Avstraliya terma jamoasi o'yinchisi Mitchell Dyuk to'p uchun kurashdan so'ng yuqoridan noqulay tarzda erga quladi. Hammasi joyida, u o'yinni davom ettiradi.

16. Dastlabki o'n besh daqiqada xavfli vaziyatlar sodir bo'lmadi, ammo "kengurular" gol urish uchun faolroq harakat qilishmoqda.

13. Oldindan kutilganidek, Avstraliya faolroq o'ynamoqda. Sababi OFK vakiliga bugun g'alaba kerak, chunki jamoa birinchi turda Franciyaga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Tunis esa Daniya bilan durangga imzo chekkan.

9. Bugungi o'yinni Daniel Zibert boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarmoqda.

6. Muy o'ziga ishlatilgan qo'pollikdan so'ng jarima zarbasini ijro etdi, ammo Tunis bu hujumni qaytardi.

4. Hozircha temp unchalik ham yuqori emas, jamoalar ehtiyotkorroq bo'lib o'ynashmoqda.

1. Qani ketdik, o'yin start oldi!


– Mamlakatlar madhiyasi yangramoqda!

 Tez orada JCH-2022 "D" guruhi 2-tur doirasidagi Tunis va Avstraliya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin start oladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика