JCH-2022 saralash bosqichi. Ukraina mundialga chiqolmadi, Uels turnir yo'llanmasini qo'lga kiritdi
05 iyu 2022 22:58
Yangiliklar


JCH-2022 saralash bosqichi. Ukraina mundialga chiqolmadi, Uels turnir yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Eslatib o'tamiz, Ukrainadagi notinch vaziyat sabab terma jamoa ishtirokidagi uchrashuvlar keyinroqqa qoldirilgandi. Pley-off yarim finalida ukrainlar SHotlandiyani 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Hal qiluvchi bahsda esa ularga Garet Beyl etakchiligidagi Uels terma jamoasi ro'baro keldi. Uchrashuvning 34-daqiqasida qanotdan oshirilgan to'pni Yarmolenko o'z darvozasiga joylab qo'ydi. O'yinda hisob boshqa o'zgarmadi. SHu tariqa, uelsliklar 66 yillik tanaffusdan so'ng o'z tarixlarida ikkinchi marta mundialga yo'llanma olishdi. Ukraina esa ketma-ket to'rtinchi marotaba jahon chempionati yo'llanmasidan quruq qoldi.
Uels terma jamoasi quraga ko'ra, "B" guruhida Angliya, Eron va AQSH terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Uels – Ukraina 1:0
Gol: 1:0 – 34, avtogol Yarmolenko.
Uels – Xennessi, Roberts, Devis, Rodon, Ampadu, Uilyams (Norrington-Devis, 90), Remzi, Allen, Beyl (Uilson, 83), Mur, Djeyms (Djonson, 71).
Ukraina – Bushhan, Karavaev, Matvienko, Zabarnyy, Mikolenko, Yarmolenko, Cygankov (Mudrik, 77), Stepanenko (Sidorchuk, 70), Malinovskiy (SHaparenko, 70), Zinchenko, Yaremchuk (Dovbik, 77).
Ogohlantirishlar: Allen (2), Djeyms (3), Mikolenko (32), Mudrik (90).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar