So’nggi yangiliklar

13:41"Ливерпуль" собиқ футболчиси АПЛга қайтишга яқин  0 12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  1 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  1 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  1 11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  11 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  1 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  2 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  3 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  7 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  6 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  8 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   14

JCH-2018. Osiyo qitasidagi bugungi o'yinlar haqida Yangiliklar

JCH-2018. Osiyo qitasidagi bugungi o'yinlar haqida

Bugun qitamizda jahon chempionati saralash bosqichida oxirgi raundning birinchi davrasi yakuniga etadi.

Jamoalar hash-pash deguncha Rossiya sari yo'lning yarmini bosib o'tishadi. 5-turdagi juftliklar, tarkiblardagi yo'qotishlar va boshqa qiziqarli malumotlar haqida tur prevyusida malumot taqdim etamiz.

JANUBIY KOREYA – O'ZBEKISTON
Seuldagi uchrashuv har ikki jamoa uchun katta ahamiyatga ega. Koreyslar allaqachon 5 ochkoni yo'qotib bo'lishgan. Navbatdagi durang yoki mag'lubiyat jamoaning holatini ancha yomon holatga tushiradi. G'alaba qozongan ikki uchrashuvida ham Uli SHtilike jamoasi unchalik ishonchli taassurot qoldirmadi. SHu sababli terma jamoamizga qarshi bellashuv Koreyaning keyingi taqdiriga oydinlik kiritib berishda juda muhim ahamiyatga ega. O'z navbatida biz uchun ham mazkur bahs katta qiymatga ega. G'alaba bizni mundial sari katta qadam tashlashimizga yordam beradi. Durang qayd etilgan taqdirda birinchi davrani kuchli ikki jamoadan biri sifatida yakunlaymiz. Mag'lubiyat esa barchasini chigallashtiradi va bunda ikkinchi davradagi bellashuvlar barchasini hal qilib beradi. Har ikki jamoa o'rtoqlik uchrashuvida zafar quchdi. Janubiy Koreya safida Son Xyon Min, Lu CHun Yong va Ki Sun Yun Kanadagi qarshi bahsda maydonga tushirilmadi. SHtilike ularni O'zbekiston bilan uchrashuvga asrab qo'yganiga ko'pchilik ishonmoqda. O'zbekiston tarkibida ikki yo'qotish mavjud. Aziz Haydarov va Server Jeparov jarohat tufayli bellashuvni o'tkazib yuborishadi. Ularning o'rnini munosib to'ldiradigan futbolchilar topiladi va bugun biz uchrashuv yakunlangandan keyin ijobiy kayfiyatda bo'lishga umid qilamiz. Koreyslar 2014 yilgi jahon chempionati saralashi va 2015 yilgi Osiyo Kubogida yo'limizga to'g'anoq bo'lishgandi. Ehtimol, biz ularga to'siq bo'ladigan payt etib kelgandir. Bu safar futbolchilarimiz raqibga isbotlaydigan narsalar ko'p. Muhimi, ularning cho'chimasdan o'z o'yinlarini namoyish qila olishi.

XITOY – QATAR
O'ta mushkul holatda qolgan va murabbiylarini almashtirgan ikki jamoa Xitoyda to'qnash keladi. Tajribali mutaxassislar sanalgan Marchello Lippi va Xorxe Fossatidan kimdir ushbu o'yindan so'ng deyarli jahon chempionati yo'llanmasi uchun kurashdan chetga chiqadi. G'alaba qozonmagan taqdirda Xitoy 2019 yilgi Osiyo Kubogi final bosqichiga qadar katta maqsaddan mahrum bo'ladi. Qatarliklar safida Meshal Abdulla, Abdulkarim Hassan, Ahmad Yossir va Xolid Mufta diskvalifikaciya qilingani sababli maydonga tusha olishmaydi. Buni mehmonlar uchun sezilarli yo'qotish deb baholash mumkin. SHunga qaramay, o'rtoqlik bahsida Rossiyadan ustun kelgan Qatar Xitoyga qarshi biror kutilmagan holat taqdim etishini kutish mumkin. Bu mamlakatlarda futbol va terma jamoa uchun etarlicha mablag' sarflanyapti. SHunday ekan, mag'lubiyatga uchragan taqdirda ham ular ikkinchi davrada muxlislarga xursandchilik taqdim etish uchun ham g'alaba sari intilishda davom etishlarini taxmin qila olamiz.

