JCH-2022 saralashi. Guruhdoshimiz Singapur terma jamoasi bosh murabbiyi: "Bizni Yamanga qarshi 90 daqiqalik og'ir o'yin kutmoqda"
05 sen 2019 10:59
Yangiliklar


JCH-2022 saralashi. Guruhdoshimiz Singapur terma jamoasi bosh murabbiyi: "Bizni Yamanga qarshi 90 daqiqalik og'ir o'yin kutmoqda"
Kecha odatga ko'ra o'yindan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Bu haqda Singapur futbol Associaciyasi rasmiy sayti xabar berdi. Unda Singapur bosh murabbiyi Tatsuma Yoshida hamda himoyachi Safuvan Baharudin o'z fikrlarini bildirishdi.
Tatsuma Yoshida, Singapur terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'ylashimcha yigitlar o'yinga tayyor. Ularning imkoniyatlariga ishonaman. Nihoyat bugun barcha futbolchilar mashg'ulotda ishtirok etishdi. Bazi o'yinchilarning davolanishlari cho'zilib ketdi. Yamanning o'yinini ko'rib chiqdim. Ertaga bizni og'ir 90 daqiqa kutmoqda. G'alaba qozonish uchun yaxshi o'ynash kerak".
Safuvan Baharudin, Singapur terma jamoasi himoyachisi: "Biz tayyormiz. Bu men uchun uchinchi saralash bosqichi. Qiyin bo'lishi aniq, ammo terma jamoani yangi saviyaga ko'tarish va Osiyo Kubogiga yo'llanma olishni istaymiz. Bosh murabbiyimiz qo'l ostida nimagadir erisha olamiz deb o'ylayman. Muxlislar bizga bu borada yordam berishlariga umid qilamiz".
Eslatib o'tamiz, Singapur va Yaman terma jamoalari O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olishgan. Guruhdoshlarimiz o'rtasidagi bugungi bahs Toshkent vaqti bilan soat 16:45da boshlanadi. Uchrashuvni Sport telekanali jonli efirda namoyish etishni rejalashtirgan.
Singapore Ikhsan Fandi - 27', Faris Ramli - 52' |
World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. D . 1-tur 05/09/2019, 17:45 2
:
2
Tugadi
|
Yemen Abdulwasea Al Matari - 34', Mohsen Mohammed - 45' |
Stadion: 7018 tomoshabin
O’xshash yangiliklar

Fikrlar