JCH-2018. Ispaniya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
13 iyu 2018 17:15
Yangiliklar
JCH-2018. Ispaniya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Lopetegi yangi mavsumdan "Real"ga murabbiylik qiladi.
O'z navbatida, "Real" va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi, shu kunga qadar Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi sport direktori bo'lib ishlab kelayotgan Fernando Yerro JCH-2018 vaqtida milliy terma jamoani boshqaradigan bo'ldi. Bu haqda federaciya matbuot xizmati xabar berdi.
Sobiq murabbiy 51 yoshli Lopetegi terma jamoa bilan 2020 yilgacha shartnomasi bo'lishiga qaramasdan JCH-2018 nihoyasiga etganidan so'ng "Real"ni boshqarishga rozilik berdi. SHu sabab Ispaniya futbol federaciyasi rahbari Luis Rubiales bugun Xulenning istefosi haqida elon qilgan edi.
Mundial boshlanishiga 1 kun qolganda bosh murabbiyni almashtirgan Ispaniya Jahon chempionatining "B" guruhida Portugaliya, Eron va Marokash bilan kurash olib boradi.
Fikrlar