So’nggi yangiliklar

08:05Суперлига. ОКМК минимал ҳисобда, "Бунёдкор" эса ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 07:57Суперлига. Бугун иккита супер учрашув бор  2 07:25МЛС. ЖЧдан қайтган "Интер Майами" рақибини йирик ҳисобда мағлуб этди. Мессидан 2+1  0 03:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Боруссия"ни мағлуб этиб, ярим финалга чиқди, финал йўлидаги рақиб — ПСЖ  19 01:50"Арсенал" ва Мадуэке шартнома борасида келишиб олди. "Челси" билан музокаралар яқин кунларда бошланади  2 01:02Максим Шацких: "Афсуски, баъзи футболчиларимиз бундай даражадаги ўйинга тайёр эмас"  12 00:41"Челси" "Реал" ҳужумчиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  3 00:15Илёс Зейтуллаев: "Мен мураббийман, футболчининг шартнома масаласини клуб ҳал қилади"  0 23:41Асрор Алиқулов: "Иккинчи тайм учун йигитларга раҳмат айтаман"  1 23:22Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврада ўзимизни кўрсатиб, аввалги мақомимизга қайтмасак бўлмайди"  2 23:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ тўққиз киши бўлиб "Бавария"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  166 22:50Аёллар. Ўзбекистон терма жамоаси Непални пенальтилар сериясида мағлуб этиб, 23 йиллик танаффусдан сўнг Осиё чемпионатига чиқди  4 22:10Качоррининг дубли "Бунёдкор"га "Андижон" устидан ғалаба тақдим этди  46 21:55Суперлига. ОКМК "Машъал" майдонида қийинчилик билан ғалаба қозонди  4 20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  6

JCH-2018. Moskvadagi birinchi kun. Mundial SA nigohida FOTO Yangiliklar

JCH-2018. Moskvadagi birinchi kun. Mundial SA nigohida FOTO

Kuni kecha saytimiz xodimi Jahongir Sotvoldiev Samara shahridan yo'lga chiqib kuni kecha Moskvaga etib keldi.

Kuni kecha Rossiya poytaxti Moskva shahriga 1060 kilometr yo'l bosib etib keldik. Bu erda birinchi bo'lib Moskvaning yuragi bo'lgan "Qizil maydon"ga tashrif buyurdik. 



U er deyarli barcha davlatlardan kelgan mehmonlar bilan har kuni gavjum bo'lmoqda. Ushbu "Qizil maydon" yaqinida futbol muxlislari uchun ajoyib ko'ngilochar maydoncha barpo etilgan. Futbol muxlislari u erda bemalol vaqtini chog' o'tkazishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Maxsus hududga kirib kelishingiz bilan sizni volantyorlar kutib olishadi va o'zingiz istagingizga qarab u er bilan sizni tanishtirib o'tishadi. Hududda futbol o'ynash uchun 2ta kichik hajmdagi maydoncha bor. Xohlasangiz o'z jamoangizni tuzib u erda futbol o'ynashingiz mumkin. Bundan tashqari bu erga kirib kelishingiz bilan sizga jahon chempionatining maxsus dasturini taqdim etishadi. Bu haqida keyinroq batafsil malumot berib o'tamiz.



"Qizil maydon"da yana bir etiborga molik joy barpo etilgan. U erda FIFAning maxsus do'koni futbol muxlislari uchun tinmay xizmat qilmoqda. Maxsus do'konga kirishingiz bilan o'zingizni xuddi boshqa olamga tushib qolganday xis qilasiz. Rossiyada bo'libb o'tayotgan jahon chempionatiga tegishli barcha buyumlarni ko'rib, o'zingizga yoqganini sotib olishingiz va yaqinlaringizga sovg'a qilishingiz mumkin. 



Do'kondagi barcha buyumlar quyidagi narxlarda sotilmoqda. 


TELSTAR to'pining nusxasi 3500 rubl -  (450 000 o'zbek so'mida)

JCHning guruh bosqichida o'ynalgan rasmiy TELSTAR to'pi 9 000 rubl -  (1 200 000 o'zbek so'mida)

JCHning maxsus brelok 500 rubl - (66 000 o'zbek so'mida)

Zabivaka kichigi 800 rubl - (105 000 o'zbek so'mida)

Zabivaka o'rtanchasi 1500 rubl - (198 000 o'zbek so'mida)

Zabivaka kattasi 2 000 rubl - (264 000 o'zbek so'mida)

JCH kubogining surati tushirilgan  maxsus futbolka 500 rubl - (66 000 o'zbek so'mida)

JCHning maxsus bosh kiyimi 1 500 rubl - (198 000 o'zbek so'mida)

Maxsus ryukzak 3 400 rubl - (456 000 o'zbek so'mida)




JCHning maxsus TELSTAR to'pi


TELSTAR to'pining nusxasi


Zabivaka 

Yuqorida ko'rsatilgan barcha buyumlarni bemalol navbatsiz  xarid qilishingiz mumkin.


Bu erga tashrif buyurgan muxlislar o'zlarining dastxatlarini esdalik uchun qoldirishmoqda


Jahon chempionati uchun chiqarilgan maxsus dastur


"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Luis Xaver Garsiya Sans muxlislarga dastxat ulashmoqda


Rossiyalik hamkasblarimiz o'z ishlari bilan band


O'zbekistonlik futbol muxlislari bilan birga "Qizil maydon"da


Moskva shahrida joylashgan "Otkritie Arena"


Moskva shahridagi "Dinamo" stadionida tamirlash ishlari davom etmoqda



FIFAning rasmiy do'konidan tashqariga chiqishingizda o'ng tomonda dunyo futbolining mashhur futbolchilari bilan esdalik uchun suratga tushishingiz mumkin. Biz u erga borganimizda ispaniyalik futbolchi Luis Garsiyani uchratib qoldik va esdalik uchun suratga tushdik.


Championat.asia saytining Jahon chempionati davomidagi hamkorlari "Start" savdo belgisi, "O'zbegim" kolbasalari va Elmakon savdo belgisi.


SOTVOLDIEV Jahongir Moskva shahridan maxsus

Muallif :
Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика