JCH-2002dagi eng katta sensaciya yodingizdami?
19 noy 2025 12:35
Yangiliklar
JCH-2002dagi eng katta sensaciya yodingizdami?
Yaponiya va Koreya mezbonlik qilgan 2002 yilgi Jahon chempionati supersensaciya bilan boshlangandi. 1998 yilgi Jahon chempioni Franciya terma jamoasi ochilish o'yinida o'z tarixida ilk bor mundialga chiqqan Senegalga qarshi maydonga tushgan. Seul shahrida kechgan uchrashuvni francuzlar etakchisi Zinedin Zidan jarohat sabab o'tkazib yuborardi.
Lekin Franciya hujumida Angliya premer-ligasining eng yaxshi to'purari Terri Anri va Italiya A seriyasining eng yaxshi to'purari David Trezege kabi futbolchilar o'ynashardi. Senegal tarkibida mundialga kelgan 23 futbolchidan 21 nafari Franciya chempionatida o'ynardi.
30-daqiqada "Lans" vakili El Xoji Diufning to'p uzatishini "Lans" hujumchisi Pap Buba Diop o'tirgan holda darvozaga yo'llaydi - 0:1. O'sha bahsdan keyin turli gazetalar "Senegal o'tirgan holda Franciyani tiz cho'ktirdi", "Qasos" degan sarlavhalar ostida chop etilgandi.
Senegal 1960 yilga qadar Franciya mustamlakasi hisoblanardi. O'zbek futbol muxlislariga juda yaxshi tanish bo'lgan Bruno Metsyu boshchiligidagi senegalliklar Franciyani mag'lub etib supersanciya yaratishgan va o'sha mundialda dunyo futbol muxlislari Senegalni sevib qolishgandi. Franciya uchun esa bu Jahon chempionati qo'rqinchli tush kabi o'tgandi - 3 ta o'yin, 0 gol, guruhda oxirgi o'rin. O'sha o'yin videosini MANA BU ERDA ko'rish mumkin.
Franciya – Senegal 0:1
31 may 2002 yil. "Seoul World Cup" stadioni. 62 561 tomoshabin.
Bosh hakam: Ali Busayim (BAA).
Gol: P. Buba Diop (30).
Franciya: Faben Bartez, Lilian Tyuram, Frank Lebyof, Marsel Desayi, Biksant Lizarazyu, Patrik Vieyra, Emmanuel Peti, Silven Viltor (Jibril Sisse, 81), Yuri Jorkaeff (Kristof Dyugarri, 60), Terri Anri, David Trezege.
Senegal: Silva, Koli, Diatta, P. Malik Diop, Daf, A. Sisse, M. N’Diay, P. Buba Diop, Diao, Fadiga, Diuf.
Ogohlantirishlar: Peti, A. Sisse.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar