JCH-2018. Portugaliya - Ispaniya uchrashuviga hakamlar tayinlandi
13 iyu 2018 21:59
Yangiliklar
JCH-2018. Portugaliya - Ispaniya uchrashuviga hakamlar tayinlandi
FIFA JCH-2018 doirasida 15 iyun kuni bo'lib o'tadigan o'yinlarga hakamlarni tayinladi.
Misr — Urugvay uchrashuvini gollandiyalik Born Kuypers boshqarib boradi. 45 yoshli hakam ikkinchi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. U ikki marta Evropa ligasi finalida (2013 i 2018) va bir mara ECHL finalida (2014) ishlagan.
Portugaliya va Ispaniya o'rtasidagi bahsga Janluka Rokki tayinlandi. Italiyalik hakam 2004 yildan buyon Italiya A seriyasi bahslarini boshqarib kelmoqda. Rokki 2012 yilgi Olimpiada o'yinlarining yarim finalida ishlagan.
Marokash — Eron bahsini Juneyt CHaqir boshqarib boradi. CHaqir oxirgi ikkita Evropa chempionatida ishlagan. Braziliyadagi mundialda uchta o'yinda hakamlik qilgan. 2016 yil Braziliyadagi Olimpiada o'yinlarida ham ishlagan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Винисиус кечаги воқелардан сўнг баёнет билан чиқди
Расман: УЕФА "Бенфика" — "Реал" ўйинидаги ирқчилик можароси бўйича суриштирув бошлади
Fikrlar