Javohir Sidiqov: "G'uzordagi g'alabani muxlislarimizga bag'ishlaymiz"

Narzulla Saydullayev
1 may 2017, 14:55
Oliy liga 8-turidan o'rin olgan “Sho'rtan” – “Qo'qon-1912” o'yinidan so'ng, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan Javohir Sidiqov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugungi o'yin qiyin bo'lishini avvaldan bilgan edik. Chunki “Sho'rtan” jamoasi qanday kuchga ega ekanligini o'z maydonida bo'lib o'tgan “Paxtakor” va “Lokomotiv” jamoalariga qarshi o'yinlarda ko'rsatib qo'ygan edi. Shuning uchun bu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Bugun bizgayam mezbonlarga ham g'alaba zarur edi. “Sho'rtan” o'z muxlislari qarshisida mag'lub bo'lishni istamasdi. Biz esa mag'lubiyatsiz seriyamizni davom ettirishni istar edik.

Bunday muvaqqiyatlarimizni birgina omadga bog'lash xato deb o'ylayman. Bu yutuqlarni zamirida murabbiylarimiz va futbolchilarimizning katta mehnatlari yotibdi. Aytishadiku omad kuchlilarga boqadi deb. Bugungi g'alabamizni jonkuyar muxlislarimizga bag'ishlaymiz. Ularning qo'llab-quvvatlashlari  natijalarimizda katta ahamiyatga ega.

- Eng yaxshi o'yinchi bo'lishimni to'g'risi kutmagan edim. O'z o'yinimdan 100 foiz  qoniqqanim yo'q. Asta – sekin  formaga kirib boryapman. Murabbiylarim va muxlislarimiz ishonchini oqlashim shart – deydi Javohir Sidiqov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia