Javohir Sohibov: "Debyutimdan qoniqdim"
03 sen 2015 23:34
Yangiliklar
Javohir Sohibov: "Debyutimdan qoniqdim"
O'zbekiston - Yaman (1:0) uchrashuvi yakunlanganidan so'ng terma jamoamiz safida debyut o'yinini o'tkazgan Javohir Sohibovning fikrlari bilan qiziqdik.
"O'yin oson bo'lgani yo'q. Yaman asosan himoyalandi. biz esa hujum qildik. Xudoga shukur, ikkinchi bo'limda hammasi yaxshi tarafga o'zgardi. Barchasi biz uchun yaxshi bo'ldi. Aleksandr Geynrixning goli muhim g'alabani taqdim etdi. Hozir oson o'yinning o'zi yo'q. Barcha jamoalar futbol o'ynashni biladi. Yaman bizga qarshi bugun "avtobus" uslubidan foydalandi. Ular ham himoyaga yotib olishga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. Muhimi biz uch ochkoni qo'lga kiritdik. Debyutim? Uchrashuv boshida ozgina hayajon sezildi. Bu hammada bo'ladi. Lekin o'yin davomida bu narsa yo'qoldi. Ko'rsatgan o'yinimdan qoniqdim", - deydi Javohir Sohibov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar