JCH-2022 saralash. Suriya terma jamoasida eng ko'p gol urgan futbolchi faoliyatini yakunladi
08 okt 2019 09:49
Yangiliklar
JCH-2022 saralash. Suriya terma jamoasida eng ko'p gol urgan futbolchi faoliyatini yakunladi
Bu haqda 36 yoshli futbolchi Tvitter sahifasi orqali rasman malum qildi: "Men 26 yil futbol o'ynadim. Endi esa xayrlashish vaqti keldi. O'ylaymanki, kelajak yanada yaxshiroq bo'ladi".
Firas Al Xatib terma jamoaga yana yordam berishi mumkin edi, biroq bosh murabbiy Fajr Ibrohim uni ro'yxatga kiritmagach faoliyatini tugatishni lozim topdi.
Terma jamoa bosh murabbiyi futbolchining qaroriga shunday munosabat bildirdi: "Avvalgi turda Filippin darvozasiga kiritilgan gol Firas uchun terma jamoadagi oxirgi gol bo'lib qoldi. Men Firas uchun xursandman va har doim iliq munosabatlarni saqlab qolaman. Muammo shundaki, u hozir klubsiz, menga esa doim o'yin amaliyotiga ega futbolchilar kerak".
Malumot uchun, Firas Al Xatib Suriya terma jamoasida 36ta gol urgan.
Fikrlar