So’nggi yangiliklar

10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  0 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  0 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  5 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  3 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  3 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  9 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  2 04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   15 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  2 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  20 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  5 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  3

JCH-2018. Osiyo amallayaptimi? Yangiliklar

JCH-2018. Osiyo amallayaptimi?

Bugun jahon chempionatining guruh bosqichi 3-tur bahslariga start beriladi.

Ortda qolgan 2-tur natijalariga ko'ra 32 ishtirokchidan 9tasi rasman musobaqa bilan xayrlashdi. Bular - Misr, Saudiya Arabistoni, Marokash, Peru, Kosta Rika, Janubiy Koreya, Tunis, Panama va Polsha.

Mundialni tark etganlar orasida ikkita Osiyo vakili ham bor. Afsuski, Saudiya Arabistoni bilan Janubiy Koreya o'z oldiga qo'ygan vazifani bajara olmadi. Endi har ikkala jamoa uchinchi tur bahsini shunchaki jamoa imidji uchun o'tkazib beradi. Albatta, biz ham Osiyo qitasida yashayotganimiz bois Osiyo jamoalarining har bir ishtirokini diqqat bilan kuzatib borishga majburmiz. Toki o'zimiz jahon chempionatiga chiqmas ekanmiz, bu hol davom etaveradi.

Xabaringiz bor, bu yilgi jahon chempionatida tarixda birinchi marta OFKdan beshta jamoa qatnashyapti. Osiyo vakillari ishtirokida bo'lib o'tgan jami 10ta o'yinda faqat ikkita jamoa g'alaba nashidasini sura oldi. 1-turda Eron Marokashni, Yaponiya esa Kolumbiyani mag'lub etdi. Bu ikki jamoa haqiqatan boshqalarga qaraganda bir bosh baland ekan. Masalan, Eron keyingi bahsda garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, Ispaniya bilan juda yaxshi o'ynab berdi. Yaponiya esa kecha nihoyatda qiziq kechgan bellashuvda Senegal bilan 2:2 o'ynadi.

Osiyo jamoalaridan Avstraliya ham yomon taassurot qoldirayotgani yo'q. "Sokkeruzlar" avvaliga Franciyaga bir to'p farqi bilan mag'lub bo'lishdi. Undan keyin Daniya bilan durang qayd etishdi. Endi ertaga Avstraliyani musobaqani tark etgan Peruni sinovdan o'tkazadi. Bu o'yinda "sariq qita" vakillarining g'alabasiga umid qilsa bo'ladi.

Saudiya Arabistoni bilan Janubiy Koreya esa alohida mavzu. Ayniqsa saudiyaliklar musobaqaning ochilish o'yinida ruslarga yirik hisobda mag'lub bo'lib, Osiyo futboli nufuzini bir qadar erga urishdi. Hartugul keyingi bellashuvda bu jamoa Urugvayga qarshi jiddiy qarshilik ko'rsata oldi. Va hozirgi Saudiyaning holatidan kelib chiqib 0:1 hisobidagi mag'lubiyatni normal qabul qilsa bo'ladi.

Janubiy Koreya esa ikkala o'yinni ham kuchli jamoalarga qarshi o'tkazdi. Aslida bu jamoa JCH saralash bahslarida u qadar kuchli ko'rinmagandi. Hozirgi Koreya avvalgi Koreya bilan solishtirganda ancha kuchsiz. Lekin ular SHveciya va Meksikaga qarshi astoydil kurash olib borishdi. Qolaversa, J.Koreya nihoyat JCH-2018dagi birinchi golini urishga muvaffaq bo'ldi. Bu ishni jamoaning etakchi o'yinchilaridan biri Son Xyong Min amalga oshirdi.

SHu o'rinda Yaponiya terma jamoasiga qoyil qolmasdan iloj yo'q. "Samuraylar" kecha Senegalga qarshi qanday matonat bilan kurash olib borishganini miriqib tomosha qildik. Avvalgi turda Yaponiya JCH-2014 chorak finalchisi Kolumbiyani 2:1 hisobida mag'lub etgandi. Aytish mumkinki, aynan Yaponiya ushbu jahon chempionatida Osiyoning eng yaxshi jamoasi bo'lib turibdi.


2-turdan so'ng jamoalarning holati:

Saudiya Arabistoni - 2 o'yin, 2 mag'lubiyat. To'plar nisbati 0-6 (-6). Ochkosi: 0
Guruhda oxirgi o'rinda

Eron - 2 o'yin, 1 g'alaba, 1 mag'lubiyat. To'plar nisbati 1-1 (0). Ochkosi: 3
Guruhda uchinchi o'rinda

Avstraliya - 2 o'yin, 1 durang, 1 mag'lubiyat. To'plar nisbati 2-3 (-1). Ochkosi: 1
Guruhda uchinchi o'rinda

Janubiy Koreya - 2 o'yin, 2 mag'lubiyat. To'plar nisbati 1-3 (-2). Ochkosi: 0
Guruhda oxirgi o'rinda

Yaponiya - 2 o'yin, 1 g'alaba, 1 durang. To'plar nisbati 4-3 (1). Ochkosi: 4
Guruhda birinchi o'rinda

SHunday qilib guruhda oxirgi o'rinda qolgan Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya musobaqa bilan xayrlashdi. Eron, Avstraliya, Yaponiyada esa keyingi bosqichga chiqish imkoniyati mavjud. Bugun Eron Ronaldu boshchiligidagi Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi va shu o'yindan keyin hammasi malum bo'ladi. Ertaga Avstraliya - Peru uchrashuvi o'tkazilsa, 28 iyun kuni Yaponiya guruhdan chiqish masalasini hal qilish uchun Polsha bilan kuch sinashadi. Bu o'yin ham juda og'ir kechadi, sababi Polshaning buyog'iga yo'qotadigan narsasi qolmadi.

Bugun shuningdek, Saudiya Arabistoni guruhda oxirgi o'rinda qolib ketmaslik va hech bo'lmasa bitta gol urish uchun Misrga qarshi maydonga tushadi. Saudiyalar hech bo'lmasa shu o'yinda o'zlarini ko'rsatsa ajab emas. Janubiy Koreya esa oxirgi turni kimsan amaldagi jahon chempioni Germaniyaga qarshi o'tkazadi. Agar koreyaliklar nemislarning oyog'idan tortib qolishni uddalay olsa, Germaniya hatto guruhdan chiqa olmay qolishi mumkin.


JCH-2018da Osiyo jamoalari qayd etgan natijalar:
1-tur
14 iyun. Rossiya - Saudiya Arabistoni 5:0
15 iyun. Marokash - Eron 0:1
16 iyun. Franciya - Avstraliya 2:1
18 iyun. SHveciya - Janubiy Koreya 1:0
19 iyun. Kolumbiya - Yaponiya 1:2

2-tur
20 iyun. Urugvay - Saudiya Arabistoni 1:0
20 iyun. Eron - Ispaniya 0:1
21 iyun. Daniya - Avstraliya 1:1
23 iyun. Janubiy Koreya - Meksika 1:2
24 iyun. Yaponiya - Senegal 2:2

3-tur uchrashuvlari
25 iyun. 19:00. Saudiya Arabistoni - Misr
25 iyun. 23:00. Eron - Portugaliya
26 iyun. 19:00 Avstraliya - Peru
27 iyun. 19:00. Janubiy Koreya - Germaniya
28 iyun. 19:00. Yaponiya - Polsha

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика