So’nggi yangiliklar

21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  1 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  2 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  6 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  5 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  7 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  2 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  8 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5

JCH-2018. Xorvatiya Nigeriyani mag'lub etdi va guruhda peshqadam bo'lib oldi Yangiliklar

JCH-2018. Xorvatiya Nigeriyani mag'lub etdi va guruhda peshqadam bo'lib oldi

JCH-2018 "D" guruhida dastlabki turning ikkinchi o'yini ham nihoyasiga etdi.

Unda Xorvatiya va Nigeriya terma jamoalari o'zaro bellashdilar.


JCH-2018
"D" guruhi, 1-tur
"Kaliningrad stedium"
Xorvatiya - Nigeriya 2:0
Bosh hakam:
 Sandro Rikki
Gollar: O.Etebo 32 (avt.), L.Modrich 71 (pen.)

Xorvatiya: 23.Daniel Subashich, 6.Deyan Lovren, 3.Ivan Strinich, 2.SHime Vrsalko, 21.Domogoy Vida, 7.Ivan Rakitich, 10.Luka Modrich, 4.Ivan Perishich, 18.Ante Rebich (8.Mateo Kovachich, 79), 9.Andrey Kramarich (11.Marselo Brozovich, 61), 17.Mario Mandjukich (20.Marko Pyaca, 85).

Nigeriya: 23.Frensis Uzoxo, 5.Uilyam Ekong, 12.Abdullahi SHexu, 2.Brayan Idovu, 6.Leon Balogun, 4.Oninie Ndidi, 8.Ogenekaro Etebo, 10.Jon Obi Mikel (13.Simi Nvankvo, 88), 11.Viktor Mozes, 18.Aleks Ivobi (7.Ahmed Musa, 62), 9.Odion Igalo (14.Kelechi Ixeanacho, 74).

Ogohlantirishlar: I.Rakitich 31, M.Brozovich 89 - Ekong 71


Croatia

Peter Etebo - 32', Luka Modric - 71'

World Cup Grp. D . 1-tur

17/06/2018, 00:00

0
:
2
Tugadi

Nigeria

Stadion: Kaliningrad Stadium, 31136 tomoshabin

Bosh hakam: Sandro Ricci

45'
90'
30'  Ivan Rakitic
32'  Peter Etebo
60'  Andrej Kramaric (Marcelo Brozovic)
71'  Luka Modric
78'  Ante Rebic (Mateo Kovacic)
86'  Mario Mandzukic (Marko Pjaca)
89'  Marcelo Brozovic
62'  Alex Iwobi (Ahmed Musa)
70'  William Troost-Ekong
72'  Odion Ighalo (Kelechi Iheanacho)
88'  John Obi Mikel (Simy)

YANGILASH


- Har ikki davlat madhiyalari yangrab o'tdi.

- Bugun Xorvatiya ananaviy oq-qizil libosda, Nigeriya esa yashil libosda harakat qiladi. Bugun har ikki jamoa ham 4-2-3-1 taktik sxemasida maydonga tushishdi.

Uchrashuvga start berildi, kettik.

1 - Viktor Mozes birinchi jarima zarbasini ijro etdi, lekin bundan hech qanday foyda chiqmadi.


5 - O'yinning dastlabki daqiqalari bugun keskin kurashlarni ko'p ko'ramiz degan xulosani bermoqda.

11 - Ochig'i o'yin kutilganidek tezkor hujumlarga boy bo'lmayapti hozircha.

12 - Modrich himoyalanayotgan bir pallada to'pni oldirib qo'ydi. Uning baxtiga Obi Mikelning "naves"ini Subashich ushlab oldi.

14 - Zarbaa, Perishichning zarbasi biroz yuqoridan ketdi.

16 - Bu safar Kramarichning zarbasi ustun yonidan o'tib ketdi.


Modrich qo'l aralash elkadan foydalangan vaziyat.


Xorvatiya - Nigeriya. Uchrashuvdan LIVE FOTOGALEREYA


22 - Igaloning zarbasini himoyachi qaytarib yubordi.

24 - Leon Balogunning burni qonab ketdi, Kramarichdan "egan" futbolchiga maydon chetida shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda.

31 - Mozesni yiqitgani uchun Ivan Rakitich ogohlantirildi.

32 - Gooooolllll, xorvatlar hisobda oldinga chiqib olishdi. Manjukichning bosh bilan bergan zarbasidan keyin to'p Ogenekaro Eteboning oyog'iga tegib darvoza to'ridan joy oldi. Avtogol.

Rakitich mana shu qo'pollik uchun ogohlantirildi.


39 - Rakitichning pasidan keyin Kramarich bosh bilan zarba berdi, biroz noaniq.

Gol kiritilgan vaziyat.

45 - Rebich Mozesni yiqitgani uchun jarima zarbasi belgilandi.

Bosh hakam Sandro Rikki birinchi bo'lim yakunlanganini anglatuvchi xushtagini chaldi. Tanaffus!

Ikkinchi bo'limga start berildi.

47 - Birinchi bo'limda burni qonab ketgan Leon Balogun hozir boshi bilan zarba berdi, noaniq.

50 - Rakitichning juda kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

55 - Perishichning pasidan keyin Rebich tepgan to'pga aniqlik etishmadi.

60 - Odion Igaloning bosh bilan bergan zarbasi aniq, lekin darvozabonning qo'liga bordi.

70 - Penalti, Nigeriya darvozasiga. Manjukichni ushlab qolgani uchun Ekong ogohlantirildi.

71 - Gooooolllll, Luka Modrichchch, 2:0. Luka penaltidan ikkinchi golni kiritdi.

Bugun mundialda penaltilar kuni ekan, bugunning o'zida beshinchi 11 metrlik bo'ldi bu. Jamoalar o'z jarima maydonchalarida ehtiyotsiz bo'lib ketishmoqda.


80 - Xorvatiya hujumlarni ko'paytirdi.

87 - Eteboning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi uzooooqlarga ketdi, qo'shni maydonga chiqib ketgan bo'lsa ham ajab emas )

88 - Zarba, Mozesning zarbasiga himoyachi qalqon bo'ldi.

90+2 - Xavfli vaziyattt, Mateo Kovachich deyarli birga-bir holatga chiqib bordi va darvozabonning o'ziga tepdi.

Uchrashuv yakunlandi.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика