So’nggi yangiliklar

08:00Роналду дунёнинг машҳур фильмида рол ўйнайди  0 07:31"Нефтчи"нинг асосий футболчиларидан бирига ОКМК ва "Андижон"дан қизиқиш бор  1 01:50Лэмпард кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди  0 01:24АПЛ топ-клублари "Лейпциг" вингерига қизиқмоқда  0 00:50Давид Сильва Гвардиоланинг ягона камчилигини айтди  2 00:16Оскар футболчилик фаолиятини якунлади  3 23:53Флик: "Рэшфорд захирада қолдими, демак, таркибда энг яхшилар ўйнамоқда"  2 23:32"Алавес"га қарши ўйин олдидан "Реал"да муаммолар кўп  5 23:10Салоҳ қайтди!  9 22:46"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  2 22:15"Бунёдкор" янги мавсум олдидан икки легионер олиши мумкин  0 21:54Пол Мерсон: "У ҳужумда ўйнар экан, "Арсенал" чемпион бўлмайди"  4 21:35"Бунёдкор" Абдусаломов билан шартномани узайтирди  0 21:21Арне Слот: "Салоҳнинг "Интер" билан ўйинда бўлмаслигини мен истадим"  11 20:55Ханс-Дитер Флик: "Реал" ҳақида гапиришни истамайман"  5

Javohir Ilyosov: "Joriy mavsum sovrinli o'rinlar bilan "Qizilqum" tarixiga kirishni istaymiz" Yangiliklar

Javohir Ilyosov: "Joriy mavsum sovrinli o'rinlar bilan "Qizilqum" tarixiga kirishni istaymiz"

Navoiyning "Qizilqum" jamoasi 2022 yilgi mavsumga hozirlikni davom ettiryapti.

Jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan holda tarkibni ham keskin kuchaytirmoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi. Darvoza chizig'ida raqobatni oshirish maqsadida "Lokomotiv"dan Javohir Ilyosov taklif qilindi. "Temiryo'lchilar" safidagi ajoyib mavsumlardan so'ng yangi jamoaga o'tishiga nima sabab bo'ldi? SHu va boshqa savollar bilan Ilyosovga yuzlandik. 


- Aksariyat hollarda futbolchilar poytaxt klubiga yanada o'sish, yuqori o'rinlarni egallash, xalqaro maydonda to'p tepish uchun keladi. SHunday ekan "Lokomotiv"dagi faoliyatingiz davomida ko'zlagan maqsadlaringizga erishdingizmi?

- Albatta bu jamoaga chempionlik uchun kelgan edim. O'sha yili "Lokomotiv" OCHLda ishtirok etardi. SHu orqali yangi pog'onaga chiqishni niyat qilgandim, deya olaman. O'sha vaqtlarda meni iliq qabul qilib olishdi. Umuman olganda tez kirishib ketdim. Ushbu jamoada o'tgan uch yil davomida hammasi ajoyib bo'ldi. Afsuslanadigan holat yuz bergani yo'q. Buning uchun "Lokomotiv" klubiga rahmat aytaman. 

- "Lokomotiv"dagi uch yil davomida Pyotr Gizimchuk, Daniel CHabrera, Alisher Ahmedov singari darvozabonlar bilan ishladingiz...

- Mazkur mutaxassislar bilan ishlash men uchun katta baxt, deb o'ylayman. Har bir murabbiyning o'z uslubi bor. Bilganlarini biz bilan baham ko'rishgan. Ulardan ko'p narsa o'rgandim.   

- Jamoani tark etishingiz haqida...

- "Lokomotiv"ni tark etish - o'zimning fikrim. So'nggi yillarda bir joyda turib qoldim. O'sish bo'lmadi. Ko'p xatolar qildim. Nimanidir o'zgartirishim kerak edi. Bir qadam orqaga, ikki qadam oldinga deganlaridek, bu yil yaxshi harakat qilib terma jamoadan chorlov olishga harakat qilaman. 

- "Qizilqum"dan taklif qachon kelib tushdi? Bu jamoaga o'tish rivojlanishmi yoki tavakkal?

- "Qizilqum" varianti mavsum tugaganidan beri bor edi. O'ylab o'tirmay gaplashib oldik. Hamidjon Aktamov bilan kelishdik. 

- Yangi mavsumdan nima kutmoqdasiz?

- Maqsadimiz sovrinli o'rinlar bilan "Qizilqum" tarixiga kirish. SHuningdek, muxlislarni yaxshi natijalar bilan xursand qilishni niyat qilganmiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика