⚡️ JCH-2022. Bugun Rustam Mehmonov shogirdlari chorak finalga chiqish uchun Kolumbiya bilan bahslashadi
05 okt 2022 08:15
Yangiliklar


⚡️ JCH-2022. Bugun Rustam Mehmonov shogirdlari chorak finalga chiqish uchun Kolumbiya bilan bahslashadi
O'zbekiston terma jamoasi ushbu bosqichda "B" kvartetida uchinchi bo'lgan Kolumbiya bilan o'ynaydi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.
Mazkur juftlik g'olibiga chorak finalda Eron hamda Italiya juftligida muvaffaqiyatga erishgan jamoa raqiblik qiladi. Rustam Mehmonov shogirdlari bungacha Eron bilan JCH saralashida to'qnash kelib, 0:1 hisobida yutqazgandi. Forslar o'z navbatida Braziliya, Marokash hamda Irlandiya joy olgan guruhda 7 ochko bilan birinchi bo'ldi, italiyaliklar esa “F” kvartetida amaldagi chempion Angoladan keyin ikkinchi o'rinni band etdi.
1/8 final bahslari 5 oktyabrga belgilangan:
12:00, Iroq – Germaniya
12:00, Franciya – Indoneziya
12:00, Irlandiya – Urugvay
14:00, Liberiya – Ispaniya
14:00, Argentina – Marokash
14:00, Gaiti – AQSH
16:00, O'zbekiston – Kolumbiya
16:00, Eron – Italiya
16:00, Angola (amaldagi chemp.) – Angliya
18:00, Braziliya – Polsha
18:00, Yaponiya – Tanzaniya
22:00, Turkiya (mezbon) – Meksika
O’xshash yangiliklar

Fikrlar