So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  100 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

JCH-2018da ispanlar kimga ishonadi? Yangiliklar

JCH-2018da ispanlar kimga ishonadi?

Teglar :  JCH-2018Ispaniya
Mana Jahon CHempionati boshlanishiga ham oz vaqt qoldi.

Futbolchilar o'zini yanada yaxshiroq ko'rsatishga harakat qilayotgan bir paytda, murabbiylar har bir nomzodning nimaga qodirligini sinchkovlik bilan o'rganib chiqmoqda. Ispaniya terma jamoasining bosh murabbiyi Xulen Lopetegi ham bundan mustasno emas. Nazarimizda, u bu borada biroz qiyinchilikka duch kelmoqda. CHunki 23 ta asosiy o'yinchini tanlash ham oson bo'lmaydi. Rossiyaga borishi mumkin bo'lganlarning dastlabki ro'yxatida 48 o'yinchi mavjud.
Yakuniy ro'yxatga kirishni hamma istaydi. Ammo bu ishni uddalash oson bo'lmaydi, albatta. Ayniqsa “to'qqizinchi raqam” nuqtasi uchun keskin kurash ketmoqda. Lopetegi kelgandan so'ng, jamoa yana markaziy hujumchi bilan o'yin taktikasiga o'tdi. Xabaringiz bor, oxirgi yillarda Ispaniya terma jamoasi ko'pincha markaziy hujumchisiz o'ynashga o'rganib qolgandi.

Lopetegi esa aynan shu poziciya uchun eng yaxshi o'yinchini qidirmoqda. Yaqin kunlarda Germaniya va Argentina terma jamoalari bilan bo'lib o'tadigan o'rtoqlik o'yinlari unga qaror qabul qilishida yaxshigina yordam berishi mumkin. Hozir esa markaziy hujumchi poziciyasida, boshqa o'yinchilarga qaraganda, yaxshiroq o'ynay oladigan futbolchilar bilan tanishtiramiz.


DIEGO KOSTA 29 yosh
Klub: 
“Atletiko”
Lopetegi tomonidan terma jamoaga taklif qilingan: 8 marotaba
O'yinlari: 6ta (o'yinlarda ishtirok etgan umumiy vaqti – 468 daqiqa)
Gollar soni: 5ta

Lopetegi terma jamoaga kelganidan so'ng, raqiblariga har vanday vaziyatda ham qarshi harakatlana oladigan o'yinchiga etibor bera boshladi. Kosta 2014 yildan beri terma jamoaning o'yinlarida ishtirok etadi. U hattoki, Braziliyadagi JCH-2014 uchun “qizil furiya” qaydnomasiga kiritilgan edi. U maydonda mag'lubiyatni tan olmay, doim olg'a intiladigan va markaziy himoyachilarga bosim o'tkaza oladigan o'yinchi hisoblanadi. To'pni yaxshi boshqaradi va kerak paytda kerak joyda paydo bo'la oladi.
“CHelsi”da Konte bilan muammolar va Madridning “Atletiko”siga transfer borasida belgilangan cheklovlar sabab, Kostaning Rossiyadagi mundialda ishtirok etishi so'roq ostida qolgandi. Ammo jonajon “Atletiko”ga qaytish omadli keldi va 2018 yil yanvaridan buyon Kosta 11 o'yinda 5 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.        

Lopetegining fikri
“Diego muntazam ravishda klub o'yinlarida maydonga tushganida, biz uni milliy terma jamoaga albatta taklif etamiz va unga tarkibning muhim o'yinchilaridan biri sifatida qaraymiz. U yarim yil mobaynida rasmiy uchrashuvlarda qatnasha olmadi. Hozir u qaytdi va bundan juda xursandmiz. Biz unga yana suyanishimiz mumkin. U ajoyib o'yinchi. Aynan shuning uchun ham, u nomzodlar orasida qoladi”.

ALVARO MORATA — 25 yosh
Klub
: “CHelsi”
Lopetegi tomonidan terma jamoaga taklif qilingan: 14 marotaba
O'yinlari: 10ta (o'yinlarda ishtirok etgan umumiy vaqti – 430 minut)
Gollari: 7

Madrid tarbiyalanuvchisi Lopetegidan eng ko'p taklif olganlar ichida ikkinchi pog'onani egallab turibdi. Asosan u Kosta bilan o'rin almashadi. Goh u futbolchi asosiy tarkibda, goh bunisi o'yinni ilk daqiqalardan boshlamoqda. Iyunda “Real Madrid”dan Londonning “CHelsi”siga borib qo'shildi. “Aristokratlar” safida forvard 23 o'yinda 11 bor gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ammo jismoniy     holati bilan bog'liq muammolar tufayli asosiy tarkibdagi joyini yo'qotib qo'ymoqda.

Italiyada, “Yuventus” tarkibida o'ynagan vaqti, Alvaro zich himoyali jamoalarga qarshi qanday o'ynash kerakligini yaxshi bilib oldi. Bundan tashqari ispanlarning o'yin uslubi, ko'plab paslar asosida quriluvchi o'yinga ham ortiqcha muammosiz mogslasha oladi. Bo'yiga qaramay (190 sm), Alvaro tezkor va kerak bo'lsa bir necha metrda, zarurat tug'ilsa, katta tezlikda ham raqibni ortda qoldira oladi.

Lopetegining fikri
“Yangi chempionat va yangi klubdagi talablar Moratani yanada kuchliroq bo'lishga undaydi. “CHelsi” doimo g'alaba qozonishni istaydi va barcha musobaqalarda o'z oldiga katta maqsadlar qo'yadi. Bu esa Alvaroning arsenalini boyitishiga zamin yaratadi. Bunda Alvaroning o'zi ham, klub va terma jamoa ham foyda ko'radi”.

YAGO ASPAS — 30 yosh
Klub: 
“Selta”
Lopetegi tomonidan terma jamoaga taklif qilingan: 12
O'yinlari: 7ta (o'yinlarda ishtirok etgan umumiy vaqti – 247 minut)
Gollar soni: 4

Yago Aspas Ispaniya CHempionati bombardirlari orasida 26 o'yindagi 16ta goli bilan eng yaxshilardan biri bo'lib turibdi. Aspas — universal futbolchi. U ham qanotda, ham hujumchi ortida, shu bilan birga markaziy hujumchi poziciyadasida o'ynay oladigan o'yinchi hisoblanadi. U jismonan baquvvat bo'lib ko'rinmasada, aslida juda kuchli va baquvvat. Yago deyarli butun maydon bo'ylab o'ynaydi. SHuningdek, u yakkakurashlarda ham katta foyda keltiradi va zarur paytda jamoadoshlarini o'z ortidan ergashtira oladi.

Lopetegining fikri
“U terma jamoaning barcha o'yinlarida ishtirok etdi va klubda ham, termada ham o'zini yaxshi ko'rsata oladi. Bu futbolchi zarur paytda qanot vakillari bilan bemalol o'rin almasha oladi.”



Va boshqalar    
Kosta, Morata va Aspas “to'qqizinchi raqam” uchun eng asosiy nomzodlar hisoblanadi. Biroq, ular bilan ro'yxat to'lib qolmaydi. Bu futbolchilardan tashqari, ispaniyalik murabbiy Rodrigoni ham ko'z ostiga olib qo'yganini hisobga olish kerak. Bu o'yinchining hisobida hozircha 15ta gol va 7ta omadli to'p uzatmalari bor. Uni ikki marotaba terma jamoada o'ynashga taklif qilishgan. Ispanlarning bosh murabbiyi Aric Aduris, Pedro, Nolito va Jerar Deulofeuga o'zini ko'rsatishi uchun imkon berdi. Bundan tashqari, ro'yxatga Mariano va Xerard Moreno ham qo'shilish ehtimoli bor.  

Xo'sh, Xulen Lopetegi Rossiya Jahon CHempionati-2018ga yana kimlarni yuvorishi mumkin, siz nima deb o'ylaysiz?


Nozima Zaripova tarjimasi


Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика