JCH-2018: Neymar bugungi mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi
18 iyu 2018 23:31
Yangiliklar
JCH-2018: Neymar bugungi mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi
Braziliya terma jamoasi etakchisi Neymar pentakampeonlarning bugungi mashg'ulotida ishtirok etmadi.
Terma jamoa murabbiylari shifokorlar bilan kelishgan holda SHveycariyaga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng hujumchiga bir kun dam berishga qaror qilishdi.
Etiborlisi, Braziliya - SHveycariya o'yinida raqib jamoa futbolchilari Neymarga nisbatan 10 marotaba qoida buzishgan. Hujumchini faqat yiqitish va ushlab qolish orqali to'xtatishgan.
“To'g'ri, qoida buzishlar futbolning bir bo'lagi va bunga jiddiy etirozim yo'q. Lekin hakamlar atayin va qasddan qilingan qo'polliklarni etibordan chetda qoldirmasliklari kerak”, - dedi Neymar AS nashriga bergan intervyusida.
SHuningdek, bugungi mashg'ulotlarda Neymardan tashqari Marselo, Tyago Silva va Gabriel Jezus alohida dastur asosida individual tarzda shug'ullanishdi.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar