So’nggi yangiliklar

00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  1 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  11 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  20 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  2 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  2

JCH-2022. "Toyota Mersedesni ortda qoldirib ketdi" Yangiliklar

JCH-2022. "Toyota Mersedesni ortda qoldirib ketdi"

JCH-2022 1-turidan o'rin olgan Germaniya - Yaponiya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Germaniya – Yaponiya 1:2
Gollar: 1:0 – 33, Gyundogan penalti, 1:1 – 75 Doan, 1:2 – 83 Asano.

Germaniya – Noyer, Zyule, Ryudiger, SHlotterbek, Raum, Gyundogan (Goretcka, 67), Kimmix, Xavertc (Fyullkrug, 79), Myuller (Xofmann, 67), Gnabri (Mukoko, 90), Musiala (Getce, 79).

Yaponiya – Gonda, Sakai (Minamino, 74), Yosida, Itakura, Nagatomo (Mitoma, 57), Endo, Kamada, Kubo (Tomiyasu, 46), Tanaka (Doan, 71), Ito, Maeda (Asano, 57).



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi! Osiyoning yana bir termasi sensacion ravishda nomdor raqib, musobaqa favoritlaridan birini taslim etdi.  

90+8-daqiqa. Uzatmadan keyin kurashda himoyachilar to'pni maydondan chiqarib yuborishdi.  

90+7-daqiqa. Noyer ham raqib jarima maydonchasiga etib keldi. 

90+4-daqiqa. Antonio Ryudiger boshqa chora topilmagach, uzoqdan zarba berib ko'rdi. Uning urinishi qovushmadi.  

90+2-daqiqa. Tomiyasu yordam ko'rsatish kerak. Futbolchi maydonda yotibdi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.

88-daqiqa. Germaniya raqib himoyasiga yo'l topa olmayapti.  

Hammasi joyida, o'yinni davom ettirish zarur.

A yo'g'e, bunday vaziyatga penalti berilmaydi-ku?! 

85-daqiqa. Hakam shoshmaslikni so'radi. Jarima maydonchasida to'p Yaponiya himoyachisining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin... 

83-daqiqa. GOOOOOOOOOOL! Takumi Asano Yaponiyani oldinga olib chiqmoqda.    

80-daqiqa. Germaniya navbatdagi burchak zarbasini amalga oshirdi, yanap usha Ryudiger standart vaziyatda faol, lekin zarbaga aniqlik etishmadi. 

78-daqiqa. O'zgarish! Xaverc va Musiala o'ringa Fyulkryug va Gyotce maydonga tushdi.  

75-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Ricu DOAN nemislarni nokDAUN holatga tushirmoqda!

74-daqiqa. O'zgarish! Xiroki Sakai o'rniga Minamino o'yinga qo'shildi.

72-daqiqa. Germaniya ikkinchi golni urishga juda yaqin keldi, biroq Syuiti Gonda bir necha soniyalardagi ketma-ket zarbalarni qaytardi, 5 marta seyv amalga oshirdi va jamoasi uchun umidni saqlab qolmoqda.  

71-daqiqa. O'zgarish! Yaponlarda Ao Tanaka o'rniga Ricu Doan tushdi.   

67-daqiqa. O'zgarish! Ilkay Gyundogan o'rniga Leon Gorecka o'yinga qo'shildi. 

66-daqiqa. Yaponiyaning burchak zarbasidan keyin to'p darvoza tomonga qarab uchayotgandek ko'rindi, lekin nemislar xavfni bartaraf etishdi.

64-daqiqa. Ryudiger zerikkanlar bo'lsa deb, ajoyib yugurishi orqali kayfiyatni ko'tardi. 

63-daqiqa. Kay Xaverc o'yindan tashqari holatda.

61-daqiqa. Yaponiya xavfli qarshi hujum uyushtirdi.

60-daqiqa. Jamal Musiala to'pni Ilkay Gyundoganga etkazdi, "Siti" futbolchisining zarbasidan keyin esa to'p ustunga tegdi. 

58-daqiqa. O'zgarish! Yaponiyada ikki nafar o'yinchi alishmoqda: Maeda va Nagatomo o'rniga Kaoru Mitoma va Takuma Asano o'yinga qo'shildi.  

57-daqiqa. O'zgarish! Yuto Nagatomo o'rniga Kaoru Mitoma o'yinga qo'shildi.  

55-daqiqa. Osiyoliklar chaproqdan oldinga o'tmoqchi edi, biroq to'p uzatilgan Daiti Kamada o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi. 

53-daqiqa. Yaponlarning hujumi uzatmadagi xato tufayli oxiriga etmay qoldi.

51-daqiqa. Musiala raqib himoyachilarini birin ketin aldadi, aylanib o'tdi va oxiri zarba berdi, lekin juda noaniq.  

50-daqiqa. Daiti Kamada jarima maydonchasiga kirib-kirmay kuchli zarba berdi, ammo niyatiga eta olmadi. 

48-daqiqa. Tomas Myuller markazdan ikki raqibini aldab, oldinga o'tib bordi va to'pni o'ngroqdagi Serj Gnabriga etkazdi, vinger esa zarba berishga qaror qildi — noaniq

O'zgarish! Tanaffusdan Kubo qaytmadi, uning o'rnini Tomiyasu egalladi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Bo'ldi, hakam hushtak chalib, bo'lim yakunlanganini malum qiluvchi hushtagini chaldi. Hozircha 1:0 nemislar oldinda.

Ha, qisqa pauzadan keyin chindan o'yindan tashqari holat bo'lganini malum qilishdi. Hisob o'zgarmadi.  

45+4-daqiqa. GOOOOOOL! Musialaning uzatmaga aylanib ketgan zarbasidan keyin Kay Xaverc to'pni to'rga yo'lladi. Biroq "vrode" offsayd.

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45-daqiqa. Jamal Musiala jarima maydonchasiga kiraverishda yaxshi harakat qilib, zarba berdi, ammo to'p darvozadan ancha yuqoridan o'tib ketdi. 

43-daqiqa. Kay Xaverc bosimi natijasida himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

41-daqiqa. Gyundogan yana bir bor zarba berishga urinib ko'rdi, yo'l-yo'lakay himoyachi tegib to'p tezligini, xavfini yo'qotdi. 

39-daqiqa. Germaniya xuddi hech nima bo'lmagandek to'pni nazorat qilishda davom etyapti. O'yin kartinasi deyarli o'zgarmadi. 

36-daqiqa. Yaponiya navbatdagi burchak zarbasidan foyda chiqara olmadi.  

33-daqiqa. GOOOOOL! Gyundogan zarba berdi va darvozabonni dog'da qoldirdi.  

Vaziyatni "VAR" xonadagilar qayta ko'rib chiqishyapti.

31-daqiqa. PENALTI! Darvozabonning tushunarsizroq harakatidan keyin Devid Raum maydonga yiqildi va hakam nuqtaga ishora qildi.  

Bu boradagi ko'rsatkich foizlarda 83 - 17 ekan.

25-daqiqa. Hozirgi daqiqalarga kelib to'pga egalik qilish bo'yicha Germaniya farqni juda katta qilib oldi. 

21-daqiqa. Niko SHlotterberkning xatosidan keyin Ito to'pni ilib ketgandi, ammo u uzatgan to'pni Ryudiger maydondan chiqarib yubordi. 

19-daqiqa. Maydon markazida avvaliga yaponlar, keyin nemislar o'yin qoidasini buzishdi. 

17-daqiqa. Antonio Ryudiger burakdan uzatilgan to'pga birinchi bo'lib eta oldi va boshi bilan zarba berdi, biroz noaniq.

15-daqiqa. Sakai raqib bilan to'qnashib yiqildi. Yo'q, jarohat jiddiy emas, hammasi joyida. 

10-daqiqa. Germaniya yana to'pni nazorat qilmoqda. Ular o'yinni, shu orqali raqibni tinchlantirishga urinayotgandek.

8-daqiqa. GOOOOOLAmmo, lekin, biroq... O'yindan tashqari holat! Maeda darvozaga Ryudigerga qaraganda yaqinroq joylashgandi. 

7-daqiqa. Kay Xaverc to'pni maydonda saqlab qola olmagan bo'lsada, raqib to'pni yon chiziqdan o'yinga kiritishini taminladi.  

Yaponlar standartdan naf chiqara olishmadi. 

5-daqiqa. Zyuni Ito qanotdan oldinga o'tdi va uchrashuvdagi birinchi burchak zarbasini ishlab oldi.  

4-daqiqa. Maeda tezligini ishga solib Ryudigerngi taqib qildi, ammo tajribali himoyachini bu tashvishga solmadi. To'pni Noyer o'yinga kiritib beradi. 

2-daqiqa. Musiala ikki sherigi bilan chapdan jarima maydonchasiga yorib kirishiga yaponlar yo'l qo'ymadi. 

Germaniya futbolchilari to'pni nazorat qilishmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Uchrashuvni boshlash uchun barchasi tayyor!

Manuel Noyer va Maya Yoshida bosh hakam bilan o'yinni kim boshlashi, kim dastlab qaysi darvozani qo'riqlashini aniqlab olishyapti.  

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Har ikki mamlakat madhiyalari yangramoqda.

O'yin boshlangunga qadar unga yozilgan prevyuni o'qib turishni maslahat beramiz. 


Har ikki jamoa ustozlari asosiy tarkibni elon qilib ulgurishdi. 

Germaniya – Yaponiya
18:00, “Xalifa Interneyshnl” stadioni
Bosh hakam:
Ivan Barton (Santa-Ana, Salvador);
Assistentlar: David Moran Santos (Salvador), Zaxari Zegelar (Surinam);
Zaxira hakami: Said Martines (Tokoa, Gonduras).

Germaniya: 1.Manuel Noyer, 2.Antonio Ryudiger, 3.David Raum, 15.Niklas Zyule, 23.Niko SHlotterbek, 6.Yosua Kimmix, 10.Serj Gnabri, 13.Tomas Myuller, 14.Jamal Musiala, 21.Ilkay Gyundogan, 7.Kay Xaverc.

Yaponiya: 12.SHuichi Gonda, 4.Kou Itakura, 5.Yuto Nagatomo, 19.Xiroki Sakai, 22.Maya Yoshida, 6.Vataru Endo, 11.Takefusa Kubo, 14.Junya Ito, 15.Daichi Kamada, 17.Ao Tanaka, 25.Daizen Maeda.



Germany

Ilkay Gundogan - 33'

World Cup Grp. E . 1-tur

23/11/2022, 17:00

2
:
1
Tugadi

Japan

Ritsu Doan - 75', Takuma Asano - 83'

Stadion: Khalifa International Stadium, 42608 tomoshabin

Bosh hakam: Ivan Barton

45'
90'
33'  Ilkay Gundogan
45'  Kai Havertz
67'  Thomas Mueller (Jonas Hofmann)
67'  Ilkay Gundogan (Leon Goretzka)
79'  Kai Havertz (Niclas Fuellkrug)
79'  Jamal Musiala (Mario Goetze)
90'  Serge Gnabry (Youssoufa Moukoko)
46'  Takefusa Kubo (Takehiro Tomiyasu)
57'  Yuto Nagatomo (Kaoru Mitoma)
57'  Daizen Maeda (Takuma Asano)
71'  Ao Tanaka (Ritsu Doan)
75'  Hiroki Sakai (Takumi Minamino)
75'  Ritsu Doan
83'  Takuma Asano
83'  Ko Itakura

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика