So’nggi yangiliklar

20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  1 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  5 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  4 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16

JCH-2018dagi Germaniya-SHveciya "seriali" haqida Yangiliklar

JCH-2018dagi Germaniya-SHveciya "seriali" haqida

Rossiyada o'tayotgan Jahon chempionatida amaldagi chempion Germaniya o'rin olgan guruhdan SHveciya va Meksika terma jamoalari pley-offga yo'l olishdi.

Germaniya esa sharmandali natija qayd etib, guruhda oxirni o'rinni egalladi. Biz esa Germaniya qayd etgan natija xususida emas, balki SHveciya va Germaniyaning maydondan tashqaridagi o'zaro kurashiga etibor qaratishni lozim topdik.

1-qism. JCH-2018ning "F" guruhida 2-tur doirasidagi Germaniya - SHveciya uchrashuvidan oldin shveciyalik jurnalist germaniyalik hamkasblariga "Biz yutamiz, sizlar mundialni erta tark etasizlar. Mana Germaniyaga chipta", deb qog'ozda chiqarilgan qalbaki chiptani ularga tutib kulgu qiladi.

Ertasi kuni esa Germaniya oxirgi soniyalarda SHveciyadan g'alabani tortib oladi.

2-qism. Germaniya terma jamoasining murabbiylar shtabidagi ikki nafar mutaxassis Georg Belau va Ulrix Foygt esa Kroosning golidan so'ng SHveciya o'tirgan zaxira o'rindig'i tomon tashlanadi va ularni oldida o'z ehtiroslari bilan golni nishonlashadi.

3-qism. SHveciya murabbiyi esa matbuot anjumanida Germaniya zaxira o'rindig'idagi reakciyadan xafa bo'lganini va uzr so'rashlari lozimligini aytadi.

Ertasi kuni GFI (Germaniya futbol ittifoqi) SHveciyadan rasman uzr so'raydi.

4-qism. SHveciyalik muxlislar Meksika bilan o'yindan so'ng stadionda " Auf Wiedersehen" (xayr) - deya baralla kuylashadi.

5-qism. Germaniya esa Janubiy Koreyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng: "Meksika va SHveciyaga omad tilaymiz. Ular haqli ravishda guruhdan chiqishdi", deya raqiblariga omad tilashdi.

Nemis mashinasi JCH-2018 qanchalik xunuk tugatgan bo'lmasin, ammo Germaniya vakillari ushbu maydondan tashqaridagi "serial"ga aylangan o'ziga xos aytishuvni chiroyli va mardlarcha yakunlashgani tahsinga sazovor.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика