So’nggi yangiliklar

08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  0 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  3 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  6 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  3 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0

JCH-2021. O'zbekiston nimchorak finalda kim bilan o'ynaydi?! Yangiliklar

JCH-2021. O'zbekiston nimchorak finalda kim bilan o'ynaydi?!

Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi guruhdagi so'nggi o'yinini o'tkazdi. Unda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi vakillarimiz Misrni 2:1 hisobida taslim etishdi. SHu tariqa, O'zbekiston futzal terma jamoasi mundialdagi dastlabki g'alabasi evaziga guruhdan ikkinchi o'rin bilan 1/8 finalga yo'l oldi.

O'zbekiston Misrni mag'lub etib, tarixda ilk bor pley -offga yo'l oldi


Ko'pchilikni vakillarimiz pley-offda qaysi jamoaga qarshi bahs olib borishi qiziqtirmoqda. Demak, biz joy olgan "B" guruhining ikkinchi jamoasi "F" guruhida ikkinchi bo'lgan termaga qarshi bellashadi. "F" kvartetida 2-turdan so'ng Eron terma jamoasi ikkinchi bo'lib turibdi. Guruh peshqadami Argentinada ham forslar kabi 6 ochko mavjud. To'plar nisbatiga ko'ra amaldagi Jahon chempionlari peshqadam bo'lib turishibdi.

3-turda bu ikki jamoa bir-biriga qarshi bahs olib boradi. 20 sentyabr Toshkent vaqti bilan 22:00da start oladigan uchrashuv O'zbekistonning nimchorak finaldagi raqibini aniqlab beradi. Har qanday holatda ham bizga aynan Eron va Argentinadan biri raqib bo'ladi.

Nimchorak finaldagi o'yinimiz 24 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:30da boshlanadi. O'yin "Vilnyus Arena"da o'tkaziladi. Yani, futzalchilarimiz guruh o'yinlarini o'tkazgan arenada kamida yana bitta uchrashuv o'tkazishadi.


Bahodir Ahmedov: "Yigitlar o'zlarining nimaga qodir ekanliklarini ko'rsatishdi"

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика