JCH-2018. Xonda osiyolik to'purarlar poygasida yaqqol etakchi
25 iyu 2018 13:20
Yangiliklar
JCH-2018. Xonda osiyolik to'purarlar poygasida yaqqol etakchi
Ushbu uchrashuvda yaponiyalik yarim himoyachi Keysuke Xonda jamoasining ikkinchi golini urib Yaponiyaga bir ochkoni taqdim etdi. SHunday qilib Xonda uchta jahon chempionatida gol urgan birinchi yapon futbolchisiga aylandi. Bundan tashqari, u gollari sonini to'rttaga etkazib, jahon chempionatlarida eng ko'p gol urgan osiyolik futbolchilar orasida peshqadamga aylanib oldi.
JCH-2010da birinchi bor maydonga tushgan Xonda o'zining dastlabki golini Kamerunga, ikkinchi to'pini esa Daniya termasi darvozasiga kiritgandi. Braziliya-2014da esa u Kot'd-Ivuar darvozasini ishg'ol qilgan. Mana endi kecha Senegal darvozasiga ham to'p kiritishga muvaffaq bo'lgan Xonda shunday qilib gollari sonini to'rttaga etkazib oldi.
Natijada Xonda JCHlarda eng ko'p gol urgan osiyoliklar orasida yaqqol peshqadamga aylandi. Keyingi o'rinlarni esa uchta gol bilan Tim Keyxill, Sami Al Jaber, An CHjun Xvan va Park Ji Sung egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar