So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  9 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

JCH-2018. Urugvay Saudiya Arabistonini kichik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

JCH-2018. Urugvay Saudiya Arabistonini kichik hisobda mag'lub etdi

JCH-2018 "A" guruhida 2-tur doirasidagi Urugvay - Saudiya Arabistoni uchrashuvi bo'lib o'tdi.

                                           YANGILASH

                                 MATNLI TRANSLYACIYA



- Assalomu alaykum! Urugvay - Saudiya Arabistoni o'rtasidagi o'yinni ushbu sahifa orqali onlayn tarzda yoritib boramiz. 

Asosiy tarkiblar malum qilindi!

Urugvay kiyinish xonasi

Saudiya Arabistoni kiyinish xonasi

Luis Suares stadionga kirib kelmoqda



- Bu uchrashuvdagi yagona intriga: Mundialning eng shovqinli sensaciyasi bo'ladimi yoki yo'q. Saudiya Arabistoni Urugvayni taslim etib sensaciya qayd etishga qodirmi? Bu savollarga yaqin 90 daqiqa ichida javob olamiz.

- Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda. Har ikkala davlat madhiyalari yangraydi.

- Eng kam fol ishlatgan va eng ko'p gol o'tkazgan jamoalar to'qnashuvi.

- O'yin boshlandi!

3. Urugvay tezkorlik bilan ilk hujumni amalga oshirdi. Lekin Suaresning zarbasi yo'liga himoyachi tug'anoq bo'lishga muvaffaq bo'ldi.

5. O'yin tempi yuqori emas. Jamoalar o'yin tizginini o'z qo'llariga olishga urinib ko'rishmoqda.

7. Saudiya Arabistoni terma jamoasi standart vaziyatiga ega bo'ldi. Ammo zarba noaniq ketdi. Urugvay endi to'p nazoratini o'z qo'liga olishga harakat qilmoqda.

Luis Suares bugun Urugvay terma jamoasi safida o'zining yubiley 100-o'yinini o'tkazmoqda

12. Saudiya Arabistoni darvozaboni Al Uvays anchadan buyon ekranda ko'rinmayotgandi. Nihoyat Urugvay chap qanotdan hujum uyushtirdi. Kaseresning pasidan so'ng Kavani noaniq zarba yo'lladi.

15. O'zbekiston va Misr terma jamoalari darvozasini ishg'ol etgan himoyachi Ximenezga hozir Oskar Tabarez kerakli ko'rsatmalarni berdi. Qiziq, Ximenez bugun ham standart vaziyatidan gol uradimi?

18. Urugvay tashabbusni o'z qo'liga ololmay xunob bo'lmoqda. Saudiya Arabistoni esa ancha xotirjam o'ynamoqda. Pozicion hujum ham osiyoliklar tomonidan ko'proq tashkil etilmoqda.

21. Urugvayning hujumi besamar ketdi. Saudiya Arabistoni esa tezda javob qaytardi. Markazdan boshlangan hujum chap qanot orqali rivojlandi va Muvallad to'pni darvozaga yo'lladi. Noaniq.

23. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! LUIS SUARES! Urugvay yana burchak zarbasidan so'ng gol urdi. Bu safar Ximenez emas, balki Luis Suares darvozabon Al Uvaysning to'pga chiqishdagi qo'pol xatosidan so'ng gol urdi. Bo'sh qolgan darvozalarga gol urish Suares uchun chakana ish.


25. Urugvay yana hisobni oshirishi mumkin edi. Ammo Kavani vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

26. Saudiya Arabistoni ham taslim bo'lmoqchi emas. Muslera hozir ajoyib seyvi orqali jamoasini goldan qutqardi.

Luis Suares terma jamoadagi yubiley uchrashuvida gol urdi

30. O'yinda biroz to'xtalish. Kavani raqib bilan to'qnashuvga biroz qattiq urilib ketgani bois unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

33. Saudiya Arabistoni Rossiyaga qarshi o'yindan nisbatan ancha dadil va yaxshi o'ynamoqda. Urugvay biroz passiv o'ynamoqda. Tabares jamoasi yaqqol kuchini tejagan holda o'ynayotgani ko'rinib qolmoqda.

38. Darvozaga zarbalar juda kam. Jamoalarning uyushtirayotgani hujumlari yakuniga etmasdan to'xtab qolmoqda.

41. Saudiya terma jamoasi etakchisi Tayser Al Jassim jarohati sabab o'yinni davom ettira olmaydi. Majburiy o'zgarish kuzatiladi.

Uchrashuvdagi eng chiroyli lahza

44. Urugvay tashabbusni va o'yin nazoratini to'liq o'z qo'liga olgan holda o'ynamoqda.

- Birinchi taym tugadi. Tanaffus!


Ikkinchi taym boshlandi!

50. Urugvay terma jamoasi jarima zarbasi ishlab oldi. Luis Suaresning tepgan to'pi yo'l-yo'lakay raqib futbolchisiga tekka holda o'z yo'nalishini o'zgartirdi.

51. Urugvay ancha faol va ular ikkinchi golni urishga oshiqishmoqda.

54. Saudiya Arabistonining hujumi o'yindan tashqari holat tufayli to'xtab qoldi. Muvallad bu vaziyatdan voqealar rivojidan ilgarilab ketgandi.

57. O'yin tempi juda tushib ketgan. Jamoalar hujum haqida unutib qo'yishmoqda.

60. Urugvay gol urish uchun vaziyatlar yaratishda ancha oqsamoqda. Suares, Kavani singari futbolchilar ko'p ham raqib darvozasi oldida vaziyatga ega bo'lishmayapti.

65. Urugvay uchun juda xavfli hisob. Garchi Saudiya Muslerani ko'p ham bezovta qilmayotgan bo'lsada istalgan vaqtda 1:0 hisobi 1:1ga aylanib qolish ehtimoli mavjud.

68. Avvaliga Saudiya Arabistoni jarima zarbasini amalga oshirdi. Ammo bundan naf chiqmadi. Keyin esa Urugvayga bunday imkoniyat paydo bo'ldi. Biroq Kaseresning boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

Muslerani oxirgi bor haqiqatdan ter to'ktirgan zarba muallifi O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Azizjon G'aniev. Uning  jarima zarbasidan so'ng hozircha mana mundialda ham Muslerani rostmanasiga bezovta qiladigan futbolchi topilmayapti

73. Urugvay ko'plab standart vaziyatlariga ega bo'lmoqda. Ammo pozicion hujum qilishda jamoa oqsamoqda.

77. Ikkinchi bo'limda darvozabon juda zerikib qolishdi. Muxlislar esa stadionda selfi qilish bilan o'zlarini chalg'itishmoqda.

82. Urugvay juda passiv. Saudiya Arabistoni oxirgi daqiqalarda to'liq tavakkalga qo'l urib butun jamoa bo'lab hujumga o'tib ko'rishi lozim...

86. Saudiya Arabistoni himoyachilaridan juda osonlik bilan o'tib ketgan Kavanining zarbasini Al Uvays qaytarib qolishga muvaffaq bo'ldi. Kavani esa qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi.

90. Saudiya Arabistonining burchak zarbasidan sodir etgan xavfini Muslera ortiqcha qiyinchiliksiz bartaraf etdi.

- O'YIN TUGADI! Rossiya va Urugvay nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi! Misr va Saudiya Arabistoni esa JCHdagi o'z ishtirokini guruh bosqichida tugatadi.


Uruguay

Luis Suarez - 23'

World Cup Grp. A . 2-tur

20/06/2018, 20:00

0
:
1
Tugadi

Saudi Arabia

Stadion: Rostov-on-Don Stadium, 42678 tomoshabin

Bosh hakam: Clement Turpin

45'
90'
23'  Luis Suarez
23'  Carlos Sanchez
59'  Cristian Rodriguez (Diego Laxalt)
59'  Matias Vecino (Lucas Torreira)
82'  Carlos Sanchez (Nahitan Nandez)
44'  Taisir Al-Jassim (Hussain Al Mogahwi)
75'  Hattan Sultan Bahbri (Mohamed Kanno)
78'  Fahad Al-Muwallad (Mohammed Al-Sahlawi)

JCH-2018
"A" guruhi, 2-tur.

Urugvay - Saudiya Arabistoni 1:0

«Rostov-Arena»

Bosh hakam
: Klement Turpin (Franciya)
Gol: Luis Suares (23)

Urugvay – Muslera, Ximenes, Kaseres, Varela, Godin, Sanches (Nandes, 82), Vesino (Torreyra, 59), Bentankur, Rodriges (Laksalt, 59), Kavani, Suares.

Saudiya Arabistoni – Al-Uvays, Xausaui, Al-SHaxrani, Al-Breyk, Al-Bulayxi, Al-Djassim (Al-Mogaui, 44), Otayf, Al-Faradj, Al-Dosari, Baxebri (Kanno, 75), Al-Muvallad (Al-Saxlaui, 78).


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика