So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

JCH-2018. Yaponiya bir kishi kam qolgan Kolumbiyani mag'lub etdi Yangiliklar

JCH-2018. Yaponiya bir kishi kam qolgan Kolumbiyani mag'lub etdi

Bugun JCH-2018da 1-tur yakunlanadi. "H" guruhida Kolumbiya va Yaponiya terma jamoalari o'zaro bellashishdi.

Uchrashuvda Yaponiya 2:1 hisobida g'alaba qozondi va 3 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ydi.

JCH-2018
"H" guruhi, 1-tur
"Mordoviya Arena"
Bosh hakam:
Damir Skomina
Kolumbiya - Yaponiya 1:2
Gollar
: X.Kintero 39 - SH.Kagava 6 (pen.), YU.Osako 73

Kolumbiya: 1.David Ospina, 4.Santyago Arias, 3.Oskar Murilo, 23.Davinson Sanches, 17.Yoan Moxika, 6.Karlos Sanches, 20.Xuan Kintero (10.Xames Rodriges, 59), 11.Xuan Kuadrado (5.Vilmar Barrios, 31), 16.Jefferson Lerma, 21.Xose Izkuerdo (7.Karlos Bakka, 70), 9.Radamel Falkao.

Yaponiya: 1.Eyji Kavashima, 19.Xiroki Sakay, 22.Maya Yosida, 3.Gen SHodji, 5. Yuto Nagatomo, 17.Makoto Xasebe, 7.Gaku SHibasaki (16.Xotaru Yamaguchi, 80), 14.Takashi Inui, 10.SHinji Kagava (4.Keysuke Xonda, 70), 8.Genki Xaraguchi, 15.Yuya Osako (9.Sindzi Okazaki, 85).
Ogohlantirishlar: V.Barrios 64, X.Rodriges 86 - E.Kavashima 90+4
CHetlatish: K.Sanches 3


Colombia

Juan Quintero - 39'

World Cup Grp. H . 1-tur

19/06/2018, 17:00

2
:
1
Tugadi

Japan

Shinji Kagawa - 6', Yuya Osako - 73'

Stadion: Mordovia-Arena, 40842 tomoshabin

Bosh hakam: Damir Skomina

45'
90'
3'  Carlos Sanchez
31'  Juan Cuadrado (Wilmar Barrios)
39'  Juan Quintero
59'  Juan Quintero (James Rodriguez)
64'  Wilmar Barrios
70'  Jose Izquierdo (Carlos Bacca)
86'  James Rodriguez
6'  Shinji Kagawa
70'  Shinji Kagawa (Keisuke Honda)
73'  Yuya Osako
73'  Keisuke Honda
80'  Gaku Shibasaki (Hotaru Yamaguchi)
85'  Yuya Osako (Shinji Okazaki)
90'  Eiji Kawashima


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


- Har ikkala davlat madhiyalari yangrab o'tdi.

- Jamoa sardorlari Falkao va Xasebe o'yinni kim boshlab berishini aniqlab olishdi.

- Maydonda kiyaik tushunmovchilik bo'ldi, tomonlar joylarini almashishdi.

Uchrashuv boshlandi. Bugun Kolumbiya sariq, Yaponiya esa ko'k liboslarda to'p tepadi.

3 - Zarbaaaaa, yaponiyalik futbolchi birga-bir imkoniyatdan zarba berdi, Ospina to'pni qaytardi. Qaytgan to'pga yana yaponlar zarba berdi, Karlos Sanches esa to'pni qo'li bilan qaytardi. Kolumbiya darvozasiga penalti. Sanchesga esa qizil kartochka ko'rsatildi. Ha, bu penaltilar mundiali bo'lmoqda.

6 - Gooooooollllll, Kagavaaaaa. Penaltidan hisob ochildi, Kagava Ospinani alday oldi - 0:1.

12 - Zarbaa, Falkaoning bosh bilan bergan zarbasini Eyji Kavashima ushlab oldi.

15 - Takashi Inui chap tomondan darvoza tomon zarba berdi, noaniq.


Karlos Sanches shart bo'lmagan joyda jamoasini qiyin ahvolda qoldirib ketdi.

18 - Kuadrado o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va o'zini-o'zi aldab qo'ydi.

21 - Kolumbiyaliklar tez-tez to'pni oldirib qo'yishmoqda.


Kolumbiya muxlisasining kayfiyati hozir bunday emasligi aniq, bu uchrashuv endigina boshlanganda olingan kadr.

28 - Moxika Xaraguchini nisbatan qo'pollik ishlatdi va o'zi kichik jarohat oldi.

31 - Kolumbiya tarkibida o'zgarish: Xuan Kuadrado o'rniga maydonga Vilmar Barrios tushdi.

O'yin tempi tushib ketdi, qizil kartochka uchrashuvning sifatiga tasir qildi.

34 - Falkao yana bir zarba berdi, kuch etishmadi.

Saytimizning telegramdagi kanalida uchrashuvdagi barcha gollarni ko'rish mumkin: KANALGA O'TISH

39 - Gooooooolllllll, Kintero jarima zarbasidan juda ham aqlli zarba berdi va muvozanatni tikladi. Kintero to'pni erlatib yaqin burchakka tepdi, jonli devor esa sakradi vato'p o'tib ketdi. Kavashima esa bunday zarbani umuman kutmagani pand berdi. Endi o'yin biroz jonlansa kerak.

Uchrashuvning birinchi bo'limi yakunlandi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

51 - Izkuerdo o'z qanotidan xavf yaratishga urinib ko'rdi, samarasiz.

54 - Zarbaaa, Osaka himoyachidan qochib ketdi va darvoza tomon aniq zarba berdi. Ospina to'pni qaytarib qoldi.

56 - Bugungi uchrashuvni "Mordoviya Arena"da 40842 nafar muxlis bevosita tomosha qilib bormoqda.

57 - Zarbaaa, Inuining aylanma zarbasini Ospina qaytardi.

59 - Kolumbiya tarkibida Xames Rodriges Xuan Kinteroning o'rniga maydonga tushdi.

70 - Yaponiya tarkibi Kagava o'rniga Keysuke Xonda tushdi. Kolumbiyada Xose Izkuerdo o'rniga Karlos Bakka tushdi.

73 - Gooooooollllllll, yaponlar hisobda oldinga o'tib olishdi. Xondaning burchakdan etkazib bergan to'pini Yuya Osako boshi bilan Ospina darvozasiga yo'lladi. Uchrashuvni juda yaxshi o'tkazayotgan Ospina bu vaziyatda ojiz qoldi.

78 - Kolumbiyaliklar ketma-ket hujum uyushtirishdi va bu vaziyatlarda goh himoyachi, goh Kavashima jamoasini goldan qutqarib qoldi.


Osako bosh bilan Yaponiyaning ikiknchi golini kiritgan vaziyat.

85 - Yaponlarning ikkinchi golini kiritgan Yuya Osako maydonni tark etdi, uning o'rniga "Lester" forvardi Sindzii Okazaki tushdi.

90 - Falkao o'yindan tashqari holatda qolib ketgani uchun kolumbiyaliklar hujumi barbod bo'ldi.

Uchrashuv yakunlandi. Yaponiya bir kishi ko'p bo'lib qolgan holda g'alaba qozonishdi. Qitadoshlarimizni g'alab bilan tabriklaymiz.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика