So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  8 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  15 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

JCH-2018 saralashi. O'zbekiston, Saudiya Arabistoni va Avstraliya hozircha yo'qotishlarsiz Yangiliklar

JCH-2018 saralashi. O'zbekiston, Saudiya Arabistoni va Avstraliya hozircha yo'qotishlarsiz

Seshanba kuni qitamizning besh mamlakatida joylashgan olti stadionida jahon chempionati saralash bosqichi oxirgi raundida 2-tur o'yinlari o'tkazildi.

Undagi natijalarga ko'ra hozircha ochko yo'qotgan jamoalar uchta qoldi. Safarda kichik hisobda g'alabaga erishgan O'zbekiston, Saudiya Arabistoni va Avstraliya so'nggi bosqichning dastlabki o'yinlaridan keyin guruhlarda peshqadamga aylanishdi.

Dastlab guruhimizdagi uchrashuvlarga to'xtalamiz. Terma jamoamiz Qatardan Krimec kiritgan yagona to'p evaziga g'alaba bilan qaytishga erishdi. Suriyani ham, Qatarni ham 1:0 hisobida dog'da qoldirgan vakillarimiz darvozani quruq saqlagan holda etakchilikni qo'lga olishdi. Terma jamoamizning har ikki golida Geynrix ishtirok etdi. U maydonga tushirilgach, o'yin suratini o'zgartirib yuborgani tahsinga loyiq. Qizig'i shundaki, ikkala bellashuvda ham Javohir Sohibov zaxiradan maydonga tushirilgach, to'p kiritdik. Bizdan engilgan Qatar esa ikki bahsda gollar hisobini ocha olgani yo'q. Xose Karreno jamoasi mazkur turdan so'ng ancha mushkul ahvolga tushib qoldi. Rosa bir oydan ortiq tayyorgarlik ko'rgan “Annabi” guruh autsayderi rolini bajarmoqda.

Xitoy o'z maydonida Eronni qabul qildi. Mazkur uchrashuvga juda yuqori darajada bo'ldi. CHunki 1-turda unchalik ishonchli o'yin ko'rsatmagan forslarning futbolga katta mablag' sarflayotgan yurt termasiga qarshi bahsini kuzatish qiziq edi. Takidlash lozim, shu kuni mezbonlarning harakatlari unchalik qovushmadi. Eron mezbonlarga nisbatan yaxshiroq o'yin namoyish qildi. Lekin Karlos Keyrush asosan standart vaziyatlardan so'ng yuzaga keltirilgan imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Xitoyda ikkinchi bo'limda ikki juda yaxshi vaziyat bo'ldi, ammo o'sha holatlarda mezbonlar sust harakat qilishdi. To'p oshirishlarda ikkala jamoada ko'plab zarur bo'lmagan xatolar uchradi. Bahsdagi golsiz durangni qaysidir tarafdan o'yinga mos bo'ldi deb tariflash mumkin. CHunki bu darajada ko'p xatoga yo'l qo'ygan jamoalardan biri g'alabaga haqli emasdi. Eron hujumda unchalik kuchli emasdek ko'rinmoqda. Ammo ular avvalgi safar ham himoyaviy futbol ko'rsatib, maqsadlariga etishgandi. Xitoy esa hozircha unchalik shakllanib ulgurmagandek ko'rindi. Koreyaga qarshi bellashuvda asosan mezbonlarning xotirjamlikka berilgani tufayli Gao Xongbo jamoasi faolroq taassurot qoldirgandi.


Malayziyada 1-turda bizga imkoniyatni boy bergan Suriya Janubiy Koreyani qabul qildi. Mazkur bahsda ko'pchilik koreyslarning bemalol zafar quchishini taxmin qilgandi. Termamiz Suriyani kichik hisobda yutgandan so'ng ko'pchilik kuchsiz termani qiynalib yutdik qabilida fikrlar bildirgandi. Aslida bunday emasligini suriyaliklar Koreyaga qarshi bahsda isbotlab qo'yishdi. To'p bilan kam muomalada bo'lgan Ayman Hakim shogirdlari golli vaziyatlarni yuzaga keltirishda kuchli raqibidan sira qolishmadi. Imkoniyatlardan unumli foydalanganda Suriya g'alabani ilib ketishi ham mumkin edi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda nominal mezbon jamoaning kuchi tugagani sezildi. Natijada qo'shilgan vaqt 10 daqiqagacha cho'zildi. Suriya matonat bilan himoyalanib, o'zi uchun ijobiy sanalgan golsiz durangni saqlab qoldi. Koreya esa aynan shu uchrashuvda juda kuchli ko'rinmadi. Son Xyon Minning yo'qligi jamoaga hujumlar uyushtirishdagi tanlovni kuchsizlantirdi. Uli SHtilike etakchi futbolchisiz o'yinni qanday tashkil etish borasida ancha ish qilishi lozimligi ko'zga tashlandi.

Guruhimizda bizning uchrashuvdan boshqa bahslarda durang qayd etiliga ijobiy baho bersak bo'ladi. Agar 1-turda Qatar darvozaboni qo'shilgan vaqtda qo'pol xatolarga yo'l qo'ymaganda hozir o'zimizni yanada yaxshiroq his etishimiz mumkin edi. Boshqa tarafdan o'z bahslarimizni yutyapmiz. SHunday o'ynashda davom etsak, boshqalarning natijasiga ko'z tikmaslik imkoniga ega bo'lamiz. Endi ikki asosiy raqibimizni Toshkentda qabul qilamiz. O'sha bellashuvlar amalda ko'p narsani hal qilib beradi.

# Jamoa O' YU D M T-N O
1              
O'zbekiston 2     
2      
0     
0     
2-0     
6     
2  Eron 2 1 1 0 2-0 4
3  Janubiy Koreya        
2 1 1 0 3-2 4
4  Xitoy 2 0 1 1 2-3 1
5  Suriya 2 0 1 1 0-1 1
6  Qatar 2 0 0 2 0-3 0



“V” guruhida tur Malayziyada Iroq va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi uchrashuv bilan boshlandi. Birinchi bo'limda tashabbusga erishgan Iroq Muhannad Karrarning aniq zarbasi evaziga oldinga o'tib oldi. Biroq ikkinchi bo'lim oxirida iroqliklar himoyada xatolarga yo'l qo'yishdi. Jarima maydoni ichida ishlatilgan qo'polliklar uchun belgilangan penaltilarni Navaf Obid aniq amalga oshirdi. Saudiyaliklar hozircha uchinchi raundda uch bor 11 metrlik jarima zarbasini ijro etishdi, yani barcha gollarini penaltidan urishdi. Biroq o'yin borasida guruh autsayderlaridan ustun taraflarini ko'rsatishmadi. Yaponiya, BAA va Avstraliyaga qarshi bellashuvlarda Bert Marveyk shogirdlari juda katta muammolarga duch kelishini bemalol taxmin qilsa bo'ladi. Yaponiya va Avstraliya bu jamoani dog'da qoldirishda ortiqcha qiyinchilikka duch kelmasa kerak.

Yaponiya esa Tailand mehmoni bo'ldi va mezbonlarga futbol borasida rostakam dars berdi. Agar mezbonlar posboni ishonchli o'ynamaganda shu kuni yaponlar bemalol 5-6 to'p farqi bilan zafar quchishlari aniq edi. Ko'plab hujumlarning ikkitasidan “Samuraylar” unumli foydalanishdi. Genki Xaraguchi va Takuma Asano urgan gollar Yaponiyaga 2:0 hisobida yutuqni taqdim etdi. SHu tariqa Vohid Halilxojich shogirdlari BAAga uchralgan mag'lubiyatdan keyin qisqa muddat ichida o'zlariga kelib ulgurishdi. Bu guruhda kurash ancha keskin kechishi ko'rinib turibdi.


Avstraliya esa Abu Dabida BAAdan kichik hisobda ustun keldi. O'zi uchun qiyin kelgan taqvimga qaramay, BAA termasi guruh grandlariga qarshi bellashuvlarda uch ochko jamg'ara olgani maqtovga loyiq. “Sokkeruzlar”ga qarshi uchrashuvda Mahdi Ali jamoasiga tajriba etishmadi. Evropa maydonlarida o'ynab yurish orqali muhim tajribaga ega Avstraliya g'alabani yulib oldi. Tim Keyxill zaxiradan tushganiga hech qancha bo'lmasdan yagona to'p muallifiga aylandi. SHunday qilib, Avstraliya va Saudiya Arabistoni ushbu guruhda 6tadan ochko to'plab, etakchilikni qo'lga olishdi. Yaponiya va BAA hisobida 3tadan ochko mavjud. Iroq va Tailand esa ochko jamg'arishmadi. Bu guruhda hozircha durang natija kuzatilmadi.

2-tur uchrashuvlarining 2tasida durang qayd etildi va 4 bahsda mehmonlarning qo'li baland keldi. Mezbonlar g'alabaga erisha olishmadi. Malayziya esa Iroq va Suriyaning uy o'yinlariga deyarli bir paytda mezbon qilgani bilan yodda qoldi.

# Jamoa O' YU D M T-N O
1         
 Avstraliya 2       
2      
0      
0     
3-0   
6     
2  Saudiya Arabistoni      
2 2 0 0 3-1 6
3  Yaponiya 2 1 0 1 3-2 3
4  BAA 2 1 0 1 2-2 3
5  Iroq 2 0 0 2 1-4 0
6  Tailand 2 0 0 2 0-3 0

Behzod NAZAROV.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика