So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  7 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

JCH-2022. Franciya finalda! Yangiliklar

JCH-2022. Franciya finalda!

Franciya hamda Marokash o'rtasida o'tkaziladigan JCH-2022 yarim final bahsi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Franciya - Marokash 2:0

Gol: Teo Ernandes (5), Kolo Muani (79).

Franciya - 1. Ugo Loris, 5. Jyul Kyunde, 4. Rafael Varan, 24. Ibraima Konate, 22. Teo Ernandes, 8. Orelen CHuameni, 7. Antuan Grizmann, 13. Yussuf Fofana, 11. Usmon Dembele (12. Kolo Muani, 79), 10. Kilian Mbappe, 9. Olive Jiru (26. Markus Tyuram, 66).

Marokash - 1. Yassin Bunu, 2. Ashraf Hakimi, 3. Nussayr Mazraui (25. Yahyo Attiyyat Alla, 46), 4. Sofian Amrabat, 6. Roman Sayss (15. Selim Amallax, 21; 16. Abde Ezzalzuli, 78), 7. Hakim Ziesh, 8. Azedin Unaxi, 17. Sofyan Bufal (14. Zakariya Abuxlal, 67), 18. Javad El-Yamiq, 19. Yusuf En-Nesiri (9. Abdulrazzoq Hamdallah, 66), 20. Ashraf Dari.

Ogohlantirish: Sofyan Bufal (27). 

France

Theo Hernandez - 5', Randal Kolo Muani - 79'

World Cup Final Stage . 1/2-tur

14/12/2022, 23:00

0
:
2
Tugadi

Morocco

Stadion: Al Bayt Stadium, 68294 tomoshabin

Bosh hakam: Cesar Ramos

45'
90'
5'  Theo Hernandez
65'  Olivier Giroud (Marcus Thuram)
78'  Ousmane Dembele (Randal Kolo Muani)
79'  Randal Kolo Muani
21'  Romain Saiss (Selim Amallah)
27'  Sofiane Boufal
46'  Noussair Mazraoui (Yahia Attiyat Allah)
66'  Youssef En-Nesyri (Abderrazak Hamdallah)
66'  Sofiane Boufal (Zakaria Aboukhlal)
78'  Selim Amallah (Abdessamad Ezzalzouli)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Franciya finalda Argentina bilan o'ynaydi!

90+4. ZARBAAAAAA!!!! Marokash hisobni qisqartirishi mumkin edi!!! Avvaliga chiziqdan Loris, keyin esa Kunde to'pni qaytarib yubordi.

90+2. Mbappe raqiblarini aldab, darvoza tomon yaqinlashayotgandi. O'rtada Amrabatning "ochkosi" olindi. Yakunda Kilianning do'sti Hakimi to'pni olib qo'ydi.

6 daqiqa qo'shib berildi.

90. ZARBAAAAAA! Abduxlalning zarbasini Ugo Loris ushlab oldi.

Ikkinchi bo'limda katta ustunlikka ega bo'lgan mag'ribliklar gol ura olishmadi. Marokashliklar o'yinga zo'r tayyorlanishibdi. Ammo gol urish nasib qilmadi.

79. GOOOOOOOLLLL!!! KOLO MUANNIIII!!! Hozir maydonga tushdi va gol urdi! Keldi, ko'rdi va oldi degani shu bo'lsa kerak...

Uchrashuvga 68 394 muxlis tashrif buyurdi.

76. HAMDALLAH!!!?? Zo'r vaziyatga chiqib borib, zarba bermadi. Natijada Franciya to'pni egallab olib, hujumga o'tib ketdi.

72. UXXXX!!!! Grizmanning jarimadan uzatgan to'piga Tyuram boshi bilan aniq zarba yo'llashi kerak bo'lgan joyda aniq o'ynay olmadi.

69. ZARBAAAAAA!! Kunde offsayddagi sherigi tomon pas berdi. Tyuramning zarbasini raqib qaytardi va o'yindan tashqari holat qayd etildi.

67. Xavfli vaziyat! Qanotdan uzatilgan to'pga hozirgina maydonga tushgan Abduxlal zarba bera olmadi. Yana bir ajoyib vaziyat yo'q bo'ldi.

63. Ziesh hujumdagi sherigi tomon to'pni havolatib uzatdi. Varan "ikkinchi qavatda" raqibidan ustun keldi va to'pni qaytarib yubordi. 

60. ZARBAAAAA!!! Mbappening tezligi pand berdi. Offsaydga chiqib ketdi va uning pasidan keyin berilgan zarbadan so'ng hakam bayrog'ini ko'tardi.

57. Marokash ikkinchi bo'limda raqibini yarim maydonidan chiqargani yo'q. Afrikaliklar shunchaki daxshatli o'yin ko'rsatmoqda.

53. XAVFLII!!!!! Hakimining pasidan keyin to'p sherigiga etib bormadi. Aks holda bo'sh qolgan darvoza ishg'ol qilinishi mumkin edi.

51. UXXXXXXX!!! Marokash ikkinchi bo'limni ajoyib boshladi. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni El-Yamiq darvozaga yo'llay olmadi! Hisob tenglashishi mumkin edi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45+3. Xavfli vaziyat! Ziesh jarimadan to'pni uzatdi. Bu zarbaga aylanib ketdi. Ugo Loris to'pni urib yubordi.

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. ZARBAAAAAAAAAA!!! El-Yamiq chalqancha uslubda zarba yo'lladi. To'p Ugo Lorisning qo'li aralash darvoza ustuniga tegdi. Taym daxshatli vaziyat bilan yakunlanadi chog'i.

44. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Konate o'z jarima maydonchasi ichida biroz xavfli harakat qildi va podkati bilan to'pni burchakka chiqarib yubordi.

40. ZARBAAAAAAA!!! Grizmanning burchakdan uzatgan to'piga Varan zarba yo'lladi. Yaqin burchak mo'ljal olingan zarba darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

36. ZARBAAAAAA!!! Mbappe hisobni ishonchli ko'rinishga keltirib qo'yishi mumkin edi. Uning zarbasi darvozabondan o'tgandi. Himoyachi qaytarib yuborgan to'pni Jiru deyarli bo'sh qolgan darvozaga joylab qo'ya olmadi.

35. Grizmann burchak zarbasidan to'pni markazga oshirdi. Undan keyin to'p bir necha futbolchilarga tegdi va Fofanaga borib tushdi. Yussufning chap oyog'ida yo'llagan zarbasi tribunadan tepaga ketib qoldi.

33. UXXXXXX!!! Franciyadan juda tezkor hujum. Teo to'pni raqibidan olib qo'ydi va Mbappega oshirdi. Kilian esa bir raqibini aldab, to'pni CHuameniga uzatdi. Orelenning zarbasini offsayddagi Jiru qaytarib qoldi va hujum shu erda tugadi.

31. Afrikaliklar yana hujumda. Juda ko'p mayda paslar evaziga rivojlangan hujum offsayd sababli yakunlandi. 

27. Marokash hujumga o'tgandi. Bugun negadir salbiy manoda jangovar o'ynayotgan Bufal hujumda fol ishlatdi va sariq kartochka oldi.

26. Marokash yana hujumda. Amrabatning zarbasiga himoyachi blok qo'ydi.

21. Marokash tarkibida majburiy o'zgarish bo'ldi. Termaning asosiy "elkani", sardori Romen Saiss jarohati sababli almashtirish so'radi.

18. Marokash hujumga o'tdi. Sofyan Bufalning zarbasi noaniq ketdi. Qo'lidan kelganicha zarba yo'llashga intildi. Biroq zarba o'xshamadi.

17. ZARBAAAAAAAAA!!! Jiruning zarbasi darvoza ustunini titratdi!

10. ZARBAAAAAAAAA!! Lorisdan ajoyib seyv! Unaxining uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Ugo qaytarib yubordi.

5. GOOOOOOOOOOLLL! Franciyaning ajoyib hujumi gol bilan yakunlandi! Teo Ernandes jamoasini final sari etaklamoqda!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Bahs startiga oz vaqt qolmoqda!

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика