So’nggi yangiliklar

12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  0 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  3 11:25Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  1 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  9 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  5

JCH-2022 saralash. 2-turdan keyin barcha guruhlardagi vaziyat Yangiliklar

JCH-2022 saralash. 2-turdan keyin barcha guruhlardagi vaziyat

Kecha, 10 sentyabr kuni JCH-2022 saralash bosqichining ikkinchi raund 2-tur bahslari o'tkazildi.

Kechagi o'yinlarning etiborga molik jihati, qura jarayonida birinchi savatchadan joy olgan kuchli jamoalarning kurashga qo'shilgani bo'ldi. Jahon chempionatiga borishga asosiy davogarlardan Xitoy, Avstraliya, Eron, Yaponiya, BAA va Janubiy Koreya ilk turni g'alaba bilan boshlagan bo'lsa, Saudiya Arabistoni durang qayd etdi. SHuningdek, Qatarning o'z maydonida Hindistonni enga olmagani ham kutilmagan natija bo'ldi. 


"A" guruhi

Guam – Filippin 1:4 

Maldiv – Xitoy 0:5 

Guruhdagi har ikki uchrashuvda yirik hisob qayd etildi. Xitoy Maldiv uyiga safar uyushtirib 5:0 hisobida zafar quchgan bo'lsa, Filippin Guamdan 4:1 hisobida ustun keldi. Darvoqe xitoyliklar safida Elkeson o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi. Xitoy birinchi urinishdayoq guruh peshqadamiga aylanib oldi.


Keyingi uchrashuvlar:

10 oktyabr. Xitoy - Guam; Suriya - Maldiv

  

"B" guruhi

Xitoy Taypeyi – Nepal 0:2 

Quvayt – Avstraliya 0:3 

Avstraliya Quvaytga hech qanday imkoniyatni qoldirmadi va 3:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda Mettyu Leki dublga erishdi. Quvaytda kechgan bahsni stadionda 12 mingga yaqin tomoshabin kuzatib bordi. Guruhdagi ikkinchi o'yinda Nepal Xitoy Taypeyidan ustun keldi.


Keyingi uchrashuvlar:

10 oktyabr. Avstraliya - Nepal; Iordaniya - Quvayt   


"C" guruhi

Kambodja – Bahrayn 0:1

Gonkong – Eron 0:2 

Eron terma jamoasiga Sardor Azmun va Karim Ansarifad tomonidan kiritilgan gollar Gonkong ustidan 2:0 hisobidagi g'alabani taqdim etdi. Kambodja maydoniga safar qilgan Bahrayn esa 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi. Qizig'i shundaki, Kambodjadagi "Olimpik" stadionida kechgan bahsni 45 ming tomoshabin kuzatib bordi.

 

Keyingi uchrashuvlar:

10 oktyabr. Eron - Kambodja; Iroq - Gonkong


"D" guruhi

Singapur – Falastin 2:1 

Yaman - Saudiya Arabistoni 2:2  

O'zbekiston terma jamoasi joy olgan guruhda ham vaziyat qizg'in tus olmoqda. 1-turda bizni yutgan Falastin navbatdagi uchrashuvda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Guruhdagi eng kuchli raqib sifatida qaralayotgan Saudiya Arabistoni esa Yaman bilan durang o'ynadi. Keyingi turni milliy terma jamoamiz Toshkentda Yamanga qarshi o'tkazadi.

 

Keyingi uchrashuvlar:

10 oktyabr. Saudiya Arabistoni - Singapur; O'zbekiston - Yaman

 

"E" guruhi

Afg'oniston – Bangladesh 1:0 

Qatar – Hindiston 0:0 

1-turda Afg'onistonni 6:0 hisobida mag'lub etgan Qatar bu turda kutilmaganda Hindiston bilan 0:0 o'ynadi. To'g'ri, qatarliklar murabbiyi asosan ikkinchi tarkibni tushirdi, shunga qaramay amaldagi Osiyo chempionidan ko'pchilik g'alaba kutgandi. Fashad Nur tomonidan kiritilgan gol Afg'onistonga kichik g'alabani taqdim etdi. 

 

Keyingi uchrashuvlar:

10 oktyabr. Bangladesh - Qatar; Ummon - Afg'oniston


"F" guruhi

Mo'g'uliston – Tojikiston 0:1

Myanma – Yaponiya 0:2 

Bu guruhda Tojikiston ketma-ket ikkinchi g'alabasini nishonlab, birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Usmon Toshev shogirdlari navbatdagi bahsni ham 1:0 hisobida yakunlashdi. Yaponiya esa safarda Myanmani mag'lub etdi. Myanmadagi stadionga 25 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurdi.

 

Keyingi uchrashuvlar:

10 oktyabr. Yaponiya - Mo'g'uliston; Qirg'iziston - Myanma 


"G" guruhi

Indoneziya – Tailand 0:3

Malayziya – BAA 1:2 

BAA saralash o'yinlarini qiyin g'alaba bilan boshladi. Malayziyalik futbolchilar 1-daqiqadayoq hisobni ochishdi, biroq taym tugashiga ikki daqiqa qolganida Ali Mabxut hisobni tenglashtirdi. Keyinchalik Ali Mabxut yana gol urib jamoasiga ilk uch ochkoni keltirdi. Indoneziya maydoniga safar uyushtirgan Tailand yirik 3:0 hisobidagi g'alabani tantana qildi.

 

Keyingi uchrashuvlar:

10 oktyabr. BAA - Indoneziya; Vetnam - Malayziya 


"H" guruhi

Turkmaniston - Janubiy Koreya 0:2

SHri Lanka – KXDR 0:1 

Va nihoyat "H" guruhida ikkita koreys jamoasi g'alabaga erishdi. Janubiy Koreya safarda yon qo'shnimiz Turkmanistonni mag'lub etgan bo'lsa, shimolliklar SHri Lankani kichik hisobda mag'lub etib qaytishdi. Ashxobodda kechgan bahsni 26 ming tomoshabin stadionda kuzatib borgani ham etiborga molik.

 

Keyingi uchrashuvlar:

10 oktyabr. Janubiy Koreya - SHri Lanka; Livan - Turkmaniston 


Eng yaxshi ikkinchi o'rin egalari bo'yicha vaziyat qanday? 

Malumki, mazkur saralash bosqichida Osiyodan 40ta davlat qatnashmoqda. Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruh g'oliblari (8ta) va eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan 4ta ikkinchi o'rin egalari (jami 12ta jamoa) keyingi bosqichga yo'l oladi. Dastlabki ikkita tur natijalaridan so'ng Suriya, Avstraliya, Eron va Yaponiya eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib turishibdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика