So’nggi yangiliklar

10:14ЎФА Тартиб-интизом қўмитаси 34 нафар мураббий ва футболчини четлаштириш бўйича қарор қабул қилди. Яна 53 та жарима интизом чораси ҳам қўлланилди  0 10:03Ўзбекистон ўсмирлари Франция ва Венгрияга қарши иккитадан ўйин ўтказади  1 09:48Давид де Хеа қайси чемпионатга ўтаётгани маълум  1 09:20Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги дебюти қачон бўлиши маълум  2 08:51«Барселона» Ольмо трансфери бўйича сўнгги таклифини юборди  5 08:23«Атлетико» ва «Челси» Галлаҳер трансфери борасида келишувга эришишди  1 07:50Суперлига қайтмоқда. Бугун иккинчи даврага старт берилади  2 07:00Бугун Баҳодир, Ҳасанбой ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади  12 01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  3 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  7 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  8 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  2 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  1 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  2 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  3

JCH-2018. Xorvatiya barcha ko'rsatkichlar bo'yicha raqibidan ustun Yangiliklar

JCH-2018. Xorvatiya barcha ko'rsatkichlar bo'yicha raqibidan ustun

Bugun Franciya hamda Xorvatiya terma jamoalari o'rtasida JCH-2018 final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mundialning hal qiluvchi o'yinidan avval ikki jamoani bazi ko'rsatkichlar bo'yicha taqqoslaymiz.


Franciya terma jamoasi 7ta golni jarima maydonchasi ichidan urishga muvaffaq bo'ldi. Bu barcha yarim finalchilar ichidagi eng yomon natija. Belgiya 16 metrlik chiziq ichidan 12ta, Angliya va Xorvatiya esa 10tadan gol urgan. 1/4 finalga etib kelgan jamoalar orasida faqat Urugvay va SHveyciyada natija yomonroq - 5 va 4ta gol, Rossiya hamda Braziliya esa 8 va 7ta gol urishga erishgan.


Xorvatlar ikkinchi bo'limda raqibni er tishlatmoqda. Tanaffusdan so'ng urilgan va o'tkazib yuborilgan gollar orasidagi farq "+6". Bu turnirdagi eng yaxshi natija. Franciya o'tkazib yuborgan 4ta golining 3tasi ikkichi bo'limda sodir bo'lgan.


Xorvatiya - pley-offning eng kombinacion jamoasi. Ular hujum vaqti bo'yicha ikkinchi o'rinda (29,3 soniya), oldinda faqat Tunis bor. Golli hujumda o'rtacha paslar soni bo'yicha Xorvatiya uchinchi o'rinda (9,2ta). Bu ko'rsatkich bo'yicha Tunis va Saudiya Arabistoni ustun. Franciya esa ikkala natija bo'yicha orqada - o'rtacha 20 soniya va gol uchun 7,8ta pas.


Xorvatiya o'rtacha hujumlar soni bo'yicha turnir etakchisi, har o'yinda - 106ta. Qiziq, guruhdan chiqa olmagan Germaniya terma jamoasining natijasi ham shunday. Xorvatiya pley-off o'yinlaridagi over taymlarda raqibidan 90 daqiqa ko'p o'ynaganini hisobga olish kerak. SHunga qaramay hujumlar sonidagi farq juda katta. Franciya har bir o'yinda o'rtacha 85ta hujum uyushtiradi. Ammo o'tkir uzatmalar bo'yicha franciyaliklar ustun: Har uchrashuvda o'rtacha 17ta pas / 10ta aniq uzatma, Xorvatiyada 16/9.


Kurashlar bo'yicha Xorvatlar kuchli: O'yindagi 51% kurashlar xorvatiyaliklarning g'alabasi bilan yakunlanadi. Franciyada - 50%. Oldinda to'pni olib qo'yish bo'yicha ham bolqonliklar ustun: 56 (10tasi raqib yarim maydonida), Franciyada esa 48/8.


Dalich jamoasi darvozaga ko'proq zarba berar ekan. Xorvatiya bir uchrashuvda o'rtacha 16,2 marta raqib posbonini sinab ko'radi (4,7ta aniq zarba). Franciyaning bir o'yindagi zarbalari soni 11,7ga teng, aniq zarbalar esa 3,8ta. Xorvatiya jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berish bo'yicha ham ustun: 7,5. Franciyada 6.


Jarima maydonchasiga to'p uzatish bo'yicha birdaniga ikki xorvatiyalik etakchilik qilmoqda: Vrsalko (o'ng qanot) - 27ta va ularning 11tasi aniq. Bu ikkinchi o'rin, to'rtinchi o'rinda Perishich (chap qanot) - 23ta uzatma, 4ta aniq. Ushbu ro'yxatning kuchli 20taligida Franciya terma jamoasi vakili yo'q.


Aldab o'tishga urinishlar bo'yicha Franciya ustun: Har o'yinda 32ta urinish (18ta muvaffaqiyatli), Xorvatiyada - 27ta (17). Futbolchilar orasida muvaffaqiyatli aldab o'tish bo'yicha Mbappe etakchi - 30ta. Unga eng yaqin kelgan xorvat - Rebich (27). Finalchilar orasida eng ko'p zarba beradigan futbolchi - Perishich (20ta zarba, 4ta aniq). Franciya terma jamoasida eng ko'p zarba Grizmannga tegishli - 18ta (8ta aniq).


Raqib hujumlarini to'xtatish bo'yicha JCHning eng yaxshi himoyachisi - Vida. U 52 marta raqibning hujumlariga yakun yasagan. Bu ko'rsatkich bo'yicha Lovren ikkinchi o'rinda (50). Kuchli beshlikda Varan (48) va Kante (45) bor.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика