So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  1 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

JCH-2018. To'rtinchi marta mundialda qatnashadigan 9 futbolchi Yangiliklar

JCH-2018. To'rtinchi marta mundialda qatnashadigan 9 futbolchi

Jahon chempionatida to'rtinchi marta qatnashadigan futbolchilar haqida bilasizmi?

 LEO MESSI (Argentina)

"Oltin to'p"ning 5 karra sohibi futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lib qoladi. Biroq uning Argentina termasi libosini kiyishi - boshqa tarix.

Messi hali ham Diego Maradonaning soyasida yuribdi. U milliy terma bilan birorta ham sovrin qo'lga kirita olmadi. U Olimpiadada oltin medallarni qo'lga kiritdi, biroq bu milliy terma emas.

Messi 2005 yilda milliy termadagi debyuti o'ta yomon o'tgan bo'lsa-da, bu 2006 yilgi JCHga tasirini o'tkazmadi. U mundialda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Argentina chorak finalda Germaniyaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan uchrashuvda Messini zaxirada qoldirgan murabbiy Xose Pekerman katta tanqidlar ostida qoldi.

2010 yilda Leo Argentina futboli afsonasi - Diego Maradonaning qo'l ostida harakat qildi. U gol urishga katta etibor bermadi, vaziyatlar yaratuvchi "sozidatel"lik rolida bo'ldi. Biroq jamoa yana bir bor chorak finalda Germaniyaga mag'lubiyatga uchradi.

2014 yilgi JCHda Argentina g'oliblikka yaqin kelgandi. Messi turnir davomida 4 ajoyib golning muallifi bo'ldi. Biroq terma finalda mag'lubiyatga uchradi.

TIM KEXILL (Avstraliya)

Avstraliya - JCH-2018 uchun tarkibni elon qilgan so'nggi termalardan biri bo'ldi. Unda siz-u biz kutgan nom ham kiritildi - Tim Kexill.


Avstraliyalik futbolchi "Everton" libosida afsonaviy futbolchiga aylandi. Kexill 2012 yilda tumanli albiondan ketgandi. Biroq Amerika MLS ligasida ham, Xitoy superligasida ham tinch o'tirmadi, ko'plab gollar kiritdi.

2006 yilda Avstraliya termasi 1974 yildan keyin ilk marta JCHda ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi. Kexill esa bunda tarix yaratdi. U mundial tarixida gol urgan ilk avstraliyalik futbolchiga aylandi.

2010 va 2014 yillarda Avstraliya guruh bosqichidan chiqa olmadi. Kexill o'yin qaydnomasida bo'ldi va maydonga tushdi. Uning so'nggi JCHdagi eng yorqin goli - Gollandiya darvozasini ishg'ol etgani bo'ldi.

SERXIO RAMOS (Ispaniya)

Har qanday himoyachi ham milliy termada doimiy tarzda maydonga tushavermaydi. Serxio Ramos - o'z milliy termasining yuragiga aylangan futbolchilaridan biri.

Mundialga chiqqan 32 terma futbolchilari orasida Ramos Ispaniya bilan uzunroq "yo'lga" ega. U 18 yoshligida Ispaniya termasi tarkibida debyut qilgandi va o'sha vaqtda termada o'ynagan eng yosh futbolchiga aylanib olgandi.

O'shanda Ramos o'ng qanotda harakat qilardi. 2012 yilda Karles Puyol asosiy tarkibdan asta-sekinlik bilan chetda qolayotgan bir vaqtda Ramos markazga ko'chdi. Ramos 2010 yilgi mundialda asosiy futbolchiga aylandi va sovrinning qo'lga kiritilishida muhim rol o'ynadi.

2014 yilgi JCHda esa “La Furia Roja”ning omadi kelmadi. Ular Gollandiya va CHili to'sig'idan o'ta olishmadi. Faqatgina Avstraliya mag'lub etildi, xolos.

ANDRES GUARDADO (Meksika)

U 2006 yilda 19 yoshligida mundialdagi debyutini amalga oshirgandi. O'shanda Meksika uzoqqa bora olmadi, jamoa 1/8 raundda Argentinaga mag'lubiyatga uchradi. Biroq Guardado asosiy tarkibga mos futbolchi ekanligini bir necha bora isbotladi.

2010 yilgi mundialda ushbu futbolchi to'rt o'yinning uchtasida qatnashdi. Biroq ko'p bora zaxiraga olindi. Uning jamoasi nimchorak finalda yana Argentinaga mag'lubiyatga uchradi. Biroq unga yana 90 daqiqa o'ynash imkoniyatini bermadi.

2014 yilgi JCHda esa u nihoyat asosiy futbolchiga aylandi. Xorvatiyaga qarshi uchrashuvda gol kiritishga ham erishdi, uning jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Ayni damda u 31 yoshda va endi o'z faoliyatidagi to'rtinchi mundialida qatnashish uchun sardorlik bog'ichi bilan birgalikda tayyorgarlik ko'rmoqda. U "Betis"da yaxshi mavsumni o'tkazdi. LaLiga doirasida 25 uchrashuvda qatnashib, 2 gol kiritishga ham erishdi.

XAVER MASKERANO (Argentina)

Argentina futboli faxriysi Xaver Maskeranoning Evropadagi faoliyati yakunlandi. U Xitoy superligasiga ko'chib o'tgan bo'lsa-da, yana bir marta mundialda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.

U juda ishonchli himoyachi. So'nggi JCHda uning qahramonligini eslang: Aren Robbenning zarbasiga oyog'ini tashlab, vaziyatni bartaraf etdi. Bu vaziyat oxirgi daqiqalarda sodir bo'lgandi. Agarda to'p undan o'tib ketganida zarba golga aylanishi mumkin edi.

“El Jefecito” 2006 yilda JCHda qatnashgandi. U “Albiceleste”ning barcha uchrashuvida qatnashdi. 2010 yilda esa Diego Maradona qo'l ostida Xaver Zanettining o'rniga sardor bo'lib o'ynadi.

"Maskerano mening sardorim bo'lishini istayman, chunki men uni o'z poziciyasiga ko'ra Argentinaning eng kuchli futbolchisi deb hisoblayman. U hamisha jonini beradi, ter to'kadi, jamoadoshlariga yordam beradi", - degandi Maradona.

2014 yilgi mundialni esa u vice-sardor sifatida o'tkazdi, termani Leo Messi bahslarga boshlab tushdi. O'sha mundialda Xaver o'zining etakchilik qobiliyatini ko'rsata oldi. Biroq uning termasi finalda Germaniyaga mag'lubiyatga uchradi.

Maskerano 34 yoshga kirgan, shu boisdan faoliyatidagi to'rtinchi va katta ehtimol bilan so'nggi mundialini o'tkazadi.

GILERME OCHOA (Meksika)

Meksikalik posbon 32 yoshga kirgan va o'zining to'rtinchi mundiali tomon yo'lga otlanmoqda. Barcha uning 2014 yildagi qahramonliklarini eslay oladi, ayniqsa braziliyalik muxlislar.

Braziliya uchrashuv davomida 14 marta zarba berdi va Ochoa barcha zarbalarni qaytarishga erishdi. "Ochoa - 90 daqiqalik devor" degan iboralar urf bo'lgandi o'sha vaqtlar.

"Hayotim uchun o'yin bo'lgandek", - degandi o'shanda Ochoa o'yindan keyin. 

Meksikaliklar uning qahramonliklarini hozirgacha qadrlashadi.

Ochoa 2006 va 2010 yilgi JCHda ham qaydnomada bo'lgan, biroq Osvaldo Sanchez va Oskar Pereslar sababli maydonga tushmagan. 2014 yilga kelib, uning davri boshlandi. O'sha mundialdagi uchrashuvlaridan keyin Evropaga yo'l oldi.

ANDRES INESTA (Ispaniya)

Futbol tarixidagi hurmatli insonlardan biri. Ispaniyalik muxlislar 2010 yilgi JCH finalidagi golini eslashadi.

U 34 yoshga kirganida Evropadan qita chempionligi, ECHL va LaLiga sovrinlari bilan ketdi. Klublar miqyosida 33 sovrin qo'lga kiritdi. Termadagi ikki sovrinni qo'shsak - 35 sovrin. Balki Rossiyada 36-sovriniga ega chiqar.

2006 yilda u termaning yangi futbolchilaridan biri edi. SHu boisdan faqatgina bir uchrashuvda qatnashdi. 2010 yilgi mundial esa u uchun o'ta omadli o'tdi. Katta muammolar bilan u turnirda qatnashdi, biroq yakunda qahramonga erishdi.

2014 yilgi JCH esa Ispaniyaning omadsizligi bilan yodda qoldi. Hech kim amaldagi chempion guruh bosqichida qolib ketishini kutmagandi. Ispaniyaning kuchi faqatgina Avstraliyaga etdi.

VALON BEXRAMI (SHveycariya)

Uch marta mundialda qatnashgan bo'lsa-da, Bexrami o'z imkoniyatlaridan to'liqligicha foydalana olmadi. U Evropaning 3 top-chempionatlarida o'ynagan elit darajadagi futbolchilardan biri deb etirof etiladi.

2006 yilgi mundialda Valon kichik jarohati sababli dastlabki turlarni o'tkazib yubordi. Va faqatgina bir uchrashuvda qatnashdi.

2010 yilda esa uning mundialdagi ishtiroki ertaroq yakunlandi. 2-turda CHiliga qarshi uchrashuv vaqtida uning tirsagi Vidalning boshiga tegib ketdi, hakamlar esa buni fol deb hisoblashdi va qizil kartochka ko'rsatdi.

2014 yilda esa terma guruhdan chiqishni uddaladi. 1-turda Ravshan Ermatov boshqargan uchrashuvda shveycariyaliklar so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketgani muvaffaqiyatning kaliti bo'ldi.

Valon Bexrami ham harakat qilgan bahsda SHveycariya nimchorak finalda Argentinaga qo'shimcha bo'limlarning so'nggi daqiqalarida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

KRISHTIANU RONALDU (Portugaliya)

Ronaldu 33 yoshga kirgan bo'lsa-da, hali ham anchagina tetik, o'zini yoshlardek his qilmoqda..

2006 yilda u "Manchester Yunayted" safida yaxshi o'yin ko'rsatayotgan bir vaqtda mundialda ham alo darajada qatnashdi. U termasining mundial yarim finaligacha etib borishida muhim rolni o'ynadi.

2010 yilda esa anchagina o'sdi va turnirda sardorlik bog'ichi bilan qatnashdi. U barcha uchrashuvlarda maydonga tushdi. Portugaliya esa 1/8 finalda Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi va turnirni tark etdi.

2014 yilgi mundialda u jarohati bilan o'ynadi. Ronaldu uchrashuvlarga 100 foiz tayyor bo'lmasdan maydonga tushdi. SHu boisdan Ronaldu jamoasi katta omadsizliklar girdobiga tushib qoldi va guruh bosqichidayoq turnirdan chiqib ketdi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика