So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  9 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

JCH-2018. Ispaniya Eron ustidan rikoshet gol evaziga g'alaba qozondi Yangiliklar

JCH-2018. Ispaniya Eron ustidan rikoshet gol evaziga g'alaba qozondi

JCH-2018 "B" guruhining 2-turidan o'rin olgan Eron - Ispaniya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

                  YANGILASH 

       MATNLI TRANSLYACIYA


- Xayrli kech! Kunning uchinchi uchrashuvi boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi. Eron - Ispaniya uchrashuvi matnli onlayn translyaciyasini etiboringizga havola etamiz.

O'yin soat 23:00da boshlanadi.


Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari elon qilindi

Karlos Keyrush Ispaniyaga qarshi 4-2-3-1 taktik sxemasini qo'llashni maqul ko'rdi


Fernando Yerro ham Ispaniyani 4-2-3-1 taktik sxemasida o'ynatadi


- Bugungi kunning hozirgacha o'tkazilgan har ikkala uchrashuvida ham nominal mezbonlar bir xil 1:0 hisobidagi g'alabalarni qo'lga kiritishdi. Bu bahsdachi, Eron ham buni takrorlay oladimi?

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Har ikkala davlat madhiyalari yangraydi.

- O'YIN BOSHLANDI!

2. Eron uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq Ispaniyaga keskin kurash taklif etmoqda.

4. Ispaniyaning uzoq o'ylangan hujumi to'pni jarima maydonchasiga oshirilishi bilan davom etayotganda Beyranvand ajoyib harakati bilan uni bartaraf etdi.

7. Eron hujumga o'tdi va jarima zarbasi ishlab oldi. Ehson Hoji Safining oshirib bergan to'pini darvozaga aniq yo'llaydigan futbolchi topilmadi.

8. Ramos to'p uchun kurashda Azmunga nisbatan qoidani buzdi. Hakam esa Ramos bilan tushuntirish ishlarini olib bordi.

10. Silvaning jarima zarbasidan oshirgan to'piga ispaniyaliklardan hech kim zarba bera olmadi.

12. Ispaniya pozicion hujumda, ammo Eron juda tartibli va ishonchli himoyalanmoqda.


15. Eron 1-2 daqiqa o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirishga erishdi. Ammo Ispaniya yana to'p nazoratini o'z qo'liga oldi va hujumga o'tmoqda.

18. O'yin kutilganidek Eron jarima maydonchasi atrofida kechmoqda. Ammo hozircha Eronning himoyasi Ispaniyaning hujumidan ko'ra aniqrok o'ynamoqda.


21. Eron himoyalanayotganda ikkita vinger futbolchi himoya chizig'iga o'tmoqda va 6 kishi bo'lib mudofaa chizig'ini ushlamoqda. Qolgan to'rt nafar futbolchi esa markazroqqa joylashib o'z jarima maydonchasi atrofida raqibga pressing uyushtirishga urinmoqda.

23. Ispaniya jarima zarbasini amalga oshirdi. Ramosning tepgan to'pi jonli-devorga tegib Beyranvandning qo'liga borib tushdi.

24. Ispaniya navbatdagi jarima zarbasini amalga oshirdi. Silva bu safar o'z omadini sinab ko'rdi. Beyranvand o'z o'rnida ishonchli.

28. Eron malum muddat to'pni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtira oldi. Ammo Ispaniyani yana to'p bilan muomula qilgan holda hujumga o'tmoqda. Eron esa o'sha zich himoyani qo'llash bilan band.

30. David Silva jarima maydonchasi ichida bir amallab to'pni tepishga imkon topdi. Ammo uning zarbasi noaniq ketdi.

31. Isko raqib himoyasini yorib o'tishga ko'zi etmagach uzoqdan zarba berishga qaror qildi. Lekin zarba kuchsiz va noaniq.

35. Eron hujumga o'tmoqda. Dastlabki burchak zarbasi.

36. Eron standart vaziyatidan naf chiqara olmadi. Aksincha, jamoa sardori Ehson Hoji Safi jarohat oldi. Keyrush majburiy o'zgarishni amalga oshirishi mumkin.

39. Maydonda tortishuv. Diego Kosta va Beyranvand o'rtasida. Kosta o'z uslubida raqib posboniga sekingina zarba berdi. Hakam esa vaziyatni yumshatdi.

41. Eron himoyachilariga 5 baho! Qoyil! Ular ispanlarga jarima maydonchasi ichida to'p bilan muomala tugul, nafas olishga yo'l qo'yishmayapti. Bu qanchagacha cho'ziladi?

45. Ispaniya Eron himoyasini yorib o'tish choralarini qidirayotgan uchrashuvning birinchi bo'limiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

- Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!

- Ikkinchi taym boshlandi!

48. O'yin birinchi bo'limdagi scenariy ostida davom etmoqda.

50. BEYRANVAND!!!!! SUPER SEYV!!! DAHSHAT!!! Serxio Busketsning zarbasini qaytargan Beyranvand tezda to'pni yana urib yuborishga muvaffaq bo'ldi. Aks holda posbondan qaytgan to'pni bo'sh darvozaga to'g'rilab qo'yishga Vazkez tayyor turgandi. Ammo Beyranvand ajoyib reakciyasini namoyish qildi! Qoyil!

51. Ispaniya bunga qadar burchak zarbasidan keyin ham hisobni ochish imkoniyatiga ega bo'lgandi. Ammo Pike to'pga ko'ngildagidek zarba bera olmadi. Eronlik himoyachi esa o'z joyida ishonchli o'ynadi va xavfni bartaraf etdi.

52. Ispaniya jarima maydonchasi ichiga yorib kirishga qiynalayotganini sezdi va uzoqdan zarba berishni boshlamoqda.

53. Eron hujumga o'tdi, o'tganda ham juda xavfli hujum uyushtirdi. De Xea Ansarifadning zarbasini tomoshabindek kuzatib qo'ygandi. To'p shunchaki mo'ljaldan birozgina noaniq ketdi.

54. GOLLLLLLLLLLLL!  Diego Kosta!!!! Nihoyat! Ispaniya Eron himoyasini adashishga majbur qila oldi! David Silvaning ajoyib pasini qabul qilib olayotgan Kostaga qarshilik qilmoqchi bo'lgan Rizoyan tepgan to'p Kostaga tegib rikoshet orqali darvozadan o'rin oldi - 0:1. Marokash bilan o'yinda kulib boqqan omad endi Ispaniya tarafga o'tdi.

- Qayd etish kerakki, Diego Kostaning joriy mundialda kiritgan gollari soni 3taga etdi. Ronalduda esa 4ta gol mavjud. Kosta to'purarlar poygasida Ronaldu, Dzyuba va CHerishev bilan raqobatlashadi.

57. Eron endi himoyada yotish bilan mashg'ul bo'lib qolmay futbol o'ynashga, hujumga o'tishga majbur.

59. Erondan juda xavfli hujum! Bosh bilan berilgan zarbani De Xeya yana kuzatib qoldi. Zarbaga esa birozgina aniqlik etishmadi...

62. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! Said Ezzotolahi! VAR tizimi yordamga chaqirilmoqda. Offsayd bormidi yoki yo'q. Kutamiz... Hozircha gol hisobga olinmadi. 

Gol inobatga olinmadi. VAR tizimi ko'magida offsayd qayd etildi! Said Ezzotolahi De Xeani oyoqlari orasidan chiroyli gol muallifiga aylangandi.

65. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng Eron ancha uyg'ondi. Hujumlar ketma-ketligi. Ammo hozircha ikkinchi bo'limda Eronning omadi chopmayapti. Avvaliga rikoshet orqali yuzaga kelgan gol va endi bekor qilingan gol.

APLning eng yaxshi kiperi sanalgan De Xea Jahon chempionatida hali o'z darvozasiga berilgan birorta zarbani qaytargani yo'q. Darvoza tomon tepilgan barcha to'p golga aylanmoqda. Ronaldu 3ta kiritdi, Ezzotolahining goli esa inobatga olinmadi

70. Ispaniya burchak zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirdi. Ammo Ramosning zarbasidan keyin Eron himoyachilari bir amallab to'pni qaytarib yuborishdi.

72. Eron hujumga o'tishga intilmoqda.

75. Eron ajoyib o'ynamoqda. Dastlab himoyada yaxshi taassurot qoldirdi. Endi uzun paslar orqali o'z hujumlarini keskinlashtirmoqda. Lekin to'pga zarba berishda birozgina omad etishmadi. Aniqrog'i, hujumchi to'pga ulgurmadi.

77. Ispaniya jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi.

Bugungi uchrashuvni stadionda 42718 tomoshabin kuzatmoqda

82. Mehdi Taremining bosh bilan bergan zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi. Aks holda tablodagi hisob tenglashardi.

85. Ispaniya to'p nazoratini to'liq o'z qo'liga oldi.

90. O'YIN TUGADI! Ispaniya qiyinchilik bilan Eron ustidan g'alabaga erishdi!


Iran

World Cup Grp. B . 2-tur

20/06/2018, 23:00

1
:
0
Tugadi

Spain

Diego Costa - 54'

Stadion: Kazan Arena, 42718 tomoshabin

Bosh hakam: Andres Cunha

45'
90'
69'  Ehsan Haji Safi (Milad Mohammadi)
74'  Karim Ansarifard (Alireza Jahanbakhsh)
79'  Vahid Amiri
86'  Vahid Amiri (Saman Ghoddos)
90'  Omid Ebrahimi
54'  Diego Costa
71'  Andres Iniesta (Koke)
79'  Lucas Vazquez (Marco Asensio)
89'  Diego Costa (Rodrigo)


JCH-2018
"B" guruhi, 2-tur
Eron - Ispaniya 0:1
Bosh hakam
: Andres Kunxa (Urugvay)

Gol: 
Kosta (54)
Eron
– Beyranvand, Puraligandji, Xosseyni, Rezayan, Xadjsafi (Moxammadi, 69), Ezzatollaxi, Ebraximi, Amiri (Goddos, 86), Ansarifard (Djaxanbaxsh, 74), Azmun, Taremi.

Ispaniya
– De Xea, Pike, Alba, Karvaxal, Ramos, Buskets, Inesta (Koke, 71), Isko, Vaskes (Asensio, 80), Silva, Diego Kosta (Rodrigo, 89).

Ogohlantirishlar
: Amiri (79), Ebraximi (90).

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика