So’nggi yangiliklar

00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  2 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  2 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  2 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1

JCH-2022. Belgiya 2-turda Marokashga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

JCH-2022. Belgiya 2-turda Marokashga mag'lub bo'ldi

JCH-2022ning 2-turidan o'rin olgan Belgiya - Marokash uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Belgiya – Marokash 0:2

27 noyabr, 18.00, "stadion al-Tumama"

Gol: Sabiri (73), Zakariya (90+2).

Belgiya - 1. Tibo Kurtua, 2. Tibo Alderveyrld, 21. Timoti Kastan, 5. Yan Vertongen, 15. Toma Mene (9. Romelu Lukaku, 81), 6. Aksel Vitcel, 18. Amadu Onana (8. Yuri Tilemans, 60), 16. Torgan Azar (17. Leandro Trossard, 75), 7. Kevin de Bryuyne, 10. Eden Azar (14. Dris Mertens, 60), 23. Mishi Batshuayi (22. SHarl de Ketelare, 75).

Marokash - 12. Munir, 2. Ashraf Hakimi (25. Yahyo Attiyyat, 68), 5. Naif Agerd, 6. Romen Saiss, 3. Nuassir Mazraui, 4. Sofyan Amrabat, 8. Azzeddin Unaxi (18. Javod El-Yamik, 78), 15. Selim Amalla (11. Abdulhamid Sabiri, 68), 7. Hakim Ziyech, 19. Yussef En Nesiri (9. Abdurazzoq Hamdallah, 73), 17. Sofyan Bufal (14. Zakariya Abuxlal, 73)

Ogohlantirish: Onana (29).

Belgium

World Cup Grp. F . 2-tur

27/11/2022, 18:00

2
:
0
Tugadi

Morocco

Romain Saiss - 73', Zakaria Aboukhlal - 90'

Stadion: Al Thumama Stadium, 43738 tomoshabin

Bosh hakam: Cesar Ramos

45'
90'
29'  Amadou Onana
60'  Amadou Onana (Youri Tielemans)
60'  Eden Hazard (Dries Mertens)
75'  Michy Batshuayi (Charles De Ketelaere)
75'  Thorgan Hazard (Leandro Trossard)
81'  Thomas Meunier (Romelu Lukaku)
45'  Hakim Ziyech
68'  Selim Amallah (Abdelhamid Sabiri)
68'  Achraf Hakimi (Yahia Attiyat Allah)
73'  Sofiane Boufal (Zakaria Aboukhlal)
73'  Youssef En-Nesyri (Abderrazak Hamdallah)
73'  Romain Saiss
73'  Abdelhamid Sabiri
78'  Azzedine Ounahi (Jawad El Yamiq)
90'  Zakaria Aboukhlal
90'  Hakim Ziyech
90'  Abdelhamid Sabiri

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Marokash haqli g'alabaga erishdi va hozircha guruh peshqadamiga aylandi!

90+2. GOOOOOOLLLLL!!! ZAKARIYA ABDXLAL! Geym, set, match!!! Marokash ikkinchi golni urdi va buyog'i Belgiya tiz cho'kdi degani.

90+1. ZARBAAAAAAA!! Hamdallahning yaqin burchakka yo'llagan zarbasini Kurtua qaytardi.

88. De Bryuyne chap qanotdan to'pni darvoza yonidagi Lukakuga oshirgandi. Himoyachilar to'pni qaytarib yubora olishdi.

85. Saaaal qoldi! Marokash ikkinchi golni urib qo'yardi. Belgiyaning baxtiga Hamdallah to'pni to'xtata olmadi.

82. ZARBAAAAA!! Vertongenning boshi bilan yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi.

81. Eng qizig'i, Roberto Martines o'z intervyusiga monand Romelu Lukakuni maydonga tushirdi. Hozirgi vaziyatda hamma intervyusiga tupurib ham qo'ysa kerak.

73. GOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Nihoyat! Marokash ikkinchi bo'limda o'z o'yiniga mos ravishda gol urdi! Abdulhamid Sabiri!! Kurtua yana jarimadan keyin pand berdi!

71. Kevin to'pni hujumdagi Batshuayi tomon oshirdi. Agerd  to'pga tashlanib, bir amallab to'pni Mishiga o'tkazmadi.

65. ZARBAAAAAAAAA!!! Mertensning kuchli zarbasini Marokash posboni qaytardi!

61. Tunis ikkinchi bo'limni hujumda o'tkazmoqda. Bu safargi zarba noaniq ketdi.

57. UXXXXXX! Bufal Kurtua darvozasi tomon aylantirma zarba yo'lladi. To'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

52. ZARBAAAAAAAAA!! Eden Azarning kuchli zarbasini Munir qiyinchilik bilan qaytarib yubora oldi.

50. ZARBAAAA!! Bir necha himoyachilar qurshovidan Ziyech aniq zarba yo'lladi. Erga bir sapchigan to'pni Kurtua osonlik bilan ushlab oldi.

48. Tunis jarima zarbasiga ega bo'ldi. Ammo undan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

Gol VAR orqali tekshirib chiqildi. MISHA GOL OTMEN! Offsayd!

45+1. GOOOOOOOLLLLL!!!! ZIYEEEEECHCHCHCH!! Jarimadan unumli foydalandi! Kurtua esa to'pni qay tariqa o'tkazib yubordi-ya!

39. Belgiya burchak nuqtasi yonidan jarima zarbasiga ega bo'ldi. Undan Kevin de Bryuyne darvozaga zarba berdi. To'p darvoza to'rining ustiga borib tushdi.

35. UXXXXX!! Ashraf Hakimi o'zining kuchli zarbasi bilan darvoza ortidagi kamerani poyladi. RIP kamera( PS: Zar qadrini zargar biladi

33. Belgiya hujumga o'tdi. Menening qanotdan darvoza yoniga uzatmasini Munir ushlab oldi.

29. Onana ogohlantirildi.

28. Tunis yaxshi hujum uyushtirayotgandi. Biroq birgina pas hujumni anchagina xavfsizlantirdi. Natijada Amallaning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

21. Uchrashuv asosiy tarkibida o'zgarish bo'lgan ekan. Darvozabon Yassin Bunu o'z o'rnida emas. Darvozani 33 yoshli Munir qo'riqlamoqda.

18. Belgiya hujumga o'tdi. Batshuayining zarbasini darvozabon ushlab oldi.

11. Kevin de Bryuyne raqib jarima maydonchasi yonida yiqitildi. Fol

6. UXXX!! Burchakdan uzatilgan to'pni Marokash futbolchisi o'z darvozasiga joylab qo'yishi mumkin bo'lgandi. Yana burchak zarbasi.

5. Xavfli vaziyat! Mishi Batshuayi ajoyib vaziyatdan foydalana olmadi. Uning zarbasiga darvozabon g'ov bo'ldi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Al-Tumama" stadioniga qaratamiz. Ushbu stadionda dunyoning eng kuchli termalaridan biri Belgiya JCHdagi ikkinchi o'yinini Marokashga qarshi o'tkazadi. Bahsi bir necha daqiqadan so'ng start oladi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика