So’nggi yangiliklar

16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  2 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  1 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  7 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  4 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  2 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4 12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  22

JCH-2022. Argentina qiyinchilik bilan Avstraliyani mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi Yangiliklar

JCH-2022. Argentina qiyinchilik bilan Avstraliyani mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi

Argentina hamda Avstraliya o'rtasida o'tkaziladigan bahs matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Argentina – Avstraliya 2:1

3 dekabr, 23:59. "Ahmad bin Ali" | 45032 muxlis

Gollar: Leo Messi (35, 1:0), Xulian Alvares (57, 2:0), Enco Fernandes (77-avtogol, 2:1).

Argentina – 23. Emiliano Martines, 26. Nauel Molina (4. Gonsalo Montiel, 80), 19. Nikolas Otamendi, 13. Kristian Romero, 8. Markos Akunya, 7. Rodrigo De Paul, 20. Aleksis Mak Allister (14. Esekel Palasios, 80), 24. Enco Fernandes, 17. Alexandro Gomes (25. Lisandro Martines, 50), 10. Lionel Messi, 9. Xulian Alvares.

Avstraliya – 1. Metyu Rayan, 2. Milosh Degenek (5. Fran Karachich, 72), 19. Garri Suttar, 4. Kay Roulz, 16. Aziz Bexich, 26. Keanu Bakkus (10. Aydin Xrustich, 58), 13. Aaron Muy, 22. Jekson Irvayn, 14. Rayli Makgri (23. Kreyg Gudvin, 58), 7. Mettyu Lekki (21. Garang Kuol, 72), 15. Mitchell Dyuk (9. Jeymi Maklaren, 72).

Ogohlantirish: Jekson Irvayn (15), Milosh Degenek (38).

Argentina

Lionel Messi - 35', Julian Alvarez - 57'

World Cup Final Stage . 1/8-tur

04/12/2022, 00:00

1
:
2
Tugadi

Australia

Enzo Fernandez - 77'

Stadion: Ahmed bin Ali Stadium, 45032 tomoshabin

Bosh hakam: Szymon Marciniak

45'
90'
35'  Lionel Messi
35'  Nicolas Otamendi
50'  Alejandro Gomez (Lisandro Martinez)
57'  Julian Alvarez
71'  Julian Alvarez (Lautaro Martinez)
72'  Marcos Acuna (Nicolas Tagliafico)
80'  Alexis Mac Allister (Exequiel Palacios)
80'  Nahuel Molina (Gonzalo Montiel)
15'  Jackson Irvine
38'  Milos Degenek
58'  Riley McGree (Craig Goodwin)
58'  Keanu Baccus (Ajdin Hrustic)
72'  Matthew Leckie (Garang Kuol)
72'  Milos Degenek (Fran Karacic)
72'  Mitchell Duke (Jamie Maclaren)
77'  Enzo Fernandez

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Avstraliya mardonavor kurashib mag'lub bo'ldi. Argentina esa yarim final uchun kurashda Niderlandiya bilan o'ynaydi!

90+7. ZARBAAAAAAAA!! KUUOLLLL!!! Sal qoldi hisob tenglashishiga! Emiliano o'zini ko'rsatdi!

90+5. Bahsning yakuni yonmoqda! Lautaro yana bir imkoniyatdan gol urishni uddalamadi. Orif Tolipov aytganidek Romelu Martines) Avstraliya esa golga harakat qilmoqda.

90+3. ZARBAAAAAAA!! Lautaro yana bir bor zo'r imkoniyatdan gol urolmadi. Bu safar uning zarbasini Rayan qaytardi! 

Bahsga 7 daqiqa qo'shib berildi.

championat.asia saytida kun kadri!

88. Xavfli vaziyat! Lautaroning pas aralash zarbasi noaniq ketdi.

Tuzatish: Avstraliyaning goli avtogol sifatida qayd etildi. Demak, avtogol muallifi Enco Fernandes.

80. ZARBAAAAAAAAA!! Bexich ikki raqibini aldab o'tib, Martines bilan deyarli birga bir holatga chiqib kelayotgandi. Ammo boshqa Martines, yani, Lautaro to'pning burchakka chiqib ketishini taminladi.

77. GOOOOOOOOLLLL!!! Gudvinning zarbasi rikoshetdan keyin darvozaga kirib ketdi! Hisob qisqarmoqda

75. Argentina yana hujumda. Talyafikoning zarbasi noaniq ketdi.



73. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Lautaro Martines ikki raqibini alday oldi. Uchinchisiga esa kuchi etmadi.

66. Xavfli vaziyat! Argentina hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'yishi mumkin edi. Qanotdan uzatilgan to'pga zarba beradigan topilmadi.

65. UXXXXX!!! Messining bir o'zi raqib jarima maydonchasi ichiga kirib borayotgandi. Ammo himoyachilar amallab to'pni burchakka chiqarib yuborishdi.

57. GOOOOOOOOOLLLL!!! ALVARREESSSSS!!! Darvozabonning qo'pol xatosidan keyin Xulian osonlik bilan gol urdi!

53. UXXXXXX!!! Otamendi ortidagi Emiliano Martinesga sekin to'p uzatdi. Natijada Dyuk to'pga etib olishiga bir bahya qoldi. Emiliano amallab to'pni autga tepib yubordi.

50. ZARBAAAAAAA!! Messining zarbasi rikoshetlar hosil qilib, Rayanning qo'liga borib tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


Biroz zerikarli o'tgan birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Rayan o'z darvozasi yonida xavfli o'ynadi. Bundan argentinaliklar foydalanib qola olishmadi.

35. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! MESSSSIIII!!! Bugun 1000-bahsini o'tkazayotgan bu "echki" termasini jahon chempioni qilmaguncha tinchimaydi shekilli!

34. Endi Argentinada standart vaziyat. Zerikarli o'tayotgan birinchi bo'limda balki gol ko'rishimiz mumkindir.

28. Avstraliya asta-sekin Argentina jarima maydonchasi atrofiga joylashmoqda. Terma yana bir bor burchak zarbasidan naf chiqarmadi.

24. Kengurular yurti vakillari standartdan unum chiqara olmadi. Uzatma anchagina yuqoridan o'tib ketdi.

23. Avstraliya burchak zarbasiga ega bo'ldi.

19. Avstraliya hujumga o'tdi. Umuman olganda to'p raqib darvozasi oldiga ancha yaqinlashgandi. Ammo elkama-elka kurashda Aziz Bexich raqibiga imkoniyatni boy berdi.

15. Markus Akunyaga qarshi qo'pol o'ynagan Jekson Irvayn ogohlantirildi.

10. Messi hujumdagi Alvaresga to'pni oshirdi. Ammo Xulian to'pga eta olmadi.

8. O'yin unchalik darajada yuqori temp bilan boshlanmadi. Dastlabki 8 daqiqalikda birorta xavfli vaziyat yaratilgani yo'q.

1. UCHRASHUV  BOSHLANDI!

 


- Hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Ahmad bin Ali" stadioniga qaratamiz. Ushbu stadionda chorak finalning navbatdagi ishtirokchisi aniqlanadi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика