JCH-2021. Anasxon Rahmatovning goli mundialning eng chiroyli 7 golidan biri bo'ldi
05 okt 2021 16:45
Yangiliklar
JCH-2021. Anasxon Rahmatovning goli mundialning eng chiroyli 7 golidan biri bo'ldi
Unda O'zbekiston terma jamoasi nimchorak finalga qadar etib bordi va 1/8 finalda Eronga 8:9 hisobida imkoniyatni boy berdi.
FIFA matbuot xizmati musobaqa yakunlangandan keyin mundialning eng chiroyli 7 golini taqdim etdi. Quvonarlisi, JCH-2021ning eng chiroyli 7 goli orasidan terma jamoamiz azosi Anasxon Rahmatovning 3-tur doirasida Misr darvozasiga kiritgan goli ham o'rin oldi. Mashrab Odilovning pasidan keyin berilgan aynan shu zarba Bahodir Ahmedov shogirdlarini pley-offga olib chiqqandi.
Futzal bo'yicha JCH-2021ning eng chiroyli 7 goli mualliflari
Raul Gomez (Ispaniya)
Paragvay - Ispaniya o'yinida
Andre Koelo (Portugaliya)
Solomon Orollari - Portugaliya
Nguen Van Hey (Vetnam)
Panama - Vetnam
Anasxon Rahmatov (O'zbekiston)
Misr - O'zbekiston
Ali Asqar Hassanzoda (Eron)
Argentina - Eron
Leonardo (Braziliya)
Braziliya - Yaponiya
Yovan Lazarevich (Serbiya)
Portugaliya - Serbiya

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar