

"Ar Rayyan" klubi hujumchisi Sebastyan Soriya 15 oktyabr kuni "Al Sayliya"ga qarshi bahsda jarohat olgandi. Shu bois u kecha "Al Jayish" bilan o'yinda maydonga tushmadi. Ma'lumotlarga ko'ra, Soriya taxminan bir oy maydonga tusha olmaydi. Katta ehtimol bilan u Xitoy bilan bo'ladigan o'yinda Qatar terma jamoasiga yordam bera olmaydi. Ushbu uchrashuv 15 noyabr kuni Xitoy maydonida bo'lib o'tadi.
Qatar 4ta o'yindan so'ng 3 ochko to'plagan, Xitoy esa 4ta o'yinda 1 ochko olib guruhda so'nggi pog'onada bormoqda.



