So’nggi yangiliklar

20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  1 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  1 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  20 16:25"Рома" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 16:01Дилшод Жўраев: "Ҳозирги кунда "Бунёдкор" ва "Локомотив" турнир жадвалида ўзига ярашадиган ўринда эмас"  5 15:28Дани Ольмо "Барселона" таклифини қабул қилди  7 15:00Расман: "Боруссия" Германия термаси ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 14:41Ўзбекистон футзал терма жамоаси Францияга қарши ўйнайди  1

JCH-2018. Rossiya chorak finalda, Ispaniya uyiga ketadi Yangiliklar

JCH-2018. Rossiya chorak finalda, Ispaniya uyiga ketadi

JCH-2018ning 1/8 finali doirasida Ispaniya - Rossiya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


Spain

Sergei Ignashevich - 12', Andres Iniesta - 121', Gerard Pique - 121', Sergio Ramos - 121'

World Cup 1/8 Finals . 1/8-tur

01/07/2018, 19:00

5
:
4
Tugadi

Russia

Artem Dzyuba - 41', Fedor Smolov - 121', Sergei Ignashevich - 121', Aleksandr Golovin - 121', Denis Cheryshev - 121'

Stadion: Luzhniki, 78011 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45'
90'
120'
12'  Sergei Ignashevich
40'  Gerard Pique
67'  David Silva (Andres Iniesta)
70'  Nacho Fernandez (Daniel Carvajal)
80'  Diego Costa (Iago Aspas)
104'  Marco Asensio (Rodrigo)
41'  Artem Dzyuba
46'  Yuri Zhirkov (Vladimir Granat)
54'  Ilya Kutepov
61'  Aleksandr Samedov (Denis Cheryshev)
65'  Artem Dzyuba (Fedor Smolov)
71'  Roman Zobnin
97'  Daler Kuzyaev (Aleksandr Yerokhin)


ISPANIYA - ROSSIYA 1:1 (3:4 penaltilar seriyasi)

Gollar: Sergey Ignashevich 12 avtogol, - 1:0. Artyom Dzyuba 41 penalti, - 1:1.

Ispaniya: 1. David De Xea, 4. Nacho (2.Dani Karvaxal, 70), 3. Jerar Pike, 15. Serxio Ramos, 18. Jordi Alba, 8. Koke, 5. Serxio Buskets, 21. David Silva (6.Andres Inesta, 67), 22. Isko, 20. Marko Asensio (9.Rodrigo, 104), 19. Diego Kosta (17.Yago Aspas, 80).

Rossiya: 1. Igor Akinfeev, 2. Mario Fernandes, 4. Sergey Ignashevich, 3. Ilya Kutepov, 13. Fyodor Kudryashov, 18. Yuriy Jirkov (14.Vladimir Granat, 46), 11. Roman Zobnin, 7. Daler Kuzyaev (21.Aleksandr Eroxin, 97), 17. Aleksandr Golovin, 19. Aleksandr Samedov (6.Denis CHerishev, 61), 22. Artyom Dzyuba (10.Fyodor Smolov, 65).

Ogohlantirishlar: Jerar Pike 40, Ilya Kutepov 54, Roman Zobnin 71,


YANGILASH





Yago Aspas - gol emas Akinfeev oyog'i bilan to'pni qaytardi 3:4! ROSSIYA CHORAK FINALDA!!!

Denis CHerishev GOL 3:4

Serxio Ramos - GOL 3:3

Aleksandr Golovin - GOL 2:3

Koke - gol emas Akinfeev qaytardi 2:2

Sergey Ignashevich - GOL 2:2

Jerar Pike - GOL 2:1

Fyodor Smolov - GOL 1:1

Andres Inesta - GOL 1:0

Penaltilar seriyasi boshlandi


120. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! RODRIGOOOOOOOOOOO! Akinfeev o'z o'rnida. Penaltiga tayyormisiz?

114. Xavfli vaziyat! Ispanlar jarima to'pini amalga oshirishdi, Ignashevich Pikeni ushlab qolgandek ko'rindi, hakam penalti yo'q dedi, VAR ham yo'q dedi

109. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! Rodrigo jarima maydoni ichiga kirib borib zarba berdi, Akinfeev yana to'pni qaytardi!

105+1. Ispanlar jarima to'piga ega bo'lishdi, jarima maydoniga uzatilgan to'pni Pike boshi bilan darvozaga yo'lladi, Akinfeev o'z o'rnida

104. O'zgarish. Ispaniya. Asensio o'rniga Rodrigo tushdi

102. Aspas rossiyalik himoyachilarga tinchlik bermayapti, Ignashevich hozir uni qarshi oldi va to'pni qaytardi

100. ZARBAAAAAAAAA! ASENSIOOOO! AKINFEEV! Asensioning kuchli zarbasini Igor ushlab oldi

97. Tarixiy O'zgarish. Rossiya. Kuzyaev o'rniga Aleksandr Eroxin tushdi. FIFA Jahon chempionatida agar qo'shimcha taymlar bo'lsa 4-o'zgarishga ruxsat bergan. Bugun tarixiy o'zgarish sodir bo'ldi

96. ZARBA! KOKEning zarbasi noaniq chiqdi

95. Ispaniya xuddi dastlabki ikki taymda bo'lgani kabi pas-pas-pas bilan o'ynamoqda

92. Xavfli vaziyat! Yago Aspasning zarbasi darvozaga etib bormadi!

91. Birinchi qo'shimcha taym boshlandi

Asosiy vaqt statistikasi


90+4. Asosiy vaqt tugadi. 1:1. Endi 30 daqiqa ikkita qo'shimcha taymlar ko'ramiz

90+2. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA! SMOLOOOOOOOOOOOV! Sal qolishga sal qoldi!

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi

88. Ispanlar ketma-ket 3 marta burchak to'pini amalga oshirishdi, foyda bo'lmadi

84. ZARBAAAAAAAAAAAAA! INESTAAAAAAAAAA! AKINFEEEEEEEEEEEEEEV! Ajoyib zarba va ajoyib seyv! 

80. O'zgarish. Ispaniya. Diego Kosta o'rniga Yago Aspas tushdi

79. Asosiy vaqt tugashiga 10 daqiqacha vaqt qolmoqda, qo'shima taymlar ko'ramizmi?

74. Ispanlar burchak to'pini tepishdi, Diego Kosta zarba bera olmadi

73. Ispaniya hamon pas berish bilan ovora, ammo hisob 1:1

71. Ogohlantirish. Rossiya. Zobnin

70. O'zgarish. Ispaniya. Nacho o'rniga Karvaxal tushdi

67. O'zgarish. Ispaniya. David Silva o'rniga Inesta tushdi

65. O'zgarish. Rossiya. Dzyuba o'rniga Smolov tushdi

61. O'zgarish. Rossiya. Samedov o'rniga CHerishev tushdi

60. Bugungi o'yinni ko'rish uchun stadionga 78,011 tomoshabin keldi

54. Ogohlantirish. Rossiya. Ilya Kutepov

51. Hakam Pikega sariq kartochka ko'rsatgan vaziyat. Orqa fonga etibor qiling

48. ZARBAAAAAAAAAA! Albaning g'alati zarbasini Akinfeev egallab oldi!

46. Ikkinchi taym boshlandi. 

46. O'zgarish. Rossiya. Jirkov o'rniga Granat tushdi



45+2. Birinchi taym tugadi. Hozircha 1:1.

44. Ispaniya sal qolsa gol urishi mumkin edi, Akinfeev to'pni ushlab oldi

41. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ARTYOYOYOYOYOYOYOM DZYUYUYUYUYUYUYUYUBAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! 1:1 GOLNI KO'RISH

40. Ogohlantirish. Ispaniya. Pike

40. PENALTI! ISPANIYA davrozasiga! Pike to'pni jarima maydoni ichida qo'li bilan o'ynagani uchun


Uchrashuv davomida o'yinning qaynoq rasmlarini ham saytimizda kuzatib borish mumkin: JCH-2018. Ispaniya - Rossiya. LIVE FOTOGALEREYA

36. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! GOLOVIIIIIIIIIIN! Rossiyaning chinakamiga birinchi xavfli hujumi, Dzyuba havodagi kurashda g'olib chiqdi, natijada Golovinda zarba berish uchun imkoniyat paydo bo'ldi, uning zarbasi noaniq chiqdi! 

32. Ispaniya hozircha Rossiyaga hech qanday imkoniyat qoldirayotgani yo'q. 

Qiziq fakt! Rossiya 1966 yildan buyon bitta Jahon chempionatida ikkita avtogol qayd etgan birinchi jamoa. 1966 yilda Bolgariya shunday natija qayd etgandi

30. Ispaniya bugun to'liq tashabbusga ega bo'lmoqda: To'p uzatishlar bo'yicha natija quyidagicha: 231-58

27. O'yin tempi u qadar yuqori emas.

FAKT! Sergey Ignashevich Jahon chempionatlari tarixida avtogol muallifi bo'lgan eng yoshi katta futbolchi bo'ldi. (38 yosh va 352 kun)

22. Rossiyada jarima to'pi, jarima maydoniga uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi

20. To'pni nazorat qilish bo'yicha ispanlar katta ustunlikka ega: 75:25

17. Goldan keyin ham tashabbus Ispaniya tomonidan. Hozircha Rossiyada faqat muxlislar yaxshi "o'ynashmoqda", futbolchilari esa...

13. ZARBA! Zobnin tomonidan berilgan zarba noaniq chiqdi

12. Asensio jarima to'pini amalga oshirdi, Serxio Ramos Ignashevich bilan to'p uchun kurashdi, natijada to'p rossiyalik himoyachining oyog'iga tegib darvozaga borib tushdi, Rossiya uchun juda va juda yomon start

12.GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:0. Ignashevich avtogol muallifi bo'ldi GOLNI KO'RISH

10. UXXXXXX! Yuriy Jirkov hozir Nachoga nisbatan juda keskin o'ynadi. Ispaniyalik futbolchining tizzasiga zarba berildi, unga shifokorlar yordam berishdi

6. To'p nazorati ko'proq ispanlarda, Yerro shogirdlari qanday qilib gol urish yo'llarini izlashmoqda. Rossiya esa qarshi hujumga tayanmoqda

4. Golovin o'ng qanotdan oldinga o'tdi, Pike uni qarshi oldi. Burchak to'pi foyda keltirgani yo'q

3. Dastlabki daqiqalarda tomonlar bir birlarini o'rganishmoqda.

1.O'YIN BOSHLANDI!


- Moskvadagi "Lujniki" stadioni muxlislar bilan to'lib toshgan, bunga shubha yo'q. Ular orasida mana shunday go'zallar ham ko'plab topiladi.

- Navbat Rossiya davlat madhiyasiga, butun stadion kuylamoqda

- Ispaniya davlat madhiyasi yangradi

- Ikkala jamoa maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.




Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика