So’nggi yangiliklar

19:05Футзал. Янги Зеландия терма жамоаси Андижонга етиб келди  0 18:38"Ал Ҳилол" форварди Неймар қачон сафга қайтади?  2 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйин учун Бишкекка етиб борди  4 18:10"Ал Батеҳ" — "Ал Жазира". Ғаниев ва Фекир асосий таркибда  0 18:01"Ливерпуль" ван Дейкнинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 17:28"Арсенал" ўз футболчиси учун "Реал"дан қанча пул сўраётгани маълум  1 16:58"Манчестер Юнайтед" 95 млн еврога олган ўйинчисини 40 млн фунтга сотишга тайёр  0 16:34Футзал. Испания терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 16:01Маттейс де Лигт: "МЮга ўтганимдан хурсандман. АПЛ мухлислари Бундеслиганикидан кўпроқ"  5 15:29"Ювентус" вингери Туркияга йўл олиши мумкин  0 14:28"Бавария" Нойер" бўйича қарор қабул қилди  2 13:52"Атлетик" афсонаси Икер Муньяин янги клуби билан шартнома имзолади  2 13:20Про лига. 19-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 12:50Футзал бўйича ЖЧ. Кимлар келди? Кимлар қачон келади?  5 12:30Кейн Роналду, Месси ва Модрич ҳақида гапирди  1

Jazo berishdan osoni yo'q Yangiliklar

Jazo berishdan osoni yo'q

Nafaqat futbol, balki boshqa sohalarda ham qilmishi uchun jazo berish eng oson yo'l bo'lib qoldi.

Haydovchi yo'l harakat qoidasini buzdimi - jazo, o'qituvchi dars o'tmadimi - jazo, xodim ishga kechikib keldimi - jazo. Futbolda ham shu: muxlis narsa otdimi yoki maydonga tushib ketdimi - jazo. Jazo esa shu: stadionni nechtadir o'yinga diskvalifikaciya qilish, yani bo'lajak o'yin(lar)ni tomoshabinlarsiz o'tkazish. 

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvida ro'y bergan holatni O'FA Tartib-intizom qo'mitasi ko'rib chiqishi aniq edi. Bugun qo'mita qarori chiqdi va "Navbahor" klubi navbatdagi ikkita uy uchrashuvini tomoshabinlarsiz o'tkazadigan bo'ldi.

Jazoga etiroz bormi? Yo'q. CHunki ko'p hollarda bu voqeadan keyin stadion qanchadir muddatga diskvalifikaciya qilinadi. Evropada ham bunday voqealar ro'y bergan. Lekin shu o'rinda savol tug'iladi? Stadionda noxush voqealar bo'lmasligi ham mumkin edimi? Mumkin edi, agar hammasi jiddiy nazorat ostida bo'lganida. 

Endi bir o'ylab ko'raylik, tartibsizlik nimadan chiqdi? Raqib "Paxtakor" bo'lgani uchunmi yoki "Navbahor" o'z maydonida yutqazib qo'ygani uchunmi? To'g'ri tushunamiz, "Paxtakor" "Navbahor" uchun principal raqib hisoblanadi, lekin shunday o'ylagan taqdirda unda Namanganda har yil nimadir bo'lishi kerak edi. "Navbahor" yutqazib qo'ygani uchun desak, bu jamoa 1-turda ham o'z maydonida mag'lub bo'ldi, lekin unda janjal chiqmadi. 

Demak, bu o'yinda muxlislarning asabiy bo'lishiga qandaydir omillar sabab bo'lgan bo'lishi kerak. Hozir eng katta omil sifatida uchrashuvning oxirida penalti belgilangani aytilyapti. Buni inkor etib bo'lmaydi. Qoida 83-daqiqada buzildi va hakam qoida buzilmadi deb o'yinni ettirdi, keyin unga VAR orqali takroriy vaziyatni ko'r degan signal keldi. Lekin signal keldi degani - borib o'sha holatni qaytadan ko'r degani emas. Baribir yakuniy qaror hakamning o'zida qoladi: xohlasa borib ko'radi, xohlamasa yo'q. 

Bosh hakamning VAR orqali vaziyatni ko'rib yakuniy qaror chiqarishiga 6 daqiqa ketdi. To'g'risi, men buncha ko'p vaqt ketganini hali ko'rmaganman. Yakuniy qaror esa penalti belgilash bo'ldi. Jahon futbolida ham ko'ryapmiz, hakamlar VARga ishonib ham xato qilishyapti. Agar o'sha vaziyatda O'FA Hakamlar qo'mitasi bosh hakam VAR orqali to'g'ri qarorga keldi deb hisoblasa, unda bitta vaziyatni 6 daqiqa ko'rgani uchun jazolashi kerak bo'ladi. 

Endi o'yindan keyingi tartibsizlik haqida. Temp yuqori bo'lishini hamma bilardi, lekin shuni hisobga olib o'yindan bir kun oldin miting o'tkazildimi? Bu endi uchrashuv komissariga beriladigan savol. OCHL bahslaridan bir kun oldin miting tashkil qilinadi, nima uchun? O'yin bilan bog'liq tashkiliy masalalarni hal qilib olish uchun. Agar miting o'tkazilganida komissar har ikki klub vakillari, shahar miliciya xizmati boshlig'i, fan-klub etakchilarini bir joyga yig'ib ko'pgina masalalarni hal qilib olsa bo'lardi.

Hakam VAR oldiga kelib takroriy vaziyatni ko'rayotganida juda ko'pchilik uni o'rab olgandi. Xo'sh, bu odamlar kimlar? Futbolchilarmi, murabbiylarmi, klub xodimlarimi, miliciyami, jurnalistlarmi, muxlislarmi - umuman shuncha odam qaerdan keldi? Bizga malum bo'lishicha, bosh hakam monitor oldiga kelganida uning atrofida hech kim bo'lishi kerak emas. Faqat o'yinni tasvirga olayotgan bir nafar kamerachiga ruxsat beriladi, xolos. 

Lekin "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvida ko'rdikki, hakamni hamma o'rab olgandi. Aytaylik, o'sha vaziyatda hakam takroriy vaziyatni ko'rmasdan, oldin hammani uzoqlashtirib toki odamlar o'z joylariga qaytmaguncha monitorga qaramaslikka haqqi bormidi? Masalan, shunday qilishi ham mumkin edi, balki shunda monitorga tikilish 6 daqiqani olmagan bo'lardi.

Jamoalar kiyim almashtirish xonasi yaqinida o'yinga aloqasi bo'lmagan kishilarning yurishi ham ortiqcha. Agar yanayam katta janjal chiqsa nima bo'lardi? O'yinni bexavotir o'tkazishga kim javobgar degan savol ham yuzaga keladi. SHaxsan men bu o'rinda faqat "Navbahor"ni aybdor qilib ko'rsatishlariga qarshiman. CHunki o'yinni yaxshi saviyada o'tkazish faqat mezbon jamoaga bog'liq emas.

Muxlislar madaniyatli bo'lsin deymiz, lekin muxlislarni madaniyatga chaqiruvchi nimadir ish qilinadimi? Hech suhbatlar, uchrashuvlar o'tkazildimi, muxlislar o'yin paytida o'zlarini tutishiga doir qo'llanmalar chop etilganmi, ularga tarqatildimi? Bizningcha, bularning hech biri amalga oshirilgani yo'q. Biz undan ko'ra stadionni "jazolab" oson yo'lni tanlaymiz, ikkita o'yinni tomoshabinlarsiz o'tkazsa yaxshi-da, harqalay boshog'rig'i kamayadi.

Mana shu kabi xunuk holatlar bo'lmasligi ham mumkin edi-ku. Nahotki o'tgan yilgi "Neftchi" - "Turon" o'yinidan hech kim xulosa chiqarmagan bo'lsa? Nima uchun Osiyo chempionlar ligasida bunday holat kuzatilmaydi? Nima uchun "Al Hilol"ning 50 minglik stadionida tartibsizlik yuzaga kelmaydi? CHunki u erda muxlislar bilan doim ishlab kelinadi. U erda komissarning gapini hech kim ikki qilmaydi.

Bizda esa hakamni hamma o'rab olganidan malum, PFLning beyjik chiqarib nazoratni qo'lga olishga harakat qilayotgani ish bermayapti. Demak, holatga boshqacha yondashish talab etiladi. Mulohaza oxirida shuni aytmoqchimiz, jazolashdan oldin noxush voqealar bo'lmasligining oldini olaylik. O'FA va PFL bu borada klublar va muxlislar bilan ishlab, kerakli qo'llanmalarni berishi lozim. Agar shunda ham vaziyat o'zgarmay qolaversa, unda eng oxirgi yo'l jazo berish qoladi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика