So’nggi yangiliklar

21:29Карвахаль ўзига рақобатачи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  1 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  1 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  1 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  1 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  2 17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  11 16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  12 16:27Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га йўл олишини айтди  10 15:59"Челси" собиқ футболчиси фаолиятини 28 ёшида якунлади. Уни Бельгия терма жамоасининг келажаги деб аташганди  2

JCH–2018 saralashi. O'zbekiston – Qatar uchrashuvi prevyusi Yangiliklar

JCH–2018 saralashi. O'zbekiston – Qatar uchrashuvi prevyusi

Osiyo mintaqasidan JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turida O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Qatar futbolchilariga qarshi bahs yuritadi.

Mazkur o'yin 28 mart, seshanba kuni Toshkent shahridagi 34 ming muxlisga mo'ljallangan “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. Bellashuv soat 18:00 da boshlanadi.

O'zaro uchrashuvlar

O'zbekiston terma jamoasi Qatarga qarshi 12 ta bellashuvda ishtirok etib, 7 marta g'alaba qozongan. 3 o'yinda qatarliklar zafar quchgan va 2 tasida tomonlar murosa ko'chasini tanlagan. Qatar terma jamoasi Toshkentda 4 marta mehmon bo'lib, barchasida imkoniyatni boy bergan.


Jamoalar o'rtasidagi so'nggi 5 uchrashuv natijasi:

06.09.2016
Qatar – O'zbekiston 0:1 | JCH–2018 saralashi

06.10.2014
Qatar – O'zbekiston 3:0 | O'rtoqlik uchrashuvi

18.06.2013
O'zbekiston – Qatar 5:1 | JCH–2014 saralashi

16.10.2012
Qatar – O'zbekiston 0:1 | JCH–2014 saralashi

07.01.2011
Qatar – O'zbekiston 0:2 | Osiyo Kubogi–2011



FIFA reytingidagi o'rni

O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda 561 ochko bilan FIFA reytingida 63-pog'onadan joy egallab turibdi. Osiyo mamlakatlari orasida milliy terma jamoa Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya va Saudiya Arabistonidan keyin oltinchi o'rinda joylashgan.

Qatar terma jamoasi 415 ochko bilan jahon reytingida 84-pog'onada bormoqda. Osiyo mamlakatlari orasida esa Qatar yuqoridagi mamlakatlar va BAAdan keyin 8-o'rinda bormoqda.



Yo'qotishlar

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov jarohati tufayli, Islom To'xtaxo'jaev esa sariq kartochkalari to'planib qolgani uchun Qatarga qarshi o'yinni qo'yib yuboradi.

Qatar safida Bualem Xuxi Eron bilan bahsda ogohlantirish olgandi va shu sababli bitta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.



Uchrashuv rasmiylari

Uchrashuv bosh hakami etib iroqlik Muhammad Qosim Sarray tayinlandi. Qanotlarda uning hamyurtlari Muhammad Muayyad Ali va Vothiq Obaid al-Suaydi ishlaydi.

To'rtinchi hakam vazifasini ham iroqlik Zoid Tamer Muhammad bajaradi. Hakamlar nazoratchisi – Yoqub Muhammad Rodzali (Malayziya). Uchrashuv komissari etib hindistonlik Princ Rufus tayinlandi.

Guruhdagi vaziyat

JCH–2018 turniriga Osiyo mintaqasidan saralash bosqichi “A” guruhi 6-turidan keyin Eron terma jamoasi 14 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 6-turda mag'lubiyatga uchragan Janubiy Koreya 10 ochko bilan 2-o'rinni saqlab qoldi. Safarda Suriyaga imkoniyatni boy bergan O'zbekiston terma jamoasi ham 9 ochko bilan uchinchi o'rinda qoldi. Keyingi o'rinlardan mos ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va Qatar (4 ochko) terma jamoalari joy egallagan.

#       

Jamoa

O'yin        

G'alaba       

Durang        

Mag'lubiyat     

T/N      

Ochko

1

Eron

6

4

2

0

5-0

14

2

Janubiy Koreya

6

3

1

2

8-7

10

3

O'ZBEKISTON         

6

3

0

3

5-4

9

4

Suriya

6

2

2

2

2-2

8

5

Xitoy

6

1

2

3

3-6

5

6

Qatar

6

1

1

4

3-7

4



Bugun, 28 mart kuni “A” guruhida, shuningdek, Eron terma jamoasi o'z maydonida Xitoyni qabul qiladi. Suriya termasi esa Janubiy Koreya mehmoni bo'ldi.

JCH–2018 saralashi
“A” guruhi, 7-tur

Janubiy Koreya – Suriya (16:00)
Eron – Xitoy (17:00)
O'zbekiston – Qatar (18:00)

Izoh: Yuqoridagi soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика