So’nggi yangiliklar

17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  2 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  3 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  28 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3

JCH-2018. Bugun yana sensaciya yuz beradimi? Yangiliklar

JCH-2018. Bugun yana sensaciya yuz beradimi?

Bugun Jahon CHempionati 1/8 finalining navbatdagi ikki o'yini bo'lib o'tadi.

Bugun Braziliya kunning dastlabki o'yinida Meksikaga qarshi maydonga tushsa, ikkinchi uchrashuvda Belgiya "samuraylar"ga qarshi bahs olib boradi.

 

Braziliya – Meksika. Dushanba, 19:00

Braziliya terma jamoasi ketma-ket o'n yil Jahon CHempionatining guruh bosqichidan chiqqan. Saralash bosqichida jamoa ketma-ket 9 marotaba zafar quchgan va guruh bosqichida ham ajoyib o'yin ko'rsata oldi. Ammo, bu jamoa pley-offda ham g'alaba qozonadi degani emas.

Braziliyaliklar yana bir nechta futbolchilarni “yo'qotsa”, raqibiga qarshi chiqishi oson bo'ladi. Guruh bosqichida olgan jarohati tufayli yarim himoyachi Duglas Kosta uchrashuvni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. SHu bilan birga, beli shikastlangan Marselo ham o'yinda ishtirok etishi hali aniq emas.

Meksika terma jamoasi ikki futbolchidan umid qilmasa ham bo'ladi. Diego Reyes tizzasidan jarohat olgani, Ektor Moreno esa diskvalifikaciya tufayli o'yindan chetda qolmoqda. Ammo, bu o'yinchilarning yo'qligi Meksika terma jamoasini sezilarli darajada zaiflashtirmaydi.

Belgiya – Yaponiya. Dushanba, 23:00


SHubhasiz, Roberto Martinesning jamoasi kuchli. Biroq, hozirgi chempionatda qanchadan-qancha kutilmagan voqealar yuz berdi. SHu sababli, “qizil iblislar” bugungi uchrashuvda yutadi deyishga shoshilish noo'rin. Yaponiya termasi belgiyaliklarga qarshi bor kuchi bilan kurashadi, balki kutilmagan qarshi hujumlar va zarbalari bilan ularga etarli muammo tug'dira olar?!

Belgiya guruh bosqichida barcha raqiblaridan ustun keldi. “Qizil iblislar” Panama, Tunis va hattoki, inglizlarni ham mag'lub etdi. SHu o'rinda, Angliya birinchi o'rinda bo'lmaslik uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilganini ham takidlash lozim. Kun chiqar yurt vakillari esa sariq kartochkalarining soni kamroq bo'lgani evaziga Senegalni ortda qoldirib, pley-offga chiqdi. Aslida, Kolumbiya ustidan qozonilgan g'alaba va Senegal bilan bo'lgan durrang natija yaponiyaliklar 1/8 finalga yo'llanmani qo'lga kiritishlari uchun etarli bo'ldi.

Ehtimol, kecha ispanlar va rossiyaliklar o'rtasida bo'lgan kutilmagan bahs kabi, bugungi o'yinlar ham qator yangiliklarga boy bo'lar?! Roberto Martines jamoasining hujumdagi imkoniyatlari etarlicha. Termaning oldindagi o'yinchilari ancha kuchli, ayniqsa, De Bryuyne, Azar va Lukaku. Bahs Yaponiya termasi uchun ancha qiyin kechishi aniq, biroq, bu turnirda iloji yo'q narsaning o'zi yo'qdek.  


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика