So’nggi yangiliklar

14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  0 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   0 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  4 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  4 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  1 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   7 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  13 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  8 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  4 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  3 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  19 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  1

Javohir Ilyosov: "Bu mavsum faoliyatimda pasayish bo'lganini tan olaman" Yangiliklar

Javohir Ilyosov: "Bu mavsum faoliyatimda pasayish bo'lganini tan olaman"

2022 yilgi mavsumni "Qizilqum" jamoasida o'tkazgan darvozabon Javohir Ilyosov saytimizga intervyu berdi.

- Javohir Ilyosov uchun “Qizilqum”da o'tkazgan mavsum qanday kechinmalar bilan va qay darajada o'tdi? Jamoadagi raqobatda yutqazdingizmi yoki boshqa masalalar bormidi? Nega mavsum so'nggiga kelib jamoaning asosiy tarkibida ko'rinish berdingiz?

- Taklif uchun rahmat va savolingizga javob sifatida shuni aytishim mumkinki, “Qizilqum” jamoasida og'ir mavsum o'tkazdim. CHunki oldin Toshkentda osonroq edi. Undan tashqari oilam yonimda edi. “Qizilqum” jamoasi esa Navoiyda joylashgan va men oilamdan uzoqda. Ozroq bo'lsa ham shu tomonlama qiyin bo'ldi. Raqobatga keladigan bo'lsak, buni men bilardim oldindan. SHunga rozi bo'lib kelganman. Ignatiy Nesterov juda kuchli va tajribali darvozabon. Undan nimadir o'rgandim va bu menga foydali bo'ldi. Oxirgi turlarda maydonga tushganim esa murabbiylarning tanlovi edi. 

- Javohir Ilyosov uchun ushbu mavsum faoliyati davomida pasayish bo'ldimi yoki yuqorilash?

- Albatta pasayish bo'ldi, deb o'ylayman. CHunki kam o'yin amaliyoti bo'ldi. Murabbiylar menga maydonda harakat qilishim uchun kamroq vaqt ajratdi. Lekin bu murabbiyning tanlovi va men bunga qarshi chiqa olmayman. Sababi men faoliyatim davomida xar qanday murabbiyni hurmat qilib kelganman. To'g'ri sobiq jamoalarimda iloji boricha ko'proq maydonda bo'lishga harakat qilganman. Lekin “Qizilqum” jamoasida kam o'yin amalyotiga ega bo'ldim va qisqa qilib aytganda faoliyatim davomida ushbu mavsum pasayish bo'ldi, deya olaman.

- Sizni keyingi mavsumda ham “Qizilqum” jamoasida ko'ramizmi yoki takliflar bormi? Umuman olganda “Qizilqum” jamoasidan keyingi mavsum uchun yangi shartnoma taklif qilindimi?

- Hozircha mavsum yakunlandi. Bunday paytda men oilam bilan dam olmoqchiman. Keyinroq takliflarni ko'rib chiqmoqchiman. Qaerda risqimiz bo'lsa, o'sha erda bo'lamiz.

- "Qizilqum" jamoasida to'p tepish qiyinmi yoki "Lokomotiv"da?

- O'ylaymanki, “Lokomotiv” jamoasida to'p tepish qiyinroq bo'lgan. Bu jamoada bosim nisbatan yuqoriroq bo'ladi. Sababi shu vaqtgacha jamoa chempionlik uchun kurashib kelgan. Maqsadlar ham shunga yarasha bo'lgan. 

-  Ayni vaqtda sizni qaysidir manoda "ko'targan" jamoa, aniqroq qilib aytganda sobiq jamoangiz "Lokomotiv" qiyin vaziyatda. SHunday paytda sizga klub mutasaddilari jamoaga qaytishni taklif qilishsa qaytishga rozi bo'larmidingiz?

- Yuqorida aytganimdek hali hech narsani o'ylab ko'rganim yuq. Takliflarni dam olishdan keyin ko'ramiz.

- Statistikaga qarasak, “Qizilqum” libosida siz asosiy tarkibda maydonga tushgan uchrashuvlarda jamoa faqatgina ikkita o'yinda g'alabaga erishdi qolgan uchrashuvlar ijobiy emas. Bunga nima deya olasiz?

- To'g'ri statistika o'zimni ham qoniqtirmaydi. Mag'lubiyatlardan tashqari ko'p gol ham o'tkazib yubordik. Lekin aytganingizdek o'tkazgan o'yinlarim ichida g'alabalar ham bor.

- Sizni “Qizilqum”ga Hamidjon Aktamov taklif qilgan. Ushbu inson hozir “Surxon” jamoasiga ketdi. Nima deb o'ylaysiz, Aktamov “Qizilqum” jamoasida qolganida mavsumni hozirgi natijadan ham yaxshiroq yakunlagan bo'larmidi?

- Ha to'g'ri bizni jamoaga Hamidjon Aktamov taklif qilgan. Lekin bu savolga bir nima deb aytolmayman. Hammasi yaratgandan bo'ladi. Aktamov judayam kuchli murabbiy emas. SHunday ekan u kishi bo'lgan taqdirda ham hozircha natijadan yuqori bo'lmasdi. To'g'ri yuqori o'rinlarda ham mavsumni yakunlasak bo'lardi. Ammo kerakli o'yinlarda keraksiz ochkolarni yo'qotdik. 

- Javoxir Ilyosov talqinida 2022 yilgi mavsumning eng yaxshi darvozabon va murabbiyi kim?

- Menimcha, ayni vaqtda eng kuchlilar terma jamoada harakat qilmoqda. Undan tashqari “Paxtakor” jamoasi darvozaboni Sanjar Quvvatov hamda “Nasaf” darvozaboni Umid Ergashev ham yaxshi taassurot qoldirdi menimcha.

- Javohir taklifimizga yo'q demay savollarimizga javob berganingiz uchun rahmat. Marhamat muxlislarga tilaklaringiz...

- Sizlarga ham  taklif uchun. Muxlislarga albatta mavsum davomida qo'llab-quvvatlaganliklari uchun rahmat aytamiz.

SHohruh Meyliholov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика