JCH-2018. Xorvatiyaning uch nafar futbolchisi kechagi mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2018, 09:33
Xorvatiya terma jamoasining bir yo'la uch nafar futbolchisi Angliyaga qarshi yarim finaldan oldin o'tkazilgan mashg'ulotni o'tkazib yuborishdi.

Mashg'ulotda darvozabon Daniel Subashich va himoyachilar Deyan Lovren hamda Shime Vrsalko ishtirok etishmadi. Subashich Rossiyaga qarshi o'yinda jarohat olgan biroq uchrashuvni oxirigacha o'tkazgandi, Vrsalko jarohat sababli almashtirilgan, Lovren o'yinda to'liq o'ynagandi.

Xorvatiya 11 iyul kuni Angliya bilan Moskvada yarim finalda to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: tass.ru