So’nggi yangiliklar

17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  0 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  3 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   0 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  13 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  3 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  3 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   20 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  23

JCH-2018 saralashi. O'zbekiston 3-bosqichga va Osiyo Kubogi-2019ga yo'llanma oldi! Yangiliklar

JCH-2018 saralashi. O'zbekiston 3-bosqichga va Osiyo Kubogi-2019ga yo'llanma oldi!

Bugun O'zbekiston terma jamoasi Bahraynga qarshi o'ynaydi.
Uchrashuv boshlanmay turib O'zbekiston terma jamoasi 3-saralash bosqichiga chiqqani malum bo'ldi.

Bunga Avstraliya terma jamoasining o'z maydonida Iordaniyani mag'lub etgani sabab bo'ldi. Endi O'zbekiston bugun Bahraynga yutqazsa ham kamida guruhda ikkinchi o'rinni oladi va ikkinchi o'rinni olgan eng yaxshi to'rt jamoadan biri bo'ladi.

SHunday qilib, O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida oltinchi bor Jahon chempionati saralashi oxirgi guruh bosqichiga yo'llanma oldi. Uchinchi bosqich o'yinlariga 12 aprel kuni qura tashlanadi. Unda Osiyoning eng kuchli 12 jamoasi ikki guruhga bo'lingan holda kurash olib boradi. O'yinlar shu yilning sentyabr oyida boshlanadi.

Bundan tashqari terma jamoamiz o'z tarixida ketma-ket ettinchi bor Osiyo Kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Hozirgacha 2019 yilda BAAda bo'lib o'tadigan qita chempionatiga quyidagi jamoalar yo'llanma olishdi: BAA (mezbon), Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, O'zbekiston, Suriya.
Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика