JCH-2018 da yana bir rekord qayd etildi
28 iyu 2018 08:58
Yangiliklar
JCH-2018 da yana bir rekord qayd etildi
Futbol bo'yicha Rossiyada bo'lib o'tayotgan Jahon CHempionati F guruhida 3-tur o'yinlariga yakun yasaldi.
Meksika terma jamoasi SHveciya bilan guruhning so'nggi turida kurash olib bordi. Uchrashuvning 74-daqiqasida Edson Alvares o'z darvozasini ishg'ol etib, shvedlarga yordam berib yubordi.
Mazkur avtogol Rossiya mundialidagi ettinchisi bo'ldi.
Avvalgi rekord Franciyada o'tgan JCH-1998 ga tegishli edi. Unda 6 avtgol qayd etilgan edi.
Meksika terma jamoasi futbolchilari esa shu vaqtga qadar o'z darvozalariga 5 ta avtogol kiritgan. Bu ham mundiallar tarixidan rekord sifatida joy olgan.
O’xshash yangiliklar
11:26
O'zbekiston delegaciyasiga Futzal Jahon chempionati-2024 kubogini topshirish marosimi bo'lib o'tdi 4
Fikrlar