SURIYA – ERON
Malayziyada uy o'yinlarini o'tkazib kelayotgan Suriya esa Eronni qabul qiladi. Har ikki jamoa bir necha kun oldin o'sha erda o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Jamoalar holatini bir xil baholash mumkin. Iqlimga moslashish, muxlislar ko'magiga ega bo'lishda ularning imkoniyati deyarli teng. Ayman Hakim shogirdlari Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda yaxshi harakat qilib, koreyslarga odatdagi o'yinini namoyish etishga imkon berishmagandi. Eron esa hozircha biror uchrashuvda yorqin futbol ko'rsatmadi, lekin hammadan ko'p ochko to'plashga erishdi. Karlush Keyrush jamoasi zafar quchgan taqdirda bir oyog'ini Rossiya tomon qo'yib bo'ladi. Bunday holatda ikkinchi davrada qo'lga kiritiladigan 7 ochko forslarning mundial yo'llanmasiga ega chiqishiga etarli bo'ladi. Malayziyada kechadigan bellashuvni Erondan Ehson Hoji Safi va Sardor Azmun o'tkazib yuborishga majbur. SHuningdek, jarohatlar tufayli Andranik Teymuriyan ham safdan chiqqan. SHunday bo'lsa-da, ayni paytda Eron tarkibida har chiziqda bir-birining o'rnini bosa oladigan futbolchilar topiladi. Bosimsiz Suriya navbatdagi sensaciyani taqdim etishga urinib ko'radi.

YAPONIYA – SAUDIYA ARABISTONI
Yaponiya uchun bugungi bellashuv juda muhim ahamiyat kasb etadi. Uyda yana ochko yo'qotgan taqdirda Vohid Halilxodjich jamoasi mushkul ahvolga tushib qoladi. Hozirgacha o'z maydonida “samuraylar” BAAga yutqazishdi va Iroqni 95-daqiqadagi o'yindan tashqari holatdan urilgan gol evaziga dog'da qoldirishdi. G'alaba Yaponiyani Saudiya Arabistoniga etib olishini taminlaydi. Bunday vaziyatda ikkinchi davradagi bahslar o'ta keskin ko'rinish oladi. Durang yoki Saudiyaning yutug'i yaponlarni boshi berk ko'chaga olib kirishi mumkin. Guruhdagi boshqa natijalar bu jamoalar holatiga tasir ko'rsatadi. Ikkinchi davrada ushbu guruhda har turda markaziy o'yinlarni kuzatish imkoniga egamiz. To'rt jamoa yuqori ikki pog'ona uchun kurashni oxirigacha davom ettirish uchun imkoniyatga ega bo'lishi mumkin.

TAILAND – AVSTRALIYA
Boshqa termalardan saviyasi pastroq ekani sezilib turgan Tailand oldidagi vazifa raqiblarga jiddiy qarshilik ko'rsatishdir. Avstraliya Bangkokdagi bellashuvda o'zi mo'ljallagan uch ochkoga ega chiqishini taxmin qilamiz. Mezbonlardan o'yinni o'tgan uchrashuvda qizil kartochka olgan Koravit Namviset o'tkazib yuboradi. Amaldagi Osiyo chempioni sanalgan Avstraliya mazkur saralash bosqichini juda ishonchli o'tkazmoqda. Muvaffaqiyat ikkinchi davrada uch bahsni o'z maydonida o'tkazadigan “sokkeruzlar”ni Rossiyadagi mundial sari ancha yaqinlashtiradi. Tarkib va o'yin saviyasi borasida Avstraliya qitamizdagi etakchi sifatida gavdalanmoqda.

BAA – IROQ
Eng yaxshi avlodidan biriga ega deb etirof etilayotgan BAA uchun Iroqqa qarshi Abu-Dabidagi uchrashuv hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mahdi Ali shogirdlari g'alaba qozongan taqdirda kamida raqobatchilari bilan farqni saqlab qolishadi. Boshqalar ochko yo'qotgan holatda esa bu tafovutni qisqartirish imkonini qo'lga kiritishadi. Yuta olmasa, BAA deyarli kurashdan chetga chiqadi. Iroq esa istalgan bir uchrashuvda kutilmagan natija taqdim etish salohiyatiga ega, ammo saralash bosqichini barqaror o'tkazishga jamoaga tajriba etishmayapti. Fikrimizcha, BAA o'ziga zarur g'alabaga erishadi.


Behzod NAZAROV.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика