JCH-2018 saralashidagi O'zbekistonning guruhdoshi KXDR bilan durang o'ynadi
07 iyu 2017 08:39
Yangiliklar
JCH-2018 saralashidagi O'zbekistonning guruhdoshi KXDR bilan durang o'ynadi
Gollarga boy bo'lgan o'yinda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Avvalroq “A” guruhi ishtirokchilaridan Suriya terma jamoasi Ummon bilan (1:1) durang o'ynagani, Eron termasi esa Podgorica shahrida CHernogoriyani 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgani haqida xabar berilgandi.
O'z navbatida O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Tailand futbolchilari bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Yuqoridagi barcha o'yinlar JCH–2018 “A” guruhi 8-turiga tayyorgarlik vazifasini o'tadi.
Eslatib o'tamiz, “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, 13 ochko jamg'argan Janubiy Koreya ikkinchi pog'onada bormoqda. O'zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan uchinchi o'rinni band qilgan. 4–6 o'rinlarni mos ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va Qatar (4 ochko) termalari egallagan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar