So’nggi yangiliklar

01:18Родри. Футбол мавжудлиги учун шукрона айтаман (мутолаа учун)  0 00:40Европа Лигаси. Жарима майдончасида ёлғиз қолган Кевин Маккалистер "Рома"ни ранжитди  9 00:36Европа Лигаси. "Манчестер Юнайтед" - ПАОК: Асосий таркиблар маълум  0 23:59Дешам нима сабабдан Килиан Мбаппени термага чақирмаганини айтди   2 23:55Ибрагимович Флорентино Пересга: "Респект"   1 23:42Алаба тўп билан машғулотларга киришди  0 23:30Эрнан Креспо "Ал Айн"дан кетди!  0 23:22"Милан" Рейндерс билан шартномани узайтириш бўйича ишларни олиб бормоқда  0 23:15Мусаев — Россия Премьер-Лигасининг октябрь ойидаги "Энг яхши мураббийи"!  3 23:04"Интер" ва "Ювентус" бир ҳимоячига қизиқиб қолди  0 22:53Григорий Колосовский: "Самвел Бабаян клуб бошқарувида борлигини айта олишим мумкин"  10 22:37Вадим Абрамов: "Футбол бизни жазолади"  4 22:28Европа Лигаси. "Галатасарой" - "Тоттенхэм": Асосий таркиблар маълум  2 22:10Ямаль 21 ёшгача бўлган футболчилар рейтингида етакчи  13 21:50Европа Лигаси. "Юнион Сент-Жиллуаз" - "Рома": Шомуродов асосий таркибда  9

JCH-2018dan DEBYUT kundalik Yangiliklar

JCH-2018dan DEBYUT kundalik

Teglar :  JCH-2018
O'FAda faoliyat boshlamasimdan avval JCH-2018 uchun ro'yhatdan o'tib qo'ygan edim.

FIFA ham siylab yubordi. Germaniyani guruhdagi naqt 3ta o'yiniga OAV chiptasini berdi. Yana ularning orasida Braziliya, Portugaliya, Argentina va Kolumbiyaning bittadan tur o'yinlari mavjud. Ammo barcha uchrashuvlarga borish imkoniyati mavjud emas, garchand FIFA OAV va muxlislarni o'ylab poezdlar uchun bepul chiptalarni berayotgan bo'lsada. Sababi o'yinlarni ketma-ketligi sabab bir manzildan ikkinchi manzilga etib bora olmaysiz. Samolyot chiptalari arzon emas. 80-150 AQSH dollariga teng. Qolaversa, Toshkentda biroz muammo yuzaga kelgandi. Oson bo'lmagan kunlar... JCHdan umidimni uzib bo'lgan edim. Ko'ngilga sig'mayotgan edi... 


SHu kunlarda O'FA vakili Roma (Ramil) xonamga kirib "sen haliyam shu erdamisan, nega JCHga bormayapsan?", deya savolga tutdi va keyin afsuslanmaslik uchun hech bo'lmasa bitta o'yinni ko'rib kelishimni maslahat berdi. Bu erda "Feysbuk" ijtimoiy tarmog'ida ustozim, Anvar aka Ilyosov JCHga oid suratlarni qo'ya boshladilar. Mana shunda qaror qabul qilindi, hechdan ko'ra kech va kecha Toshkent - Moskva yo'nalishi bo'yicha JCH poytaxtiga etib keldim.


Aeraport tekshiruvidan o'tar ekanman, odatdagi savol javoblar... Oq yo'l tilashar, ancha xizmat turi ijobiy tomonga o'zgaribdi. Gap yo'q, ayniqsa yashil yo'lakchalar yo'lovchining vaqtini tejabdi. Kamiga bir xodim "CA"ning o'quvchisi ekanlar. "Aka, nega ko'p blok qilasizlar", deb so'rab qoldilar. Tartib qoida mavjud degan javobimga, "men emas, aksari do'stlarim blokda" deb kulib javob qildilar. SHu tariqa Ramazon oyining so'nggi kunida Moskvaga kelib, bugun hayit namozini o'qish nasib etdi. Mustaqil yurtimizga tinchlik tilash bilan bir qatorda, Qatarda bo'lib o'tadigan JCHda O'zbekiston milliy terma jamoasini ishtirok etishini samimiy niyat qildim. Ayniqsa, kecha bo'lib o'tgan ochilish o'yinida Respublikamiz Prezidentini ishtirok etganligi, futbolga bo'lgan munosabatni tubdan o'zgarayotganligidan deb bildim. Prezident boshchiligida JCHni maqsad qilmasak, qachon yana mundial haqida o'ylashimiz mumkin? Yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalansak bo'lgani. Avvalgi maqolalarimda ko'p marotaba qayd etganman, biz yoshlar uchun bu balki so'nggi imkoniyat emas, ammo yoshi katta nuroniylarimiz haqqi-hurmati chiqishimiz kerak, ular ko'rsin JCHni! 

SHaharning turli burchaklarida jahon chempionatini bo'lib o'tayotganini his qilishingiz mumkin.

Keling gapni aylantirmay-da, bugungi voqealarga o'tsam. Kecha tunda keldim, ochilish marosimini ham ko'ra olmadim. Rossiya terma jamoasining gollarini saytimizning telegram kanalidan ko'rdim. Bugun "Lujniki" stadioniga tashrif buyurib akkreditaciyamni oldim. Undan avval har safar Moskvaga kelganimda o'zining beminnat yordamini ayamaydigan andijonlik ukaxonlar Abror va Sardor bilan Rossiyadagi eng katta "Fan zona"ni borib ko'rdik. Afsuski u 12:00dan ochilar ekan. 

Abror va Sardor "Lujniki" arena qarshisida

Ichida nimalar bor, buni bugun tunda Ronalduga yaqin bo'lgan ikki yurt, Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda ko'ramiz. Hujjatlar bilan bo'lib, Argentina terma jamoasining OAV uchun ochiq bo'lgan 15 daqiqalik mashg'ulotiga tashrif buyura olmadim. Hech qisi yo'q, Argentina terma jamoasini ko'rishga hali imkoniyat yo'q emas.

Media markazdagi sharoitlar alo darajada. Nima uchundir maqola yozayotgan pallamda, bu erda juda kam OAV vakili. Katta ehtimol bilan ular "Spartak" stadionidalar. U erda ertaga Argentina - Islaniyada uchrashuvi bo'lib o'tadi. Qolganini, rasm ko'rinishida etiboringizga taqdim etsam. Maqola o'qiyotgan pallangiz, "Lujniki" stadionini suratga olib chiqish niyatidaman. Keyin, Misr va Urugvay terma jamoalari o'rtasidagi bahsni horijlik hamkasblarimiz bilan birga media markazda tomosha qilamiz.

Jahon chempionatining talismani - Zabivaka

Mazkur stadionda Germaniya - Meksika uchrashuvi bo'lib o'tadi. Saytimiz xodimi, "Bavariyashunos", Germaniya futboli fanlari nomzodi, tonirovkaga ruhsat berilay deb turgan bir paytda, qora ochkichasini oqqa aylantirgan SHahboz ukamiz, Myullerga salom deb qo'yishimni aytgan. Afsuski, men bu musobaqada media tribunada o'tiraman, boisi O'zbekiston uchun bor yo'g'i 3ta OAV yo'llanmasi berilgan bo'lib, shundan bittasi fotomuxbirlar uchun, ikkitasi yozma. Fotomuxbir o'rnini ko'p yillik metr, ustozim Anvar aka Ilyosov turganda olish, ustoz uchun hurmatsizlik bo'lardi. Ikkinchi hamkasbimiz, Aziz Akbarov Uff.uz saytidan tashrif buyurganlar.

Bu tepalikdan Moskva kaftdek ko'rinadi. 

Aynan shu tepalikda Rossiya teleseriallarni uchun katta yo'l ochib bergan "Brigada" filmining eng muhim qismlaridan biri suratga olingan edi.

Yoshlikdagi muzqaymoqlar yodga tushadi, shu bilan birga so'z ustasi ham.

JCHni yoritishda o'z yordamini bergan "Start" savdo belgisiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Bayramingiz bilan, Aziz o'quvchilar!

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика