So’nggi yangiliklar

01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  89 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  3 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  5 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  1 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  3 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  1 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0 21:24Ўзбекистон кубоги плей-офф босқичининг барча иштирокчилари аниқ. Қуръа қачон ўтказилади?  5 20:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи якунланди. "Олимпик Мобиуз" кейинги босқичга йўлланма олди (бугунги натижалар)  11 20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  5 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7

JCH–2018 saralashining uchinchi bosqichi “A” guruhi prevyusi Yangiliklar

JCH–2018 saralashining uchinchi bosqichi “A” guruhi prevyusi

1 sentyabr kuni Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati–2018 turniriga Osiyo mintaqasidan saralashning uchinchi bosqichiga start beriladi.

Ana shu munosabat bilan OFK rasmiy sayti JCH–2018 turniriga saralashning 3-bosqichi “A” guruhi prevyusini taqdim qildi.

“A” guruhida O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir qatorda Eron, Janubiy Koreya, Qatar, Xitoy va Suriya termalari joy olgan.

O'zbekiston – Suriya

O'zbekiston terma jamoasi saralashning ikkinchi bosqichida safarda SHimoliy Koreyadan 2:4 hisobida engilganidan so'ng Mirjalol Qosimov istefoga chiqib, uning o'rnini Samvel Babayan egalladi. Babayanning qo'li ostida O'zbekiston terma jamoasi qatorasiga ettita o'yinda g'alaba qozonib, “H” guruhini 1-o'rin bilan yakunladi.

Suriya terma jamoasining uchinchi saralash bosqichiga chiqishi kichik sensaciyaga aylandi. Ikkinchi saralash bosqichida Afg'oniston, Kamboja va Singapurni har ikki o'yinda mag'lubiyatga uchratgan Suriya “E” guruhida faqatgina Yaponiya to'sig'idan o'ta olmadi va ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l oldi. Suriya terma jamoasi birinchi marta Jahon chempionatiga saralashning final bosqichida ishtirok etadi.

Eron – Qatar

Ikkinchi saralash bosqiching birinchi yarmini ishonchsiz boshlagan Eron terma jamoasi ikkita durang qayd etib, o'zi uchun biroz ajablanarli natija qayd etdi. Ammo ikkinchi yarmida eronliklar ketma-ket to'rtta g'alabaga erishib, raqiblar darvozasiga 15 ta gol kiritgan bo'lsa, o'z darvozalaridan atigi bitta to'p olib chiqdi. Eron terma jamoasi “D” guruhida 2-o'rinda borayotgan Ummon termasidan 6 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilib, uchinchi saralash bosqichiga chiqdi.  1978-yili Argentina o'tkazilgan Jahon chempionatida debyut qilgan Eron terma jamoasi keyinchalik 1998-yili Franciyada, 2006-yili Germaniyada bo'lib o'tgan mundialda ham ishtirok etgan.

Qatar terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichini Maldivga qarshi o'yinning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarida kiritilgan gol evaziga erishilgan g'alaba bilan boshladi. JCH–2022 mezboni hisoblangan Qatar terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari yakunlanishiga ikki tur qolganida “S” guruhida 1-o'rinni naqd qilib, Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo'lib saralashning final bosqichiga yo'l olgandi.

Janubiy Koreya – Xitoy

Janubiy Koreya terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichidan o'rin olgan barcha uchrashuvlarda g'alabaga erishib, 24 ta gol kiritgan va biror marta ham o'z davrozasidan gol olib chiqmagan holda “G” guruhidan 100 foizlik natija bilan saralashnirng final bosqichiga yo'l oldi. Janubiy Koreya termasi 1954-yili SHveycariyadagi Jahon chempionatida debyut qilgan.  1986-yili Meksikodagi Jahon chempionatidan boshlab Janubiy Koreya termasi barcha mundiallarda ishtirok etib kelmoqda. 2002-yilda Yaponiya bilan birgalikda JCHga mezbonlik qilgan Janubiy Koreya musobaqaning yarim finaliga qadar etib borgan.

Ikkinchi saralash bosqichining so'nggi turida KXDR, Iordaniya va Ummon terma jamoalarining o'z guruhida mag'lubiyatga uchrashi Xitoy terma jamoasining 2-o'rinni olgan eng yaxshi to'rtta jamoalaridan biri bo'lishiga zamin yaratdi. Xitoy terma jamoasining o'ntadan faqat bitta saralash bosqichidagi ishtiroki omadsiz yakunlangan. 2002-yilda esa Xitoy JCHda o'z debyutini o'tkazib, guruh bosqichida Kosta-Rika, Braziliya va Turkiyaga mag'lub bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 1 sentyabr kuni saralashning uchinchi bosqichi dastlabki o'yinlari doiarsida Toshkentda Suriya terma jaomasini qabul qiladi. 6 sentyabr kuni esa safarda Qatarga qarshi o'yin o'tkazadi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика