So’nggi yangiliklar

12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  0 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  0 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  0 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  2 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  0 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  4 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  5 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  23 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0

JCH-1934. Italiyaning chempion bo'lgan tarkibi + FOTO Yangiliklar

JCH-1934. Italiyaning chempion bo'lgan tarkibi + FOTO

Rossiya yashil maydonlarida bo'lib o'tadigan navbatdagi jahon chempionati boshlanishiga ham oz vaqt qoldi.

Italiya terma jamoasi JCH-2018 saralash musobaqasidan o'ta olmaganligi sabali, bu yilgi mundialda ishtirok etaolmasligidan barchaning xabari bor. SHunday bo'lsada biz 1934 yili Italiya terma jamoasi ilk marotaba mundialda chempion bo'lgan tarkibi va natijalari haqida saytimiz o'quvchilariga malumot berib o'tamiz.

Birinchi jahon chempionatida 13ta terma jamoa qatnashgan bo'lsa, ikkinchi jahon chempionatida 32ta terma jamoa ishtirok etgan. Mundialning birinchi bosqichida Italiya terma jamoasi AQSHni yirik 7:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Ushbu uchrashuvda kiritiilgan gollarga Anjelo Skyavio 3ta, Raymundo Orsi 2ta, Jovanni Ferrari va Juzeppe Meacca bittadan golga mualliflik qilishgan.


CHorak finalda Italiya terma jamoasi Ispaniya bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etadi. Bazi bir sabablarga ko'ra ushbu o'yin natijasi bekor qilinadi va terma jamoalar qaytadan o'yin o'tkazishadi. Takroriy bo'lib o'tgan o'yinda ""Skuadra Adzurra" raqiblarini kichik 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishadi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Ushbu uchrashuvdagi golga Juzeppe Meaca mualliflik qilgan.

Yarim finalda italiyaliklar Asvtriya terma jamoasi bilan bahs olib boradi. Bu o'yinda ham Italiya terma jamoasini raqiblarini kichik 1:0 hisobida g'alaba qozongan va final yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Ushbu o'yindagi golga Enrike Guayta mualliflik qilgan.


Finalda Italiya terma jamoasi CHexoslovakiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borgan va 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'yinda Antuan Puch hisobni ochgan bo'lsa, Raymundo Orsi hisobni tenglashtirgan. Anjelo Skyavio esa Italiyaga g'alaba keltirgan golga mualliflik qilgan. SHu tariqa Italiya terma jamoasi 1934 yilgi mundialda g'olib bo'lgan va "oltin mabuda"ni qo'lga kiritgan.    


Darvozabonlar: Juzeppe Kavanna ("Napoli"), Janpero Kombi ("Yuventus"), Gvido Mazetti ("Roma")

Himoyachilar: Luiji Allemandi (Ambroziana-"Inter"), Umberto Kaligaris, Virjinio Rozetta (ikkisi ham – "Yuventus"), Eraldo Moncelo ("Bolonya")

Yarim himoyachilar: Luiji Bertolini, Luis Monti, Mario Varglen (barchasi – "Yuventus"), Armando Kastelacci, Juzeppe Meacca (ikkisi ham – Ambroziana-"Inter"), Attilio Ferraris ("Roma"), Mario Picciolo ("Fiorentina")

Hujumchilar: Petro Arkari ("Milan"), Feliche Borel, Jovanni Ferrari, Raymundo Orsi (barchasi – "Yuventus"), Attilio Demariya (Ambroziana-"Inter"), Enrike Guaita ("Roma"), Anfilojino Guarizi ("Lacio"), Anjelo Skyavio ("Bolonya")

Bosh murabbiy: Vittorio Pocco



Jahongir Sotvoldiev tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика