So’nggi yangiliklar

00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  0 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0 00:00Саидазамат Мирсаидов: "Рақиб ким бўлишидан қатъий назар, ҳар бир учрашувда ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  0 23:49А Серия. Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  11 23:45Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг бугунги машғулоти. Эртанги рақиб - Қувайт  1 23:29Ўзбекистон U-23. Навбатдаги машғулот қандай ўтди? Мирсаидов ва Одиловдан интервью  0 23:23U-23 Осиё Кубоги. Саудия Арабистони Таиландга бешта гол урди, Япония БААга имконият қолдирмади  1 22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  26 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1 22:35Эрон. "Истиқлол" навбатдаги ғалабага эришди. Машарипов 78 дақиқа ўйнади  0 22:26СПЛ. Роналдусиз "Ал Насср" "Ал Файҳа"ни енгди. Садио Манедан дубль  0 21:40Ўқинг, қизиқ! Максим Саррафнинг онаси ПФЛдан миннатдорлигини билдирди  6 21:40"Сирдарё ФА" бош мураббийи: "Кубок ўйинлари биз учун тажриба мактаби бўлаяпти"  1 21:25"Дўстлик" бош мураббийи Шуҳрат Қурбонов: "Ўзгаришларсиз футбол бўлмайди"  0 21:05"Барселона"ни таслим этган Усмон Дембеле ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди  9

"Javohirlar"ning farqiga bormayotgan klub yoki "Barselona" qo'ldan boy bergan tarbiyalanuvchilar Yangiliklar

"Javohirlar"ning farqiga bormayotgan klub yoki "Barselona" qo'ldan boy bergan tarbiyalanuvchilar

"La Masiya"da tarbiyalanib, boshqa jamoalarda mashhur bo'lgan tarbiyalanuvchilarni eslaymiz.

"La Masiya" nomli "Barselona" akademiyasi juda mashhur, chunki undan agar yuzlab bo'lmasa o'nlab yorqin futbolchilar chiqqan. Kataloniya klubi grandlar safiga kirsada, o'z tarbiyalanuvchilariga juda yaxshi munosabatda va ularni asosiy jamoada sinab ko'rishdan qo'rqmaydi. Ammo bazida o'zining kelajagi porloq tarbiyalanuvchilaridan ayriladi.


Bu safar "Barselona" akademiyasida ulg'ayib, ammo klub tomonidan etarlicha qadrlanmay, boshqa jamoada porlagan futbolchilar haqida gaplagamiz.


Ektor BELERIN

O'ng qanot himoyachisi Ektor Beleri 8 yoshida "Barselona" akademiyasi o'quvchisiga aylangan. "Arsenal" skautlari Belerin borasida Arsen Vengerga malum qilmaguncha futbolchiga jiddiy etibor qaratilmagan. Franciyalik mutaxassis yigitchada iqtidorni ko'ra oldi va uni qo'lga kiritishga bel bog'ladi. Ektorning o'zi "Barselona"da qolishni maqsad qilgandi, ammo "Arsenal" rahbariyati muzokaralarda ajoyib taklif bilan chiqdi.

Natijada 2011 yilning yozida 16 yoshli Belerin 500 ming evro evaziga "Barselona"dan "Arsenal"ga o'tdi. Ektor "to'pchilar" safida Premer-ligadagi debyutini 3 yil kutdi. U 2014 yilning yozida ilk marta APL bahsida maydonga tushdi. Venger Beleringa Angliyada ajoyib karerani vada qilganida aldamagan edi. Ispaniyalik London jamoasining o'ng qanotiga juda tez ko'nikdi va hozir o'z poziciyasida sayyoramizning eng kuchli futbolchilaridan biri hisoblanadi. Ektor Ispaniya terma jamoasi safida hozircha 3ta uchrashuv o'tkazdi, ammo kelajakda bu bahslar soni juda katta bo'lishi shubhasiz. Balki u ham Pike kabi bir kun "Barselona"ga qaytar.


Mauro IKARDI

Argentinalik Ikardi 6 yoshida oilasi bilan vatanini tark etgan. Mauroning oilasi Ispaniyaga ko'chib o'tdi va yosh futbolchi professional sportdagi ilk qadamlarini shu erda tashladi. Ikardi "Vesindario" jamoasida o'zini juda yaxshi tomondan ko'rsatgani tufayli unga ko'plab klublar qiziqib qoladi. Argentinalik "Barselona"ni tanladi va futbol sirlarini "La Masiya" akademiyasida o'rgandi. Ikardi Kataloniya klubida yo'qolib qolmadi va U19 jamoasigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi.

Mauro keyingi yosh toifasiga o'tmadi va 2011 yilda "Sampdoriya" klubi futbolchisiga aylandi. Italiya klubi argentinalikni ijaraga olgandi, keyinroq ular 300 ming evro evaziga Mauroni sotib olishdi. Ikardining o'zi "Barselona"dan ketganiga afsuslanmasligini aytgan edi, chunki u Kataloniya klubi o'yin uslubiga mos emasligi oydinlashib borayotgandi. Norasmiy malumotlarga ko'ra, Mauroning oilasi ko'k-anorranglilardan o'smirlarga to'g'ri kelmaydigan maosh so'ragan, klub esa bunday mablag'ni to'lashga tayyor bo'lmagan. Ikardi Italiyada o'zining yorqin o'yinini ko'rsatdi va 2013 yilda uni "Inter" xarid qildi. Argentinalikning hozirgi transfer narxi 100 mln. evro va u zamonamizning eng iqtiordli forvardlaridan hisoblanadi. Agar uning xotini futbolchining ishlariga aralashmaganida...


Jerar DEULOFEU

Deulofeu professional futbol yo'lidagi ilk qadamlarini "Penya" klubida tashlagan, 9 yoshida esa u "La Masiya"ga o'tadi. Jerar tengqurlari orasida ajralib turardi va skaut hamda mutaxassislar u haqida juda ko'p gapira boshlashdi. Biroq Deulofeu "Barselona" asosiy jamoasi futbolchisiga aylana olmadi. U ko'k-anorranglilar safida bir nechta uchrashuvda maydonga tushdi, "Everton" va "Sevilya"ga ijaraga berildi, shundan so'ng u Kataloniya jamoasini tark etdi.

2015 yilning yozida "Everton" 6 mln. evro evaziga Deulofeuni "Barselona"dan sotib oldi. Xavbek "irislar" safida o'zini yaxshi tavsiya qila oldi, shu sababli 2017 yilda "Barselona" 12 mln. evro evaziga futbolchini qaytarib oldi. Deulofeuning "Kamp Nou"ga qaytishi shunday sodir bo'ldi, biroq u yana bir tomonga quvonch keltirmadi. Yarim yil o'tib Jerar "Uotford"ga ijaraga berildi, ingliz klubi 2018 yilning yozida 13 mln. evroga xavbek shartnomasini sotib oldi. Deulofeu Angliya Premer-ligasining yakunlangan mavsumida 30ta uchrashuvda maydonga tushib, 10ta gol urdi va 5ta golli pas berdi. Vinger 2018/19 mavsum chempionatda o'z jamoasining eng yaxshi to'purariga aylandi. "La Masiya"da Deulofeuning imkoniyatlariga ishonishmadi va u "Barselona"ga qaytganida ham hech narsa o'zgarmadi.


Tyago ALKANTARA

Tyago Alkantara 14 yoshda "Barselona" akademiyasiga kirgan. Bungacha u "Flamengo", "Ureka" va "Kelme" futbol maktablarida tahsil olgan. 2008 yildan boshlab Alkantara birinchi jamoa mashg'ulotlarida ishtirok eta boshladi va o'sha mavsum debyut qilishga erishdi. Biroq u 2011/12 mavsumdan so'ng asosiy tarkibda ko'proq ko'rinish berdi. Aynan o'shanda jamoani Xosep Gvardiola boshqarayotgandi va u yosh iqtidorga ishona boshladi. Biroq Alkantara asosiy tarkib futbolchisi sifatida "Barselona"da bor-yo'g'i ikki mavsum o'ynadi.

2013 yilda Gvardiola "Barselona"dan ketib, "Bavariya"ga yo'l oldi. Mutaxassis Myunxen klubi bosslaridan Tyago Alkantarani sotib olishni so'radi. Natijada "Bavariya" "Barselona" bosslarining futbolchiga yangi bitim taklif qilmaganidan foydalanib qoldi va uni 25 mln. evroga sotib olishdi. Ayni damda Tyago Alkantara "Bavariya"ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi, uning transfer narxi 70 mln. evro. "Barselona" rahbariyati akademiya tarbiyalanuvchilari haqida jiddiy o'ylab ko'rmasa bo'lmaydi.


Sesk FABREGAS

Fabregasning akademiyani erta tark etishi "Barselona" tizimining eng asosiy xatolaridan biri hisoblanadi. Bu futbolchi Kataloniya klubi uslubi uchun yaratilgandek edi, ammo Arsen Venger 16 yoshli yigitchani "Arsenal"ga o'tishga ko'ndira olgan. Gap shundaki, Seskning "Barselona"dagi kelajagi so'roq ostida edi. O'sha damlarda franciyalik mutaxassis Fabregasga tezda asosiy tarkib futbolchisi bo'lishiga vada berdi.

Sesk "to'pchilar" safida birinchi jamoaning muhim o'yinchilaridan biriga aylandi. Fabregas 35 yoshli veteranlardek aqlli harakat qilib, mutaxassislarni hayron qoldirardi. Ammo ispaniyalik doimo "Barselona"ga qaytishni xohladi, shu sababli 2011 yilda u "Arsenal"dan transfer haqida so'radi. "Kamp Nou"ga qaytgan Sesk Kataloniya klubi safida 3ta mavsum to'p tepdi, ammo Gvardiola futbolchini o'zi istagan joyga qo'ymadi. Uch yil o'tib Fabregas ko'k-anorranglilar rahbariyatidan uni Angliyaga qo'yib yuborishni so'radi va u "CHelsi"ga o'tdi. Joriy yilning yanvaridan boshlab 32 yoshli Sesk "Monako" sharafini himoya qilmoqda.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика