JCH-2022. Kechagi uchrashuvlarning eng yaxshi futbolchilari
02 dek 2022 08:20
Yangiliklar


JCH-2022. Kechagi uchrashuvlarning eng yaxshi futbolchilari
Kecha, 2 dekabr kuni mundialning yana 2 guruhida bahslar yakunlandi.
Kanada – Marokash 1:2
Yussef En-Nesirining g'alabaga goliga hammuallif bo'lgan Ashraf Hakimi “man of the match” sovrinini qo'lga kiritdi;
Xorvatiya – Belgiya 0:0
Uchrashuvda faol harakat qilgan Luka Modrich o'yinning eng yaxshisi nomiga loyiq ko'rildi;
Yaponiya – Ispaniya 2:1
“Kunchiqar yurt” vakillariga keyingi bosqich yo'llanmasini taqdim etgan gol muallifiga aylangan Ao Tanaka “man of the match” sovrini egasiga aylandi;
Kosta-Rika – Germaniya 2:4
73 hamda 85-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol etib, dublga erishgan nemislar azosi Kai Xaverc o'yinning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar