JCH–2018 saralashi. O'zbekiston – Janubiy Koreya o'yinini kim boshqarishi malum bo'ldi
02 avg 2017 15:33
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/268259_original.jpg)
![](/upload/storage/268259_220.jpg)
JCH–2018 saralashi. O'zbekiston – Janubiy Koreya o'yinini kim boshqarishi malum bo'ldi
Singapurlik Muhammad Taqi al-Jaafari bin Jahari uchrashuv bosh hakami bo'lib ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Tzu Liang Li va Min Kiat Ronni Ko yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasini Xu CHuan Fu bajaradi.
Hakamlar nazoratchisi etib bahraynlik Jasim Muhammad Mahmud Abdulkarim tayinlandi. Uchrashuv komissari – Salmon Muhammad Namshan (Saudiya Arabistoni).
O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasidagi o'yin 5 sentyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 20:00 da start oladi.
Eslatib o'tamiz, JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 10-turning barcha uchrashuvlari bir vaqtda boshlanadi.
Malumot o'rnida, O'zbekiston terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi 8-turidan keyin 12 ochko to'plab, to'g'ridan-to'g'ri qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan yagona yo'llanma uchun kurashda 2-o'rindagi Janubiy Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar