JCH-2022. Niderlandiya va Senegal keyingi bosqichga yo'l oldi. Ekvador esa musobaqani tark etdi (guruhdagi yakuniy holat)
29 noy 2022 22:26
Yangiliklar


JCH-2022. Niderlandiya va Senegal keyingi bosqichga yo'l oldi. Ekvador esa musobaqani tark etdi (guruhdagi yakuniy holat)
Qatarda o'tkazilayotgan Jahon chempionati "A" guruhi o'yinlari yakunlandi.
Yakuniy turda Qatarni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan Niderlandiya guruhda birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqdi. "Uchar gollandlarning" 1/8 finaldagi raqibi "B" guruhida ikkinchi o'rinni olgan terma jamoa bo'ladi.
Guruhdagi ikkinchi yo'llanma esa Senegal termasiga nasib etdi. Senegalliklar Ekvador termasini 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi va keyingi bosqich masalasini ijoyib hal qilishdi. Mundialning yoqimtoy jamoasi Ekvador esa mezbon Qatar bilan birgalikda musobaqani tark etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar