So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

JCH-2022 saralashi. Falastin va Yaman uy o'yinlarini qaerda o'tkazadi? Yangiliklar

JCH-2022 saralashi. Falastin va Yaman uy o'yinlarini qaerda o'tkazadi?

Bugun JCH-2022 saralashi ikkinchi bosqichiga qura tashlandi.

Unga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi "D" guruhida Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur bilan kurash olib boradigan bo'ldi. Quradan so'ng taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev qiziq jihatga etibor qaratdi.

"O'zbekiston terma jamoasining guruhi geopolitika tomonlama qiziqarli bo'ldi.

O'tgan JCH saralash bosqichida Saudiya Arabistoni Falastinga borishni istamagandi (BAA esa Falastinga borgandi). Falastin futbol federaciyasi xavfsizlik nuqtai nazaridan o'z uyida o'ynamaslikka qaror qilgani bois Saudiya Arabistoni texnik mag'lubiyatdan qutulib qolgandi. Yakunda bahs Iordaniyada bo'lib o'tgandi, u erda Falastin Malayziyani ham qabul qilgandi.

Endi Falastin uy o'yinlarini qaerda o'tkazadi? 5 sentyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Falastinga borishi mumkin, 15 oktyabr kungi Falastin - Saudiya Arabistoni uchrashuvi esa neytral maydonda bo'lib o'tishi mumkin.

Yamanning uy o'yinlari bilan ham qiziq vaziyat sodir bo'lishi mumkin. O'tgan saralash bosqichida Yaman mehmonlarni (ular qatorida O'zbekistonni ham) Doxada qabul qilgandi. Ammo shundan keyin Qatar va bir qator qo'shni davlatlar o'rtasida diplomatik aloqalar uzildi. Yaman ham mana shu davlatlar qatorida edi. Yaman uy o'yinlarini Saudiya Arabistonida o'tkazishi taxmin qilingandi, ammo ikki terma jamoa bir guruhda ekanligi bois bunday bo'lmasligi mumkin.

Bu savollarga javobni tez orada bilib olamiz", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика